­­­­­­ Tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi 20/90 guruh talabasi Sherbo’tayev Umidjonning Jahon arxivlari tarixi fanidan yozgan mustaqil ishi mavzu­­­­­­­



Yüklə 34,11 Kb.
səhifə1/4
tarix20.06.2023
ölçüsü34,11 Kb.
#132967
  1   2   3   4
O\'zbekiston Respublikasining arxiv sohasida xalqaro hamkorligi docx




O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
FARG‘ONA DAVLAT UNIVERSITETI

­­­­­­ Tarix FAKULTETI
Arxivshunoslik YO‘NALISHI
20/90 guruh talabasi
Sherbo’tayev Umidjonning
Jahon arxivlari tarixi fanidan yozgan

MUSTAQIL ISHI

Mavzu­­­­­­­: O’zbekiston Respublikasining arxiv sohasida xalqaro hamkorlik


Qabul qildi: Rasulov M.
Farg‘ona – 2021


Reja:

  1. O’zbekistonda arxiv ishining yo’lga qo’yilishi

  2. O’zbekistonning xalqaro arxiv tashkilotlaridagi o’rni

  3. O’zbekistonning xorijiy davlat arxivlari bilan o’zaro aloqasi

Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yhati

O’zbekistonda arxiv ishining yo’lga qo’yilishi
Arxiv” atamasi lotincha “arxivium” so’zidan olingan bo’lib, o’zbek tiliga “mahkama”, “muassasa” deb tarjima qilinadi. Ammo zamonlar o’tishi bilan bu so’zni ma’nosi o’zgardi. Hozirgi kunda “arxiv” deganda biz har qanday mahkama yoki idora emas, balki hujatlar saqlanadigan maxsus joyni tushunamiz.Ko’chma ma’noda “arxiv” atamasi turli muassasalar va alohida shaxslar qo’lida to’plagan hujjatlar majmuiga nisbatan ham qo’llaniladi.Hozirgi kunda arxivlar har bir davlatning siyosiy va ma’naviy hayotida muhim o’rin tutmoqda*.
Shunday qilib, arxiv – bu hujjatlarni jamlash, hisobga olish, saqlash va ulardan foydalanishni amalga oshiruvchi muassasadir.
Hozirgi davrda O’zbekiston va xorijiy mamlakatlarda turli ko’rinishdagi arxivlar faoliyat olib bormoqda. Arxivlar ularda saqlanayotgan hujjatlarning shakl va mazmuni, yaratilish texnikasi, ijtimoiy mansubligi, hujjatlarga nisbatan mulkchilik shakliga ko’ra quyidagi turlarga bo’linadi:

  • Davlat arxivlari (markaziy, milliy arxivlar va munitsipal-viloyat, shahar va tuman arxivlari):

  • Idoraviy arxivlar (korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, jamoat tashkilotlari arxivlari):

  • Shaxsiy tarkib arxivlari:

  • Nodavlat arxivlar (xususiy korxonalar, tashkilotlar va muassasalar, nodavlat-notijorat tashkilotlari arxivlari)

  • Shaxsiy (oilaviy) arxivlar

Shuningdek, qator xorijiy mamlakatlarda ilmiy-texnikaviy hujjatlar arxivlari, adabiyot va san’at arxivlari, iqtisodiy arxivlar, ilmiy arxivlar,

  • Alimov I.A Arxivshunoslik. O’quv qo’llanma. Andijon, 2005.

og’zaki arxivlar (audio va video estaliklar) ham faoliyat ko’rsatib kelmoqda.Axborot tashuvchi jismlarning turlariga ko’ra, arxivlarni an’anaviy arxivlar (qog’ozga bitilgan matnli hujjatlar arxivlari), kino va video arxivlar foto arxivlar, fono arxivlar, elektron hujjatlar arxivlari kabi guruhlarga bo’lish mumkin.
Mustaqillikning ilk yillarida arxiv ishining huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Arxiv ishining huquqiy asoslari deganda arxiv ishi sohasiga tegishli qonunlar hamda ularga mos ravishda chiqarilgan qonunosti hujjatlar- Prezident farmonlari, hukumat qarorlari, nizomlar, yo’riqnoma va hokazolar tushuniladi*.
Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Respublika hukumati arxivlar faoliyatiga alohida e’tibor qaratdi. 1992-yil 19-iyunda Vazirlar Mahkamasi “O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzurida Bosh arxiv boshqarmasi (“O’zbosharxiv”) to’g’risida Nizom”ni tasdiqladi va “Respublika markaziy davlat arxivlari tarmog’ini tasdiqlash haqida”gi 296-sonli qaror qabul qildi.Nizomda Respublida arxiv tizimini boshqaruvchi vakolatli davlat organi- Bosh arxiv boshqarmasining vakolatlari va funksiyalari belgilab berildi. Qabul qilingan qarorda Respublikada 3 ta markaziy davlat arxivi- O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi, O’zbekiston Respublikasi kinofotofonohujjatlar markaziy davlat arxivi, O’zbekiston Respublikasi ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari markaziy davlat arxivlari faoliyat ko’rsatishi belgilab qo’yildi.
O’zbekiston arxivlar faoliyatining huquqiy asoslarini yaratishda Oliy Majlis tomonidan 1999-yil 15-aprelda qabul qilingan “Arxivlar to’g’risida”gi Qonun muhim qadam bo’ldi.Ushbu qonun O’zbekiston arxiv fondlarining yaxlitligini saqlab qolish, hujjatlarni hisobga olish, ekspertiza qilish, ro’yhatdan o’tkazish, arxivlarni butlash va arxiv hujjatlaridan foydalanishning yagona tartibini belgilab berdi.

  • Usmonov A. O’zbekistonda arxiv ishining istiqbollari // Infolib: Axborot-kutubxona axborotnomasi. 2017.



Istiqlol yillarida ilk marotaba oldingi davrlarda Ozbekistondan olib ketilgan arxiv hujjatlarini qaytarish masalasi kun tartibiga qo’yildi. Bu muammo eng oliy darajada-Respublika parlamentida ko’rib chiqildi.Natijada O’zbekistondan chetga olib ketilgan arxiv hujjatlarini olib kelish bo’yicha 1999-yil 11-mayda O’zbekiston Oliy Majlisi huzurida maxsus komissiya tashkil etildi. Ushbu komissiyaning asosiy vazifasi o’tmishda turli sabablarga ko’ra chet ellarga olib ketilgan, ilmiy ahamiyatga molik hujjatlarni aniqlash, ularni o’rganish va manlakatimizga qaytarib olib kelish bo’yicha takliflar tayyorlash va bu takliflarni tegishli davlat tashkilotlariga taqdim etishdan iboratdur.
Arxivlar to’g’risida”gi qonun qabul qilingandan keyin mavjud me’yoriy hujjatlarni unga mos ravishda qayta ko’rib chiqish, ayrim yangi me’yoriy hujjatlarni qabul qilish zarurati tug’ildi. O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 1999-yil 30-oktabrda 482-sonli qarori bilan 4 ta ana shunday me’yoriy hujjatni tasdiqladi”;
Ozbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi to’g’risidagi Nizom”;
O’zbekiston Respublikasi Milliy arxiv fondi hujjatlarini davlat ro’yhatidan o’tkazish Tartibi”;
O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Bosh arxiv boshqarmasi(O’zbosharxiv) to’g’risidagi Nizom”;
Ozbekiston Respublikasi davlat hokimiyati va davlat boshqaruv organlari, korxonalar, muassasalar va tashkilotlardagi idoraviy arxivlar to’g’risidagi Namunaviy Nizom”*.

  • Arxiv ishi to’g’risida: Qonunchilik palatasi tomonidan 2009 yil 3 noyabrda qabul qilingan; Senat Kengashida 2010 yil 7 mayda ma’qullangan. O’zbekiston Respublikasining Qonuni// Xalq so’zi. 2010. 16 iyun.


Ushbu me’yoriy hujjatlarning qabul qilinishi va hayotga tadbiq etilishi arxiv ishini qadam-baqadam yaxshilash imkonini berdi.
Mustaqillik yillarida “O’zarxiv” agentligi tomonidan muntazam ravishda “Axborotnoma” nashr etilib kelinmoqda. 2007-yildan boshlab ushbu nashr “Arxiv ishi va ish yuritish sohasi axborotnomasi” deb atalmoqda.O’zbekiston arxiv ishi sohasida xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikni yo’lga qo’ydi. 2009- yilda O’zbekiston Xalqaro Arxiv Kengashining Yevro-Osiyo mintaqaviy bo’limi(YEVROAZIKA) ga a’zo bo’lib kirdi.Ushbu tashkilot bilan yaqindan hamkorlik qilish xorij arxivlarining ilg’or ish tajribasini o’rganish, Respublikamizda arxiv ishini yanada takomillashtirish uchun yangi imkoniyatlar yaratmoqda.Masalan, 2017-yilda Xitoy Xalq Respublikasi O’zbekistonning ikkita arxivi –Kinofotofonohujjatlar milliy arxivi va Ilmiy-texnikaviy va tibbiyot hujjatlari milliy arxivlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlsh hamda audiovizual va fonohijjatlarni qayta ishlash va ularni saqlash uchun qulay sharoitlar yaratish maqsadida 3.5 mln AQSh dollari miqdorida grand ajratdi.Bundan tashqari xuddi shu yilda “O’zarxiv” agentligi va Koreya Respublikasining Milliy arxivi o’rtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik qilish to’g’risida memorandum imzolandi.Mazkur memorandumga muvofiq, har yili O’zbekiston arxiv xodimlari Koreyada elektron arxivlarni joriy qilish va arxiv hujjatlarini raqamlashtirish bo’yicha malaka oshirib keladigan bo’ldilar.O’zbekistonda har yili 9-iyun – Xalqaro arxiv kuni nishonlanib, arxiv muassasalari tomonidan turli tashkiliy va ma’rifiy tadbirlar o’tkazilmoqda1.


Yüklə 34,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin