-
me’yoriy-texnik hujjat (standartlar
va texnik shartlarda, qo’shimcha
materiallarda, uskunalar va tayyor mahsulotlarda xatolik yo’qligi; sinov uslublari;
to’g’ri tamg’alash va o’rash; standartlar va texnik shartlarning talablariga rioya
qilish; standartlar va texnik shartlarning buzilish paytida to’g’ri choralar ko’rish va
boshqalar);
1.6-rasmda Isikava sxemasi keltirilgan bo’lib, bu sxemada ipning chiziqiy
zichligi bo’yicha notekisligini aniqlashdagi omillar tahlil etilgan.
Isikava sxemasini qurib bo’lgandan keyin, ular bo’yicha ahamiyatli omillar
aniqlanadi va ishlar rejalashtiriladi. Uning uchun quyidagi yo’nalishda
har bir
omillar o’rganiladi:
- omillar, uning o’lchash uslublari nazorat qilinadi;
- omillarni nazorat qilish uslublari;
- omillar bir tekisda tuzatiladi va qanday amalga oshiriladi;
- omillar o’lchami va xususiyatlarining o’zaro bog’liqligi (to’g’ri, qaytma,
chiziqli, chiziqsiz va boshqalar);
- xususiyatlarini tarqalishida bir me’yorda bo’lmagan omillarning ta’siri;
- omillar darajasining me’yori standartlashtirilganmi,
standartlash-tirish
imkoniyatlari bormi va boshqalar.
Omillarni hisobga olgan holda, notekislikni kamaytirishga yo’naltirilgan
tashkiliy ishlarning misol tartibi quyidagicha bo’lishi mumkin:
- notekislik me’yorida belgilangan xom ipga korxona standartlarini ko’rib
chiqish;
- xom ip va ipning notekisligini aniqlash uchun laboratoriya asboblarini
ta’minlash;
- yigiruv tsexida namlikni nazorat qilish davrida grafiklarni yaratish;
-
notekisligi
bo’yicha
xom
ipning
chiqishini
nazorat
qilishini
takomillashtirish;
- yigiruv mashinalarini tozalash grafigini ko’rib chiqish;
- oraliqlarini nazorat qilish uslublarini takomillashtirish;
- «kasal» urchuqlarni
topish uslublarini yaratish;
- yigiruv mashinasidagi cho’zuvchi asboblarni profilaktik ko’zdan
kechirishda qoidalar belgilash;
- yigiruvchilarning malakasini oshirish;
- ishlab chiqarish madaniyati va uning bajarilish nazorati haqida nizomlarni
takomillashtirish;
- ish sifati uchun bajaruvchilarning ma’sulligini tarbiyalash bo’yicha
tushuntirish ishlarini olib borish;
- ish sifatining nazorati haqida nizomlarni yaratish;
- ishlab chiqarilayotgan mahsulot sifatini ta’minlash va yaxshilash borasida
nizomlarni takomillashtirish.
Xulosa qilib aytganda, ishlab chiqarishdagi turli masalalarni hal etishda, shu
bilan birgalikda mahsulot sifatini ta’minlash va boshqarishda Isikava sxemasini
chegaralanmagan holda ishlatish mumkin ekan.
Tayanch iboralar:
Dispersiya
yoki kvadratik notekislik, geometrik tuzilishli notekislik,
qatlamligi, mahsulotning miqdoriy tuzilishi, tolalarning guruhlar bo’yicha
joylanishi, ichki-ishlab chiqarishdagi o’ramning ichki notekisligi,
tashqi-barcha
o’ramdagi mahsulotning o’rtacha qiymatlari orasidagi notekislik, umumiy-barcha
o’ramdagi notekislik,
notekislik indeksi va darajasi, Isikava sxemasi, omillar,
muammoli savollar, fikr almashish,
ichki guruh omillari, qo’shimcha materiallar,
me’yoriy-texnik hujjat.
Nazorat savollari:
1. CHiziqiy zichligi bo’yicha mahsulotning notekisligini nazorat qilish.
2.Notekislikning mohiyati va ularning turlari.
3.Mahsulotning turli xossalari bo’yicha tola assortimentlarining o’zgarishi.
4.Mahsulotning ko’ndalang kesimi bo’yicha tolalarning turi, rangi va boshqa
xossalariga asosan notekislikning taqsimlanishi.
5.Notekislik indeksi va darajasi.
6.Isikava sxemasini qurishdan maqsad nima?
7. Isikava sxemasi qanday ketma-ketlikda quriladi?