• Основные стратегические варианты


 Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini



Yüklə 1,02 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə76/107
tarix20.09.2023
ölçüsü1,02 Mb.
#145489
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107
portal.guldu.uz-MARKETING-1

10.2. Narx siyosatini shakllantirish va narx darajasini
hisoblash uslublari 
Narx bilan iste’molchilar o‘rtasida juda chambarchas aloqadorlik 
mavjudki, uni iqtisodiy tamoyillar: talab qonuni, talabning narx ravonligi, 
bozor segmentatsiyasi bilan izohlash mumkin. Talab qonuni iste’molchilar, 
odatda qimmat narxlarga qaraganda arzon narxlarda ko‘proq tovarlar sotib 
olishini ifodalaydi. Ammo har qanday tovar ham «narx-miqdor» 
aloqadorligiga to‘g‘ri kelavermaydi. Ayrim mahsulotlarga talab shundayki, 
muayyan sharoitlarda yuqoriroq narxlar ko‘proq tovar aylanmasi hajmini 
ta’minlaydi. Bunday tovarlar bozorning ayrim segmentlariga mo‘ljallangan – 
bular qimmatbaho avtomobillar, kemalar, zeb-ziynat buyumlari, mo‘yna va 
boshqalar. 
Ikki narx segmenti yaqqol ko‘zga tashlanadi: “narx” xaridori va “sifat” 
xaridori mavjud. Ko‘pincha xaridorlar sifatga nisbatan ishonch bildirib, 
ortiqcha pul sarflaydilar. Yuqoriroq narxlar go‘yo ularga sifatga nisbatan 
ishonch bildirib, bu ayniqsa noxush oqibatlarga olib kelishi mumkin bo‘lgan 
mahsulotlar xaridida ko‘pincha kuzatiladi. 
Narx ravonligi iste’molchilarning xarid qilinadigan tovarlar miqdori 
nuqtai nazaridan narx o‘zgarishlariga o‘ta sezuvchanligini belgilaydi. 
Amalda talab ravonligini uch ko‘rinishi, ya’ni ravon talab, noravon talab 
hamda yakka (unitar) talabga bo‘lish mumkin. 
Bozor ravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga o‘ta sezuvchan 
bo‘ladi. 
Bozor noravon talab vaziyatida narxlardagi o‘zgarishlarga yetarli 
darajada sezgirlik ko‘rsatmaydi. 
Yakka ravonlik vaziyatida sotuvchilar ko‘p bo‘lgan, ularning bir 
mahsulot o‘rnini ikkinchisining mahsuloti bosa oladigan joylarda ko‘zga 


127 
tashlanadi. Ko‘pincha qishloq xo‘jaligi mahsulotlariga talab yakka ravonligi 
aks etadi. Shunday qilib, narxlardagi o‘zgarishlar talab va taklifga muvofiq 
ko‘tarilib-pasayib turadi, mahsulot ishlab chiqaruvchilar xohishi bilan narx 
belgilanmaydi. 
Azaldan talab darajasi narxlarning eng yuqori chegarasini ko‘rsatadi, 
ya’ni bu chegaradan yuqorida tovar ayirboshlash umuman mumkin 
bo‘lmaydi. Ammo iste’molchilar mahsulotni hayolidagi yagona qat’iy narxda 
izlaydi. Marketologning vazifasi ham bozor belgilaydigan chegaralar 
doirasida maqbul narxlarni topish hisoblanadi. Ko‘pgina firmalar 
bozorlardagi turli narxlarni tekshirish, o‘rindosh tovarlar narxi darajasini 
raqiblar narxni o‘rganish yo‘li bilan statistik tahlil qilish usuli, grafik ekspert 
baholovchi usullaridan foydalanib, talab o‘zgarishini o‘lchashga intiladi. 
Ma’lumki, xarajatlar ishlab chiqarish hajmining ko‘payishi yoki 
kamayishi bilan bog‘liq holda o‘zgarish-o‘zgarmasligiga qarab doimiy, sharli-
doimiy, o‘zgaruvchan turlarga bo‘linadi. Doimiy xarajatlar chiqarilgan 
mahsulot hajmiga qarab o‘zgarmaydi. Bu xarajatlar tarkibiga qurilma va 
asbob-uskunalar amortizatsiyasi, mulk solig‘i (daromad solig‘i), qo‘shimcha 
xarajatlar va boshqa chiqim turlari kiradi. 
O‘zgaruvchan xarajatlar ishlab chiqarish hajmiga bog‘liq holda o‘zgarib 
boradi, unga xomashyo, materiallar, ish haqi va boshqalar kiradi. Shartli-
doimiy xarajatlarga boshqarish bilan bog‘liq ayrim xarajatlar, yordamchi 
materiallar olishga ketadigan chiqimlar va boshqalar kiradi. 
To‘liq xarajatlar jami doimiy va o‘zgaruvchan xarajatlar yig‘indisidan 
tashkil topadi, shuningdek, ishlab chiqarishning chegaralangan (marjinal) 
xarajatlari ham hisoblanadi. Bu xarajatlar ishlab chiqarish hajmi ko‘paygan 
(kamaygan) hollarda bir mahsulot birligiga to‘liq xarajatlarning ko‘payishi 
(kamayishi)ni ifoda etadi. Shunday qilib, firma xarajatlari tarkibi, dinamikasi, 
miqdori narx uchun minimal darajani tashkil etadi, chunki bu xarajatlardan 
pastroq narx hech qanday foyda bermaydi. 
Korxona narxni belgilar ekan, xarajatlarning jami manzarasi ko‘rib 
chiqiladigan, zarar ko‘rmasligini ta’minlaydigan tahlil usulidan foydalanadi. 
Bunday tahlil narxlarni belgilashda foydali vosita hisoblanadi. Ammo tor 
ishlab chiqarish ixtisoslashuvi sharoitida, o‘zgaruvchan xarajatlarni oson 
hisoblash mumkin bo‘lgan paytlarda uni qo‘llash yaxshi natija beradi. Zarar 
ko‘rmaslikni tahlil etishda asosiy e’tibor mahsulot sotish hajmi nuqtasiga
to‘liq daromad to‘liq xarajatlarga teng bo‘lgan, ya’ni na foyda na zarar 
bo‘lmagan nuqtaga qaratiladi. 
Marketologlar bir qator har xil narxlarni tadqiq etadilar, so‘ng har bir 
narx uchun zaruriy hajmlar qiyoslanadi. 
Raqobat narx siyosatida muhim barometr bo‘lib xizmat qiladi. 


