Ichki ishlar va mudofaa vazirliklari tizimlaridagi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish omillari



Yüklə 19,14 Kb.
tarix20.11.2023
ölçüsü19,14 Kb.
#165761
Abdunozim


Ichki ishlar va mudofaa vazirliklari tizimlaridagi yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish omillari
Andijon davlat uversiteti Ijtimoiy-iqtisodiyot fakulteti
Milliy g’oya, ma’naviyat asoslari va huquq ta’limi yo’nalishi
3-kurs talabasi Soliboyev Umidbek
E-mail: soliboyevumidbek@gmail.com
Telefon: +998_99_646_64_05


ANNOTATSIYA: Maqolamizda yoshlar masalasini davlat siyosati darajasiga ko’tarishni asosiy omillari. Ichki ishlar va mudofa vazirligida, yoshlar masalasida olib borilayotgan ma’naviy masalalar. Shuningdek Ma’naviy yuksalish kelajak boydevori bo’lishi mumkinmi?


KALIT SO’ZLAR: Ma’naviyat, Siyosiy yuksalish, Ma’naviy yuksalish.

«Ma’naviyat»ning mohiyati, predmeti, tushunchalari va rivojlanish qonuniyatlariga bag‘ishlanib respublikamiz ziyolilari o‘rtasida qizg‘in munozaralar olib borilmoqda. Bunga sabab ma’naviyatning ko‘p qirrali tushuncha ekanligidir. U inson faoliyatining barcha qirralarini, uning yaqqol ko‘zga tashlanuvchi zoxiriy va yashirin, ichki ruhiy – botiniy tomonlarini ham qamrab olganligidadir. Hozirgi kunda ham munozaralar davom etmoqda va matbuotda ushbu mavzuga bag‘ishlab ko‘plab maqola va mulohazalar e’lon qilinmoqda, kitoblar chop etilmoqda. Ularda ma’naviyat, uning ma’no-mazmuni, hayotimizdagi o‘rni va ahamiyati xaqida fikrlar bildirilmoqda. Lekin aksariyat hollarda ma’naviyat o‘zi nima, degan savolga aniq va lo‘nda javob topish qiyin. Unga har xil, ba’zan esa bir-biriga qarama qarshi, noaniq sayoz javob va fikrlar bildirishmoqda. To‘g‘ri, “Ma’naviyat” tushunchasiga ilmiy, falsafiy, adabiy, axloqiy yoki oddiy tilda ifodalanadigan ko‘plab ta’riflarni keltirish mumkin. Umuman, o‘zida juda chuqur va keng qamrovli ma’no-mazmunini mujassam etgan bu tushunchaga har qaysi muallif o‘zining falsafiy yondashuvi, siyosiy qarashlari va e’tiqodi, ongu tafakkuridan kelib chiqqan holda turlicha ta’rif va tavsiflar berib kelayotganliklarini ko‘ramiz. Unga ham bir tabiiy hol sifatida qaramoq lozim. Bu masala bo‘yicha ilmiy adabiyotlarda, kundalik matbuotda bir biridan farq qiladigan fikr-mulohazalarda, ta’riflarda har qaysi muallifning o‘ziga xos dunyoqarashi, mushohida tarzi o‘z ifodasini topgan. Shu nuqtai nazardan qaralganda, keyingi yillarda mazkur mavzuda olimlarimiz tomonidan tayyorlangan ilmiy maqolalar, risolalar, o‘quv qo‘llanmalar, lug‘atlarda “Ma’naviyat ” tushunchasi va uning tamoyillariga o‘ziga xos izoh va ta’riflar berib kelinmoqda. Bunga sabab “Ma’naviyat” tushunchasi keng ma’noda jamiyat hayotidagi g‘oyaviy, mafkuraviy, ma’rifiy, madaniy, diniy va axloqiy qarashlarni o‘zida to‘la mujassam etgan ijtimoiy-ma’naviy hodisa ekanligidir


Mustaqillik yillarida mamlakatimizda jamiyat hayotining ma’naviy-ma’rifiy asoslarini mustahkamlash, milliy istiqlol g‘oyasining asosiy tushuncha va tamoyillarini hayotga joriy etish, yurtdoshlarimiz, ayniqsa, yosh avlod qalbida Vatanimiz taqdiri va kelajagi uchun daxldorlik va mas’uliyat hissini oshirish, yot g‘oyalarga qarshi mafkuraviy immunitetni kuchaytirishga yo‘naltirilgan targ‘ibot tizimi shakllandi. Bu jarayonda Respublika Ma’naviyat targ‘ibot markazi, uning joylardagi tuzilmalari hamda Milliy g‘oya va mafkura ilmiy-amaliy markazi tomonidan muayyan ishlar amalga oshirilganini qayd etish lozim. 

Bugungi kunda dunyoda globallashuv jarayonlari kuchayib, tinchlik va barqarorlikka qarshi yangi tahdid va xatarlar tobora ko‘payib bormoqda. Bunday murakkab va tahlikali vaziyat sohada amalga oshirilgan ishlarni tanqidiy baholab, uning faoliyatini zamon talablari asosida takomillashtirishni taqozo etmoqda. 

Xususan, oila, mahalla va ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, chekka hududlar va mahallalarda uyushmagan yoshlar bilan maqsadli g‘oyaviy-tarbiyaviy ishlarning yuzaki tarzda olib borilayotgani, jinoyatchilik, diniy ekstremizm va terroristik harakatlarga adashib qo‘shilib qolish, milliy qadriyatlarga e’tiborsizlik, erta turmush qurish, oilaviy ajralishlar kabi salbiy holatlarning oldini olishga qaratilgan targ‘ibot ishlarining aksariyat hollarda kutilgan natijani bermayotgani bu masalalarga jiddiy e’tiborni talab etmoqda. 
Yoshlar o‘rtasida vatanparvarlik tarbiyasini kuchaytirish bo‘yicha davlat ramzlari qabul qilingan sanalarni yurtimizning barcha hududlari, shuningdek, xorijdagi elchixonalarimiz, vatandoshlarimiz, keng aholi vakillari, davlat va jamoat faollari, yoshlar, madaniyat va san’at namoyandalari ishtirokida katta bayram sifatida o‘tkazish an’anaga aylandi.
Harbiy vatanparvarlik tarbiyasi borasidagi ishlar samarasi va ta’sirchanligini oshirish bo‘yicha Davlat xavfsizlik xizmati, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya hamda Yoshlar ishlari agentligi kabi tashkilotlar bilan hamkorlik dasturlari ishlab chiqilib, amalga oshirilmoqda.
Temurbeklar maktablari bilan Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi va uning hududiy bo‘limlari o‘rtasida yaqin hamkorlik o‘rnatildi. Respublika Ma’naviyat va ma’rifat markazi, Mudofaa, Ichki ishlar, Favqulodda vaziyatlar vazirliklari, Milliy gvardiya o‘rtasida Temurbeklar maktablarida Sohibqiron Amir Temurning mardona ruhi, jasorati, sarkardalik mahorati, Vatanga bo‘lgan buyuk sadoqati, yuksak ma’naviy fazilatlarini yoshlar ongi va qalbiga singdirishga qaratilgan turkum tadbirlarni tashkil etish bo‘yicha qo‘shma dastur tasdiqlandi.

Foydalangan adabyotlar:
1.Karimov I.A. O‘zbekiston: milliy istiqlol, iqtisod, siyosat, mafkura. –
Toshkent: O‘zbekiston, 1996. – 82 b.
2. Milliy istiqlol g‘oyasi: asosiy tushuncha va tamoyillar. – Toshkent: Fan, 2001
– 153 b.
3. Karimov.I.A Ozod va obod Vatan, erkin va faravon hayot – pirovard
maqsadimiz. – Toshkent: O‘zbekiston. 2000. – 471 b.
4. Abdulla Avloniy Turkiy guliston yoxud axloq. Toshkent: Adolat, 1992. – 44
b.
5. Karimov I.A. O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li. –Toshkent:
O‘zbekiston, 1992. -76 b.
Yüklə 19,14 Kb.

Dostları ilə paylaş:




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin