d
yp
g
C
m
С
(1.2)
bu yerda:
yp
m
-mahsulot kesimidagi tolalar soni;
d
C
-diametri bo’yicha
tolaning kvadratik notekisligi.
Yuqoridagi formulani qisqartirilgan ko’rinishida quyidagicha ko’rinishda
yozish mumkin:
yp
g
m
K
С
0
100
(1.3)
bu yerda:
0
K
-tolaning turiga bog’liq bo’lgan koeffitsient bo’lib, paxta tolasi
uchun 1,06,
foizli sharoitda;
50
C
foizli sharoitda jun tolasi uchun 1,1 g;
viskoza tolasi uchun 1,02; zig’ir tolasi uchun esa 1,3 ga teng;
-yuqori darajadagi
mahsulot notekisligi.
Notekislik indeksi-haqiqiy mahsulot notekisligining yuqori darajadagi
mahsulot notekisligiga nisbati bo’lib, u quyidagi formula yordamida aniqlanadi:
K
m
С
yp
g
100
(1.4)
bunda
35
C
Г
C
2
100
1
g
C
K
(1.5)
Haqiqiy mahsulotning notekisligi oshgan sari notekislik indeksi ham oshadi.
Turli chiziqiy zichlikdagi ipning notekisligini solishtirish uchun G.M.Barnet taklif
etgan notekislik darajasi xizmat qiladi.
K
M
C
L
g
100
(1.6)
bu yerda:
M
-ip kesimidagi tolalar guruhining o’rtacha soni bo’lib, u quyidagi
formula yordamida aniqlanadi:
ypгр
yp
m
m
M
(1.7)
bu yerda:
ypгр
m
-guruhdagi o’rtacha tolalar soni bo’lib,
3
25
,
0
yp
ypгр
m
m
ga
teng.
Yigirilgan ipning notekisligini aniqlash uchun taklif etilgan yakuniy formula
quyidagichadir
K
M
C
L
g
50
3
(1.8)
Bu formula faqatgina ko’ndalang kesimidagi
64
yp
m
tolalar uchun
ishlatiladi. Agar
64
m
toladan iborat bo’lsa, unda notekislik indeksi qo’llaniladi.
G.M.Bernet notekislikni baholash uchun yigirilgan ipning notekislik darajasidagi
qiymatini yaratdi.
Notekislik bahosi
Karda ip
Taroqli ip
Viskoza va atsetat ip
A’lo
1,7 dan kam
1,4 dan kam
1,5 dan kam
Juda yaxshi
1,7-2,0
1,4-1,6
1,5-1,7
Yaxshi
2,0-2,3
1,6-1,8
1,7-1,9
Qoniqarli
2,3-2,6
1,8-2,0
1,9-2,1
Yomon
2,6 dan yuqori
2,0 dan yuqori
2,1 dan yuqori
Isikava sxemasi bo’yicha tizimli tahlil qilish uslublari (Isikava Kaoru nomi
bilan) hozirgi paytda turli mamlakatlarda mahsulot sifatini boshqarish va ta’minlash
bo’yicha ishlatiladi. Isikava sxemasini qurishdan maqsad qandaydir muammoni
yechishdagi yakuniy natijalarga ta’siridagi barcha turli ko’rinishdagi omillarni
Отформатированная таблица
birlashtirishda va ularni belgilangan ketma-ketlikda tizimlashtirishda qo’llaniladi.
Bu sxema o’rganilayotgan xususiyatlarning (masalan, mahsulot sifatining ba’zi bir
ko’rsatkichlari) o’zaro murakkab bog’liqligini tahlil qilishda, hamda ta’sir etuvchi
omillarni o’rganishda o’z navbatida tadqiq etilayotgan xususiyatlarning o’zgarishini
sistematik va kompleks o’tkazishda to’g’ri rejalashtirish imkoniyatini beradi.
Faraz qilaylik Isikava sxemasi mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarish
ishlarida samarali natijalarni berishda quyidagi savollarni hal etsin: nuqsonlarning
hosil bo’lishini va reklamamatsiyalar sonini qisqartirish, ishning samaradorligini
ko’tarish, mahsulot ishlab chiqarish hajmini oshirish, uskunalarning ishlash
samaradorligini ko’tarish, bajaruvchilarning ish sifatini yaxshilash, ishlab chiqarish
madaniyatni takomillashtirish, standartlarni yaratish, tadbiq etish va boshqalar.
Isikava sxemasi ko’pincha quyidagilarga ajratiladi:
- xususiyatlar-1 (masalan, buyumning ko’rsatkichlari, mahsulot sifat
ko’rsatkichlari, ishlab chiqarish hajmi va hokazo);
- bosh omillar-1.2; 1.3 va boshqalar, xususiyatlarga ta’sir;
- o’rtacha, kichik va boshqa ba’zi bir omillar-1.2.1; 1.2.2; 1.3.1; 1.1.1.1;
1.1.2.1 va boshqalar, bosh va boshqa omillarning bir-biriga bog’liqligini aniqlash.
Barcha omillar bir-biriga bog’liq ravishda vektorlar ko’rinishida tasvirlanadi.
Vektorlarning joylanishi va ularning egilish burchaklari taqriban tanlanadi. Olingan
natijalarga asosan shoxli daraxt ko’rinishida sxema hosil bo’ladi.
Sxema quyidagi ketma-ketlikda tuziladi:
- muammoli savollarni ajratadi, ya’ni belgilangan ishlarni kompleks
rejalashtirishda xususiyatlarini aniqlaydi;
- xususiyatlarning o’lchamiga ta’sir etuvchi to’g’ri yoki qiyosiy omillarni
birma-bir keltiradi;
- bosqichlar bo’yicha keltirilgan omillarni tizimlashtiradi (bosh, o’rtacha,
kichik va boshqalar);
- omillarning ahamiyatliligi va ularning ketma-ketligini aniqlash;
- xususiyatlar va omillarning o’zaro bog’liqligini grafik ko’rinishda
tasvirlaydi.
Muammoli savollar tug’ilganda, birinchi navbatda muhim vazifalar tanlab
olinadi.
O’rganilayotgan xususiyatlariga ta’sir etuvchi bir qancha omillar quyidagi
ko’rinishda o’tkaziladi. 5-10 kishidan iborat bo’lgan mutaxassislar tanlab olinadi.
Bu hal etilayotgan muammoda turli qiziqishdagi va turli xizmat doirasidagi ishchilar
ishtirok etadi. Ular 15-20 sek davomida tadqiq etilayotgan xususiyatlar bo’yicha o’z
fikr-mulohazalarini qisqa qilib beradi. Fikr almashish o’zaro suhbat tarzida amalga
oshiriladi. Barcha keltirilgan omillar yozib boriladi.
Keltirilgan omillarni tizimlashtirish uchun ular alohida guruhlar bo’yicha,
masalan, materiallar, uskunalar, nazorat uslublariga asosan sinflanadi. Ichki guruh
omillari o’zaro bog’liqligi bo’yicha tizimlashtiri-ladi. Mahsulotni saqlashdagi
harorat, atrof-muhit namligi birinchi omillardan biri hisoblanadi. Tizimlashtirishdan
keyin, xususiyatlariga ta’sir etuvchi qandaydir omillar qolib ketmasligi kerak;
xususiyatlariga ta’sir hech qanday ta’sir etmaydigan omillar bir vaqtning o’zida
chetlashtiriladi.
Omillarning ahamiyatliligi va ketma-ketligi fikr almashish yo’li bilan
aniqlanadi. Boshlanishida xususiyatlariga kuchli ta’sir etuvchi omillar ajratilib, qizil
qalam bilan chiziladi. Keyin, muhim tanlangan omillar yana qaytadan eng
muhimlari ajratiladi va yana qizil qalam bilan belgilanadi. Nixoyat uchinchi
tanlashdan keyin bog’liq omillar uchinchi marta qizil qalam bilan belgilanadi.
Ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatiga bog’liq ravishda chizilgan Isikava
sxemasi bo’yicha tahlil etishda quyidagi savollarga e’tibor berish lozim:
- xom ashyo va qo’shimcha materiallar (materialning qanday ko’rsatkichlari
xususiyatlariga ta’sir etadi; xom ashyo sifat ko’rsatkichlarining barqarorligi; xom
ashyoni saqlash sharoiti; xom ashyo sifatini nazorat qilish uslubi; mahsulot sifatini
nazorat qilish va ta’minlash bo’yicha tashkiliy ishlar; sifatsiz mahsulotlarni oshkora
qilish va ishlatilish davrida to’g’ri chora ko’rish va boshqalar);
- texnologik uskunalar (mashinalarni profilaktik nazorat qilish; joriy va
kapital ta’mirlash; ta’mirlash grafigiga rioya qilish va uning sifati; uskunalarning
holati va tozaligi; detallar va qismlarining zaxiraga egaligi; uskunalarni
takomillashtirish va boshqalar);
- texnologik jarayonlar (texnologik hujjatlarni to’g’ri yaratish, belgilangan
texnologik rejimlarga rioya qilish; texnologik ko’rsatkichlarni nazorat qilish;
texnologik jarayonlarni operativ boshqarish va boshqalar);
- bajaruvchilarning ishi (ishchilar o’z joylariga to’g’ri qo’yilganmi;
bajaruvchilarning ishlab chiqarish malakasi
bajaruvchilarning
fiziologik
imkoniyatlari; ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatiga munosabat; nazorat
uslublarini bilish va sifatni ta’minlash; bajaruvchi ishchilarning sifatini nazorat
qilish va boshqalar);
- o’lchash uslublari va xususiyatlarini nazorat qilish (asbob-uskunalarning
mavjudligi va ishlash paytidagi sifati; o’lchash vositalarining metrologik ta’minoti;
laborantlarning malakasi; o’lchash uslublari va nazoratning to’g’riligi va boshqalar);
1.6-rasm. Isikava sxemasi.
Ипнинг
нотекислиги
Тасманинг
нотекислиги
Нотекислик
Dostları ilə paylaş: |