128 
Korxonalarning narx siyosati narx belgilash maqsadlari va uslublariga bog‘liq 
bo‘lgan to‘rt bozor turini ajratish mumkin: sof raqobat, monopolistik 
raqobat, oligopolistik raqobat sof monopoliya. 
Asosan narxni o‘zgartirish yo‘li bilan talabga ta’sir ko‘rsatish 
raqobatning narx bilan bog‘liq usullarini yaratadi. Narx bilan bog‘liq 
bo‘lmagan raqobat usullarida firmalar o‘z mahsulotining o‘ziga xos 
hislatlariga zo‘r beradi, mahsulot sotish, tovarlar harakati, reklama, 
mahsulotni joylash, servis kabi marketing qismlariga katta e’tibor beradi. 
Bozorda narx uchta guruh omil natijasida shakllanadi: 
1. Talab omillari (bozorda o‘xshash tovarlar mavjudligi va ularga 
bo‘lgan narxlar, bozorga kirish, xaridorlar daromadlari, xaridorni talablari, 
talabga yo‘naltirilgan narx) 
2. Xarajat omillari (ishlab chiqarish xarajatlari, marketing xarajatlari, 
foyda). 
3. Raqobat omillari (tarmoqdagi firmalar soni, aynan o‘xshash import 
tovarlari, raqobatchilar tovarlariga bo‘lgan narxni bilish. 
Asosiy narxni belgilash uslubi quyidagilardan iborat: 
- narxni belgilash masalasi qo‘yiladi,
- talab aniqlanadi, 
- xarajatlar baholanadi, 
- raqobatchilar tovari va narx tahlil qilinadi,
- narxni shakllantirish uslubi tanlanadi, 
- oxirgi natijaviy narx o‘rnatiladi. 
Firma talab hajmiga asoslanib, xarajatlarning miqdorini belgilab, raqiblar 
narxlarini o‘rganib, o‘z mahsulotlariga narx belgilashga kirishadi. Bunda narx 
belgilashning turli usullaridan foydalanish mumkin. 
Ko‘pincha korxonalar mahsulot sotish narxini aniqlashda sodda 
formulalardan foydalanadi. Formulalarga ko‘ra narx belgilash narx 
belgilashning boshqa jami usullari kabi, birinchi navbatda e’tiborni foydaga 
qaratadi, talabni hisobga olmaydi. 
«O‘rtacha xarajatlar plyus foyda» tamoyili bo‘yicha narx belgilash 
tovarning tannarxiga muayyan ustama qo‘yishdan iborat bo‘lib, narx 
belgilashning eng oddiy usuli hisoblanadi. Ustama narx miqdori tovar turiga 
qarab, juda keng chegaralarda tebranib turadi. Shuningdek, tovarning ishlab 
chiqaruvchidan pirovard natijada iste’molchiga yetib borishga qarab oxirgi 
narx ulgurji va chakana savdo qo‘yadigan ustama narxlar yakunini ifodalaydi. 
«Ko‘zlangan foyda normasi» olishni ta’minlaydigan narx belgilash 
usulini qo‘llaydigan ishlab chiqaruvchilar oldindan sarf etilgan kapital uchun 
muayyan qaytim foiz olishga intiladilar. Bu usul o‘rtacha solishtirma 
xarajatlarni hisoblashga asoslanadi. 


129 
Narxni chegaraviy xarajatlar bo‘yicha belgilash usulini qo‘llash bilan 
firma mahsulotning qo‘shimcha hajmi birligini bu mahsulotni ishlab 
chiqarishning alohida qiymatiga sotadi, bu holda xarajatlarning faqat bir 
qismi qoplanadi, foyda amalga oshmaydi. Narx belgilashning bu strategiyasi 
agar firma ishni to‘xtatish xavfi ostida qolgan va foydalanadigan ishchi 
kuchini saqlab qolishni xohlagan sharoitlarda naf keltirishi mumkin. 
Savdoda do‘konlarga xaridorlar oqimini ko‘paytirish uchun sotuvchilar 
ayrim tovarlarni to‘liq xarajatlaridan pastroq baholab, «jalb etuvchi» narxlar 
yaratadilar. Xaridorlar ko‘payadi, ular arzon narxdagi tovarlar bilan birga 
bunga qo‘shimcha ravishda narxi me’yorda bo‘lgan tovarlarni ham xarid 
qiladilar. 

Yüklə 1,02 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   107




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin