8-MAVZU: YIGIRISH KORXONASIDA NOTEKISLIKNI TIZIMLI
TAHLILI (Isikava sxemasi asosida)
Reja:
1. CHiziqiy zichligi bo’yicha mahsulotning notekisligini nazorat qilish.
2. Notekislikning mohiyati va ularning turlari.
3. Notekislik indeksi va darajasi
4. Isikava sxemasi bo’yicha mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarish
Notekislik yigirish korxonasida ishlab chiqarish mahsulotlarining salbiy
xossalari bo’lib, ko’pincha korxonadagi texnik-iqtisodiy ko’rsatkichlarga, hamda
ipning fizik-mexanik xossalariga salbiy ta’sir qiladi. Yigirish ishlab chiqarishidagi
mahsulotlarning notekisligini sinash va nazorat qilish muhim ahamiyatga ega bo’lib,
notekislikni keltirib chiqarish sabablarini va vaqtini belgilab beradi. Yigirish
mashinalarida iplarni o’rash va shakllanish vaqtidagi uzilishi qanchalik ko’p bo’lsa,
unda ipning notekisligi shunchalik yuqori bo’ladi. Iplarning uzilishining oshishi
natijasida ishchilarning ish bilan taьminlanganligi oshadi, hamda mashinalarning
ish unumdorligining pasayishiga olib keladi.
Tarash mashinalarida notekislik xarakteri qayta ishlash vaqtida, ya’ni tolani
tozalash va ajratish darajasi bir xil bo’lmaydi. Undan tashqari, notekis taralgan pilta
hosil bo’ladi.
Turli xil mashinaning cho’zish asbobiga mahsulot tuzilishi yoki chiziqiy
zichligi bo’yicha notekis bo’lgan mahsulot kirsa unda cho’zilish kuchi va
ishqalanish kuchining maydon o’lchami o’zgaradi.
CHiziqiy zichlik bo’yicha pishitilgan iplarning notekisligi yuqori bo’lsa,
gazlamaning tashqi ko’rinishi va tuzilishida nuqsonlar hosil bo’ladi, natijada
gazlama yuzasi yo’l-yo’lli, chipor, muhayr yoki romsimon bo’lib qoladi. Bu
nuqsonlarni trikotaj matolarida ham kuzatish mumkin.
Mustahkamligi va boshqa xossalari bo’yicha iplarning notekisligi yuqori
bo’lsa, unda gazlama va trikotaj matolarida mustahkamlik, cho’ziluvchanlik va
qayishqoqlik bo’yicha notekisligi ko’p bo’ladi.
CHiziqiy zichligi bo’yicha notekis eshilgan iplar ishlab chiqarishda spetsifik
nuqsonlarni hosil bo’lishiga olib keladi. SHu sababli, yuqorida keltirilgan omillarga
muvofiq ishlab chiqarish sharoitida yigirish mahsulotlarining notekisligini o’rganish
va nazorat qilish muhim ahamiyatga ega.
CHiziqiy zichligi bo’yicha mahsulotning notekisligini nazorat qilish.
Yigirish mahsulotlarining sifatiga qo’yilgan shartlarga notekislik deyiladi.
Notekislik ishning texnik-iqtisodiy ko’rsatkich-lariga, hamda yigirish va
to’quvchilik mahsulotlarining fizik-mexanik xossalariga salbiy taьsir ko’rsatadi.
Ko’pgina omillar, masalan, xom ashyo xossalarining notekisligi, ko’pincha
texnologik jarayon va mashinaning konstruktsiyasiga, ishchi rejimning
buzilganligiga, hamda ishchilarning mashinalardan uzoqlashish va ta’mirlashi
natijasida yuzaga keladi.
Uzunligi bo’yicha mahsulot xossalarining o’zgarishidagi notekisligi quyidagi
ko’rinishlarga asosan aniqlanadi: chiziqiy zichlik bo’yicha notekislik, turli
uzunlikdagi kesim og’irligi yoki mahsulot ko’ndalang kesimidagi tolalar soni
bo’yicha mahsulotning hajmiy og’irligi (zichligi), fizik-mexanik xossalari bo’yicha
notekisligi va hakoza.
Notekislikning mohiyati va ularning turlari. Yigirish mahsulotlarining
notekisligini tahlil etish juda murakkabdir. Yigirish mahsulotlari uchun
notekislikning ko’pgina turlari mavjuddir: yigirishning birinchi bosqichida hosil
bo’lishi hamda keyingi bosqichlarda o’zgarishi va unga yangi turdagi
notekisliklarning qo’shilishidir.
Iplar notekisligi o’ziga bir qancha tarkibiy qismlarni qo’shib, yigirish ishlab
chiqarishdagi turli bosqichli notekisliklariga taьsiri ko’rinadi. Turli ko’rinishdagi
notekisliklar bir-biriga bog’liqdir.
Ko’rsatilgan omillar notekislikni keltirib chiqarish sabablarini o’zgarishini
qiyinlashtiradi.
Uzunligi bo’yicha maxsus xossalarining o’zgarishida quyidagi turdagi
notekisliklarni aniqlaydi: chiziqiy zichlik, mahsulot kesimidagi tolalar soni yoki turli
uzunlikdagi kesim og’irliklari bo’yicha notekislik, hajmiy og’irligi bo’yicha
mahsulot notekisligi (zichligi), mahsulotning fizik-mexanik xossalari bo’yicha
notekisligi (mustahkamligi, cho’ziluvchanligi, qayishqoq-ligi, namligi,havo
o’tkazuvchanligi, elektr qarshiligi, elektr qarshiligi, elektr zaryadlarining o’lchami
va hakoza).
Ko’ndalang kesim yuzi va uzunligi bo’yicha mahsulot tuzilishining
o’zgarishi mahsulot tarkibidagi elementlarning joylanishi, hamda xossalarining
o’zgarishini xarakterlaydi va ikki guruhli tuzilishli notekisligini aniqlanadi: sifatli
tuzilishli va geometrik tuzilishli notekislik. Tuzilishli notekislikning ikki gurhi
mahsulotning ko’ndalang kesim yuzi va uzunligi bo’yicha namoyon etadi.
Dostları ilə paylaş: |