6.3. Marketing nazorati va uning turlari
Marketing nazoratining maqsadlari quyidagilardan iborat:
- maqsadga erishish darajasini belgilash;
- yaxshilanish imkoniyatini aniqlash;
- korxona moslashuvchanligini talab qilingan atrof-muhit o‘zgarishlariga
mos kelishini aniqlash va hokazolar.
Marketing faoliyatining nazorati mahsulotlarni sotilishi ustidan nazorat
qilish, sotish imkoniyatlarini tahlil qilish, tadbirkorlik faoliyatini nazorat
qilish, marketing xarajatlarini tahlil qilish, texnik va strategik nazorat hamda
marketing taftishini nazarda tutadi.
Rentabellikni nazorat qilish haqiqiy sotish va ular tendensiyalarini
rejalashtirilgan ko‘rsatkichlari bilan taqqoslashda hisobga olish yo‘li bilan
amalga oshiriladi.
Foydalilikni nazorat qilish va marketing xarajatlarini tahlil qilish alohida
tovarlar, ularning assortiment guruhlari, bozor segmentlari, hududlari, savdo
kanallari, reklama vositalari, savdo xodimlari va boshqalar bo‘yicha amalga
oshiriladi.
Marketingni strategik nazorati va tahlili korxona ishlab chiqarish-sotish
va ilmiy-texnik faoliyatini rivojlantirishning asosiy qiyinchiliklari va
istiqbolini aniqlash maqsadida asosiy vazifalar, strategiyalarini chamalaydi.
Marketing taftishi marketing makro- va mikromarketing muhiti, marketing
xizmatlarini, faoliyat yuritish samaradorligi tahlilini hamda marketing
siyosati: tovar, narx, sotish va reklama tadbirlarini o‘z ichiga oladi.
Marketingda nazoratni uch turi farqlanadi:
1.
Yillik rejaning bajarilishini nazorat qilish;
2.
Foydadorlikni nazorat qilish;
3.
Strategik nazorat.
Yillik rejani nazorat qilishdan maqsad mo‘ljallangan natijalarga
erishishga ishonishdir. Bunda sotish imkoniyatlari tahlili, korxonaning
bozordagi ulushi tahlili, marketing xarajatlari bilan mahsulot sotish
o‘rtasidagi nisbiy tahlillar, mijozlarning munosabatini kuzatish kabi nazorat
usullaridan keng foydalaniladi.
86
Foydani nazorat qilishning maqsadi firma nima hisobiga daromad
topayotganligini va qaysi o‘rinlarda uni yo‘qotayotganligini aniqlashdan
iborat.
Strategik nazoratning maqsadi esa, haqiqatan ham firma o‘zidagi
marketing imkoniyatlarining eng yaxshilaridan foydalanayotganligi yoki
foydalanmayotganligi aniqlanadi.
Marketing taktikasi strategiyasidan farqli o‘laroq, bosh maqsadda firma
mahsulotiga bo‘lgan iste’molchilar talabini shakllantirish va qondirish
tamoyillarini hamda konyunktura sharoitlarini ifodalaydi. Marketing taktikasi
ma’lum bir muddatdagi aniq tovar nomenklaturasi bo‘yicha hamda aniq
bozorda firma maqsadlarini ishlab chiqish va amalga oshirish bilan
bog‘liqdir. U konyunktura va haqiqiy bozor holati dinamikasini hisobga olish,
shuningdek,
marketing
strategiyasi
asosida
shakllanadi.
Marketing
taktikasining vazifasi korxonada marketing faoliyatini tashkil etishni joriy
vazifalari bilan qisman bog‘liq. Marketing taktikasi firmaning strategik
maqsadlariga erishishni oqilona ta’minlashda marketingni amalga oshirish
yo‘llari va vositalari, shakl va usullarini aniqlaydi va tartibga soladi.
Marketingni operativ rejalashtirishda qisqa davr uchun reja chora-
tadbirlarini belgilash yo‘li bilan taktik dasturlar aniqlashtiradi.
Marketingni strategik, taktik va operativ rejalarini ishlab chiqish
jarayonida rejalashtirishning turli xil uslublaridan foydalaniladi. Ular bir-
biridan muddati bo‘yicha farq qiladi va uzoq muddatli, o‘rta muddatli va
qisqa muddatli bo‘ladi. Uzoq muddatli marketingni rejalashtirish uslubiga
portfel tahlil, morfologik tahlil, delfi uslublarini kiritish mumkin.
O‘rta muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga tarmoqli
rejalashtirish texnikasi, maqsadli daraxt bo‘yicha qaror qabul qilish uslubi,
morfologik tahlil, chiziqli dasturlash, moliyaviy-matematik uslublar, evristik
uslublar kiradi.
Qisqa muddatli marketingni rejalashtirish uslublariga esa tarmoqli
rejalashtirish
texnikasi,
chiziqli
dasturlash,
transport
masalalarini
optimallashtirish uslublari, evristik uslublar kiradi. Amaliyotda tarmoqli
rejalashtirish, bozor tahlili, moliyaviy-matematik, chiziqli dasturlash
uslublari keng qo‘llaniladi.
Marketingni nazorat qilish jarayoni 5 ta asosiy bosqichni o‘z ichiga
oladi:
1. Nazorat qilishga mo‘ljallangan reja ko‘rsatkichlarini asoslash
(masalan, bozor ulushi, aylanma va hokazo).
2. Faoliyatni haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini o‘lchash (ma’lumotlarni
yig‘ish)
3. Faoliyatni reja va haqiqiy ko‘rsatkichlari natijalarini solishtirish.
87
4. Haqiqiy reja ko‘rsatkichlarining imkoniyat farqining tahlili.
5. Yangi rejalar ishlab chiqish, to‘g‘rilash.
Marketing sohasida nazorat qilishning asosiy vazifalari quyidagi rasmda
berilgan.
Dostları ilə paylaş: |