• Pentium 133 protsessori • 32 Mbaytli operativ xotira • Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira • 640 ga 480 VGA – displeyi Autocad-2004 dasturini ishga tushirish



Yüklə 2,12 Mb.
səhifə1/16
tarix27.09.2023
ölçüsü2,12 Mb.
#149912
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16
AutoCAD


1.2. AutoCAD-2004 sistemasi to’g’risida umumiy ma’lumotlar 
1.2.1. AutoCAD-2004 GA kirish.
Hozirgi vaqtda uch o‘lchamli kompyuterli modellashtirish vositalari foydalanuvchilarning e'tiborida bo‘layapti va bu tasodifiy emas albatta. Ulardan foydalanish konstruktorlik-loyihalash ishlarining sifatli bajarilishi hamda foydalanuvchiga chizmalarni tez, sifatli, yuqori aniqlikda bajarish va qog‘ozga chiqarish imkonini beradi.
Ushbu qo‘llanmada kompyuterli modellashtirishni loyihalashtirishning universal grafik sistemasi muhitidan iborat bo‘lgan AutoCAD-2004 dan foydalanish uslubi taklif etilgan. Bu AutoCAD-2004 tizimi Autodesk kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, loyihalash jarayonida ko‘p sonli foydalanuvchilar qulay holda ishlatishlari ko‘zda tutilgan. Hozirgi davrda AutoCAD ning dasturiy ta'minoti kompaniyani eng yaxshi mahsuloti bo‘lib, shaxsiy kompyuterlarning eng keng tarqalgan avtomatik loyihalash tizimi paketi hisoblanadi.
Hozirgi davrda har qanday dastur ta'minotining eng muhim xarakteristkasi buni boshqa dasturlar bilan birgalikda ishlata bilish xususiyatidir. Shu sababli AutoCAD tizimi katta imkoniyatlarga ega bo‘lib, o‘z mahsulotini 3D Studio tizimiga eksport qilgan holda uch o‘lchovli modellarni animatsiya qilish imkoniyatini beradi. AutoCAD tizimida ishlab chiqilgan файлlar Microsoft Office dasturining har qanday mahsulotlari bilan mos keladi .
Ushbu qo‘llanmada AutoCAD –2004 ning siqiq holdagi ruscha versiyasining o‘zbek tiliga o‘girilgan varianti berilgan.
AutoCAD –2004 dasturi avtonom rejimida yoki lokal tarmoqda ham ishlashi mumkin. AutoCAD –2004 dasturining yaxshi ishlashi uchun quyidagi manbaalar zarur bo‘ladi:
• Pentium 133 protsessori
• 32 Mbaytli operativ xotira
• Qattiq diskda 400-750 Mbaytli xotira
• 640 ga 480 VGA – displeyi

      1. AutoCAD-2004 dasturini ishga tushirish.

AutoCAD-2004 dasturi ishga tushirilgandan keyin «Загрузка» dialog oynasi chiqariladi (1-rasm).


















- «Chizmani tanlash» –avval yaratilgan chizmani ochish imkonini beradi;



- «Boshidan boshlash» - chizma uchun yangi varaqni ochish imkonini beradi;



- «Shablondan foydalanish» –chizmachilikning kerakli uskunalarini o‘z ichiga olgan shablonni tanlash imkonini beradi;



- «Sehrgarni ishlatish» –AutoCAD muhitida kerakli sozlashlarni amalga oshirish. Sozlashning ikki xil varianti: «Advanced Setup» («Keng sozlash») va «Quick Setup» («Tez sozlash») (2-rasmga qarang).



Yüklə 2,12 Mb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   16




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin