- tovush almashuvi va tovush orttirilishi
# Og‘zaki nutqi yaxshi bo‘lgani uchun davraga boshlovchilik qilish unga
topshirildi. Ushbu gapdagi fonetik yozuv qoidasi asosida yozilgan yasama
so‘zlar miqdorini aniqlang.
+ 2 ta
- 1 ta
- 3 ta
- 4 ta
# 1) idrok; 2) terak; 3) ishtirok; 4) chok; 5) bolalik. Berilgan so‘zlarning
qaysi biriga egalik qo‘shimchasi qo‘shilganda, asos qismda fonetik o‘zgarish
bo‘ladi?
+ 2, 5
- 1, 2, 3, 4
- 1, 3, 4
- 1, 2, 5
# Yil bo‘yi qo‘shilmasida urg‘u qaysi bo‘g‘inga tushadi?
+ yil bo‘yi birikuvida faqat yil so‘ziga
- yil va bo‘yi so‘zining ikkinchi bo‘g‘iniga
- yil va bo‘yi so‘zining birinchi bo‘g‘iniga
- yil bo‘yi birikuvida faqat bo‘yi so‘zining oxirgi bo‘g‘iniga
# Qaysi kelishik qo‘shimchasi qo‘shilishi natijasida ba’zi so‘zlar fonetik yozuv
qoidasi asosida yozilishi mumkin? 1) qaratqich kelishigi; 2) tushum
kelishigi; 3) jo‘nalish kelishigi; 4) o‘rin-payt kelishigi; 5) chiqish kelishigi
+ 1, 2, 3, 4, 5
- 1, 2, 3
- 3
- 3, 4
# Unga uchragani yuragi dov bermadi, yig‘lab uyga keldi. Berilgan gapda
necha so‘z fonetik qoida asosida yozilgan?
+ 3 ta
- 2 ta
- 1 ta
- 4 ta
# 1995-yilda qabul qilingan imlo qoidasiga ko‘ra quyidagi so‘zlarning qaysi
biri xato yozilgan?
+ orzuyim
- parvoyim
- obro‘yim
- avzoyim