Reja: chiziqiy zichligi bo’yicha mahsulotning notekisligini nazorat qilish



Yüklə 289,98 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/4
tarix11.12.2022
ölçüsü289,98 Kb.
#73888
1   2   3   4
8-маруза

Mahsulotning turli xossalari bo’yicha tola assortimentlari-ning o’zgarishi. 
Agar turli kesimda pilikni qissak va barcha qisilmagan tolalarni qisqich tomoni 
bo’yicha tolalarning uzunligi, yo’g’onligi, mustahkamligi, cho’ziluvchanligi va 
boshqa hususiyatlari bo’yicha egri chiziqli taqsimlanishini aniqlanish mumkin. 
Tolalarning bu xossalari bo’yicha egri chiziqli taqsimlanishidan o’rtacha va modal 
qiymatlarini, dispersiya, kvadratik notekisligini aniqlash mumkin. 
Tolalarning xossalari bo’yicha egri chiziqli taqsimlanishning o’zgarishi 
uzunlik, yo’g’onlik, mustahkamlik bo’yicha mahsulotning tuzilishli notekisligi 
deyiladi. Bu turdagi notekislikni baholash miqdori uzunlik bo’yicha dispersiya yoki 
kvadratik notekislikni aniqlashni keltirib chiqaradi. 
CHo’zish jarayonida tola uzunligi bo’yicha mahsulotning notekislik tuzilishi 
shu mahsulotning chiziqiy zichligi bo’yicha notekisligini keltirib chiqaradi. 
Tolaning yo’g’onligi, uzunligi va pishiqligi bo’yicha mahsulotning notekislik 
tuzilishi uning mustahkamlik bo’yicha ipning notekisligini aniqlaydi. 
Mahsulotning ko’ndalang kesimi bo’yicha tolalarning turi, rangi va boshqa 
xossalariga asosan notekislikning taqsimlanishi. Bu turdagi notekislikni baholash 
miqdori sektorial va radial notekislik, hamda tolaning migratsiya (ko’chish) 
koeffitsientini aniqlash yo’li bilan amalga oshiriladi. 
Ikkinchi guruhga geometrik tuzilishli notekisligi kirib u quyidagi 
ko’rinishlarga bo’linadi: 


Qatlamligi, ya’ni bir turdagi va rangdagi tolalarning zich joylanishi bo’lib, 
mahsulotning kesimi va butun uzunligi bo’yicha o’tadi. Bu notekislik ko’rinishi har 
xil turdagi va rangdagi tolalardan piliklash mashinalarida olingan pilik ko’rinishida 
hosil bo’ladi. 
Mahsulotning miqdoriy tuzilishi, ya’ni pilikdagi tolalarning ko’p miqdorda 
tekislanish va to’g’rilanish darajasidagi ketma-ketlikdagi miqdoriy joylashishi 
tuzilishli notekisligi ko’rinishida hosil bo’ladi. 
Tolalarning guruhlar bo’yicha joylanishi, ya’ni turli guruhdan tolalar 
o’lchami bo’yicha tolalar qatlamining mahsulot kesimi va uzunligi bo’yicha notekis 
joylanishi yigirish mahsulotlarining notekislik tuzilishi, qatlami, tarami va titish-
savash mashinalararo va mashinalaridagi tola qatlami ko’rinishida namoyon bo’ladi. 
Guruhli joylashgan tolalarni cho’zish paytida chiziqiy zichlik bo’yicha yangi 
turdagi notekisliklarni keltirib chiqaradi. 
Turli ko’rinishdagi mahsulotning tuzilishli notekisligi va ularning xossalari 
bo’yicha notekisligi turli xarakterga egadir. Xarakteriga bog’liq holda mahsulotning 
tuzilishi va xossalarining o’zgarish xarakteridagi notekisligi quyidagicha bo’ladi: 
davriy, tasodifiy, funktsional, ya’ni bir yoqlama o’suvchi og’ish (sifat 
ko’rsatkichlari doimo oshadi yoki aksincha); mahalliy (tasodifiy, mahsulot chiziqiy 
zichligining birdaniga oshishi); birlashtirilgan (bir qancha turdagi notekislikning 
jami). 
Mahsulotning turli o’lchami va xarakteri bo’yicha notekisligi ishlab chiqarish 
sharoiti va mashinalar tipiga bog’liqdir. Notekislik quyidagicha farqlanadi: 
-ichki-ishlab chiqarishdagi o’ramning ichki notekisligi
-tashqi-barcha o’ramdagi mahsulotning o’rtacha qiymatlari orasidagi 
notekislik; 
-umumiy-barcha o’ramdagi notekislik. 
Bunday notekislikning bo’linishi mashina ishchi qismlarida belgilanib, yuqori 
notekislikdagi mahsulot ishlab chiqariladi. 


CHiziqiy zichlik bo’yicha notekislik-yigirilgan iplar va yigirish jarayonining 
boshqa mahsulotlarning sifat ko’rsatkichlarini baholashda asosiylardan biri 
hisoblanadi. 
Notekislik indeksi va darajasi. Texnologik jarayonlarda, ya’ni titish-savash, 
aralashtirish va tarash ishlari amalga oshiriladi. SHu sababli, qatlam yoki pilikda 
«tasodifiy» tolalarning joylanishi ko’zda tutiladi. Ba’zida, haqiqiy tolalarning 
joylanishi tasodifiydan farqlanadi. 
Haqiqiy joylashgan tolalarning mahsulot notekisligi har doim tasodifiy 
joylashgan tolalarning notekisligidan yuqori bo’ladi. SHu sababli, yuqori darajadagi 
mahsulot kesimidagi tolalar soni bo’yicha taqsimlanishi uchun Puasson 
taqsimlanishi hisoblanadi va uning ko’ndalang kesim yuzi bo’yicha mahsulotning 
kvadratik notekisligi quyidagi formula yordamida aniqlanadi. 
2
100
4
1
100









Yüklə 289,98 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin