O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi (1)
Sifat xalqasi modeli
Marketing, mahsulotning bozorgirligini o‘rganish, izlanish olib borish
Loyihalash va texnik talablarni ishlab chiqish
Moddiy texnik ta’minot
Texnologik jarayonni tayyorlash va ishlab chiqish
Mahsulotni ishlab chiqarish
Mahsulotni sinash va nazorat qilish
Mahsulotni qadoqlash (upakovka) va saqlash
Mahsulotni taqsimlash va sotish
Montaj va ekspluatatsiya qilish
Xizmat qilishda texnik yordam ko‘rsatish
Chiqindilarni qayta ishlash, utilizatsiya qilish.
Mahsulot sifatining tashkil topishi, uning hamma hayotiy bosqichlarida: tadqiqot va loyihalash ishlarida; ishlab chiqarishda; muomalada; iste’molda yoki ishlatishida namoyon bo‘ladi.
Tadqiqot va loyihalash ishlari mahsulotning sifatini oshirilishida belgilovchi o‘rinni egallaydi. Bu bosqich sifatni tashkil topishining boshlanishi hisoblanib, bunga ilmiy-texnika taraqqiyotining qo‘llanishi natijasida hamda me’yoriy hujjatlarni mahsulot ishlab chiqarish uchun uni muomalada, iste’molga yoki ishlatilishiga belgilangan iqtisodiy ko‘rsatkichlariga rioya qilgan holda tayyorlash natijasida erishiladi. Bu bosqichda quyidagi tadbirlar amalga oshiriladi:
andozalar, sifat ko‘rsatkichlariga ega bo‘lgan namunalarga yo‘naltirilgan ilmiy-tadqiqot, tajriba-konstruktorlik va boshqa ishlarni bajarish;
me’yoriy hujjatlarni ishlab chiqish va joriy qilish;
standartlarga rioya qilinishida o‘z-o‘zini nazorat qilishini
amalga oshirish;
mahsulot sifatining darajasini istiqbollash va me’yorlash;
mahsulot sifatini rejalangan darajasiga erishish, turli usullarni tayyorlash choralarini joriy qilish, sinash va nazoratga yo‘naltirilgan konstruktorlik va texnologik tadbirlarni ishlab chiqish;
bizda va xorijda chiqarilayotgan shu xildagi mahsulot sifati haqidagi axborotni tahlil qilish;
mahsulot sifatining ko‘rsatkichlarini va shuningdek sifat darajasini baholashni tasniflash va aniqlash.
Mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ishlab chiqish bosqichida texnikaviy darajani rivojlanishini doimo yuqori sur’atlarda bo‘lishini ta’minlaydi.
Murakkab va mas’uliyatli buyumlar uchun ishlab chiqishda sifatni boshqarish jarayonida maxsus ish rejalari tuziladi. Maxsus konstruktorlik ilmiy-tadqiqot yoki loyihalash institutlarida, sanoat korxonalarida konstruktorlik texnologik bo‘lim (byuro) larda yangi mahsulot namunalarini ishlab chiqish mumkin. Bunda asosiy e’tibor ushbu buyum namunasi haqiqatdan yangi bo‘lishligiga yoki ishlab chiqarishdagi buyumlarni takomillashganligiga qaratiladi.
Mahsulotni ishlab chiqarishga tayyorlash bosqichida optimal texnologik jarayonlarni tanlash qiyin va u ma’suliyatli vazifa, chunki bu bosqichda doimiy texnologiyaning qiyinlashishi hamda ishlab chiqarishning iqtisodiy ko‘rsatkichlarini yaxshilash zaruriyati bo‘ladi. Tayyorlash bosqichida mahsulot sifatini oshirish korxonaning asosiy vazifalaridan biri hisoblanadi.
Mahsulotni ishlab chiqarish bosqichida esa quyidagi tadbirlar amalga oshirilishi mo‘ljallanadi:
mahsulotni bevosita tayyorlash;
uskunalarning, jihozlarning, nazorat o‘lchash texnikasining sifatini kerakli darajada bo‘lishini ta’minlash va nazorat qilish;
mahsulot sifatini oshirish, yaroqsizlikni oldini olish, me’yoriy hujjatlarga mos kelmaydigan mahsulot ishlab chiqarish sabablarini bartaraf qilish tadbirlarini tayyorlash va amalga oshirish;
me’yoriy hujjatlarni joriy qilish va ularga qat’iy rioya qilish;
chiqarilayotgan mahsulotning ish bajarishdagi, qabuldagi va sinashdagi nazoratini o‘rnatish;
tekshiruvchan nazoratga, me’yoriy hujjatlarga rioya qilish;
ishlatilish bosqichidagi mahsulotning sifati haqidagi axborotni yig‘ish va to‘plash, uning yaroqsizligini, u haqidagi shikoyatlarni hisobga olish va tahlil qilish;
xom ashyo, materiallar, yarimfabrikatlar, komplektlanuvchi buyumlarni va tayyor mahsulotni omborlarda, korxona ichidagi transportlarda me’yoriy hujjatlarning talablariga binoan olib yurilishini ta’minlash va nazorat qilish;
belgilangan sifat darajasidagi mahsulotni chiqazishda korxonaning xodimlarini moddiy va ma’naviy rag‘batlantirish.
Ishlab chiqarish birlashmalarida, korxonalarda ishlab chiqarish bosqichida qo‘yilgan maqsadlarga va vazifalarga erishishda mahsulot sifatini boshqarish tizimlari ta’minlaydi.