O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)
Standartlashtirishning asosiy vazifalari:
iste’molchi va davlatning manfaati yo‘lida mahsulotning sifati va nomlariga nisbatan eng maqbul talablarni qo‘yish;
davlat, respublika fuqarolari va chet el ehtiyoji uchun tayyorlangan mahsulotga kerakli talablarni belgilovchi me’yoriy hujjatlar tizimini va uni ishlab chiqish qoidalarini yaratish, ishlab chiqish va qo‘llash, shuningdek hujjatlardan unumli foydalanishni nazorat qilish;
standart talablarining sanoati rivojlangan chet mamlakatlarning xalqaro, mintaqaviy va milliy standartlari talablari bilan uyg‘unlashuvini ta’minlash;
bir-biriga mosliligining barcha (konstruktiv, elektrik, elektromagnitli, informatsion, dasturli va boshqalar) turlarini, shuningdek mahsulotning o‘zaroalmashuvchanligini ta’minlash;
parametrik va turlar o‘lchovi qatorlarini, tayanch konstruksiyalarni, buyumlarning konstruktiv jihatdan bir xil qilingan modullashgan bloki tarkibiy qismlarini aniqlash va qo‘llash asosida birxillashtirish;
mahsulot, uning tarkibiy qismlari, buyumlari, xomashyo va materiallar ko‘rsatkichlari va tavsiflarining kelishib olinishi va bog‘lanishi;
material va energiya sig‘imini kamaytirish, kam chiqindi chiqaruvchi texnologiyalarni qo‘llash;
metrologik me’yor, qoida, nizom va talablarning belgilanishi;
standartlashtirish bo‘yicha xalqaro tajribadan foydalanishni keng avj oldirish, mamlakatning xalqaro va mintaqaviy standartlashtirishda ishtirok etishini kuchaytirish;
xorijiy mamlakatlarning talablari O‘zbekiston Respublikasining xalq xo‘jaligi ehtiyojlarini qondira olgan hollarda ularning xalqaro, mintaqa-viy va milliy standartlarini mamlakat standartlari va texnikaviy shartlari tariqasida to‘g‘ridan-to‘g‘ri qo‘llash tajribasini kengaytirish;
texnologik jarayonlarga talablarni belgilash;
mahsulotni standartlashtirish va uning natijalaridan foydalanish sohasida xalqaro hamkorlik qilish yuzasidan ishlarni tashkil qilish;
texnika-iqtisodiy axborotni tasniflash va kodlash tizimini yaratish va joriy qilish;
sinovlarni me’yoriy-texnika jihatidan ta’minlash, mahsulot sifatini sertifikatlashtirish, baholash va nazorat qilish;