­­­­­­ Tarix fakulteti arxivshunoslik yo‘nalishi 20/90 guruh talabasi Sherbo’tayev Umidjonning Jahon arxivlari tarixi fanidan yozgan mustaqil ishi mavzu­­­­­­­


O’zbekistonning xalqaro arxiv tashkilotlaridagi o’rni



Yüklə 34,11 Kb.
səhifə2/4
tarix20.06.2023
ölçüsü34,11 Kb.
#132967
1   2   3   4
O\'zbekiston Respublikasining arxiv sohasida xalqaro hamkorligi docx

O’zbekistonning xalqaro arxiv tashkilotlaridagi o’rni
Arxiv muassasalari faoliyatining doimiy ravishda takomillashib borishda xalqaro hamkorlik muhim o’rin tutadi. Shuning uchun ham O’zbekiston davlat mustaqilligini qo’lga kiritgandan so’ng arxiv ishi sohasida xorijoiy mamlakatlar bilan aloqalar o’rnatishda intildi. Birinchi galda MDX mamlakatlari bilan arxiv ishi sohasida hamkorlik qilish yo’lga qo’yildi2.
Sobiq sovet respublikalarining arxiv ishi sohasidagi hamkorligini rivojlantirishda ularning arxiv xizmati idora rahbarlari hamda MDX davlatlari arxivchilar jamiyati boshliqlarning uchrashuvlari katta ahamiyatga ega bo’ldi. Bunday uchrashuvlar muntazam ravishda Minsk (1992 yil, aprel), Moskva (1992-yil, iyul; 1993-yil, oktabr), Kiyev (1994-yil, noyabr) va boshqa shaharlarda bo’lib o’tdi.Uchrashuvlarda mustaqil davlatlarda arxiv ishining holati to’g’risida axborot almashish borasida, fuqarolarning ijtimoiy-huquqiy talablarini qondirish va ilmiy tadqiqotlar uchun sharoitlar yaratish borasidagi kelishuvlarni bajarish mexanizmlarini ishlab chiqishga asosiy e’tibor qaratiladi.
Mustaqil Davlatlar Xamdo’stligi doirasida “MDXga a’zo davlatlar arxiv xizmati boshliqlarning davlatlararo maslahat kengashi” tuzildi.Maslahat kengashining asosiy vazifasi etib tuzilmaga a’zo bo’lgan davlatlarning arxiv tashkilotlari o’rtasida hamkorlik aloqalarini yo’lga qo’yish, arxiv hujjatlaridan unumli foydalanishga oid chora-tadbirlarni qo’llab-quvvatlash, soha uchun mutaxassislar tayyorlash va ularning malaka oshirish tizimini rivojlantirish belgilandi.Arxiv muassasalarining faoliyatini takomillashtirishda xalqaro hamkorlik muhim o’rin tutadi.

  • Нигматов П.Н. Информация об итогах поездки представителей архивной службы Узбекистана в США // Бюллетень Архивного управления при Кабинете Министров Республики Узбекистан. 1995. № 14. С. 1-8.

O’zarxiv” agentligi xorijdagi mutasaddi tashkilotlar va idoralar bilan hamkorlik munosabatlarini o’rnatish, ular bilan arxivshunoslik, arxeografiya, ish yuritish, elektron hujjat aylanishi sohasida ilmiy, metodik ishlarni muvofiqlashtirish, xalqaro ilmiy tadqiqotlar natijalarini va ilmiy-texnika yutuqlarini respublika


arxivlari amaliyotiga joriy etish uchun bir qator salmoqli shartnomalar imzoladi va ular asosida tegishli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda*.
O’zbekiston Bosh arxiv boshqarmasining xorijiy arxiv tashkilotlari bilan aloqalari 1994-yildan boshlandi.Shu yilning dekabr oyida boshqarma boshlig’i P.N.Nig’matov YUNESKO tomonidan Malayziyada o’tkazilgan Osiyo-Tinch okeani mintaqasi davlatlari arxiv xizmati rahbarlari uchrashuviga taklif etildi. Uchrashuvda 16 ta davlatning arxiv xizmati rahbarlari ishtirok etdi.Uchrashuvdan so’ng P.N.Nig’matov YUNESKO ning “Jahon xotirasi” dasturining Osiyo-Tinch okeani ekspertlar guruhi yi’g’ilishida ham qatnashdi. Yig’ilishda arxivlarning ahvoli va ularning siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotda tutgan o’rni haqida fikr almashinildi.Shundan keyin O’zbekiston arxivchilar xalqaro uchrashuvlarning doimiy ishtirokchisiga aylandi. 1997-yilning sentabr oyida esa Toshkentda “Jahon xotirasi” dasturi doirasida yozma merosni konservatsiya qilish, saqlash va qo’llab-quvvatlash bo’yicha mintaaviy ushrashuv bo’lib o’tdi.
Xalqaro hamkorlik jarayonida arxiv ishi sohasida xorijiy mamlakatlarning tajribasini o’rganish va undan foydalanishga asosiy e’tibor qaratildi. Masalan, 1995-yilning avgust-sentabr oylarida AQSh axborot agentligining taklifiga binoan O’zbekiston delegatsiyasi “Meridian” xalqaro markazi tomonidan tashkil etilgan “Milliy arxivlarni saqlash” dasturida qatnashdilar. Dastur maxsus Qozog’iston, O’zbekiston va Qirg’iziston arxivchilari uchun ishlab chiqilgan bo’lib, unda AQShda arxiv ishi sohasida to’plangan tajribani o’rganish asosiy vazifa qilib qo’yilgan edi.

  • Arxivlar // O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 1- jild. –T., 2000.

Shuningdek, O’zbekiston vakillari Vashingtonda har yili o’tkaziladigan “Urush, arxivlar va millatlar” huquqining o’zaro tan olinishi” mavzusidagi konferensiya ishida ham ishtirok etdilar.
O’zarxiv” agentligi 2003-yil 6-iyunda Amerikaning Xolokost xotiraga kengashi va Vashingtondagi Xolokost xotira muzeyi bilan ikki tomonlama hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladi.
O’zbekistonning milliy va davlat arxivlarida Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan shaxslar taqdiri bilan bog’liq hujjatlar mavjud. Ushbu hujjatlardan samarali foydalanish maqsadida “O’zarxiv” agentligi va Xolokost xotiraga muzeyi o’rtasida imzolangan shartnomada Ikkinchi jahon urushi davrida O’zbekiston Respublikasi hududiga evakuatsiya qilingan taqdiriga aloqador ma’lumotlarni o’z ichiga olgan fondlardan foydalanish maqsadida ochiq arxiv hujjatlarini katolaglashtirish, ularga ularni raqamlashtirish sohasida hamkorlik qilishga kelishib olishdi.
Xolokost muzeyi “O’zarxiv” agentligiga o’z fondlarida saqlanayotgan O’zbekiston tarixi bilan bog’liq hujjatlarning nusxalarini taqdim etishi, O’zbekistonlik arxivchilar va tadqiqotchilarga internet tarmog’i orqali ma’lumotlar katalogi hamda arxiv hujjatlari bilan tanishishga imkoniyat yaratish kabi vazifalarini o’z zimmasiga oldi*.
Shartnoma binoan, O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi xodimlari Ikkinchi jahon urushi yillarida Respublikamizga yaxudiylarning ko’chirilishi bilan bo’gliq hujjatlarni topish va tavsiflash bo’yicha talay ishlarni malaga oshirdilar. O’zbekiston arxivlarida olib borilgan bu ishlarni Xolokost xotiraga kengashi moliyalashtirdi.

  • Муродов Ж. О командировке в Грецию // Бюллетень Архивного управления при Кабинете Министров Республики Узбекистан. 2009. № 40. С. 30-32.


O’zbekiston arxivlarining jahon arxiv hamjamiyatiga integratsiyalashuvi yo’lida keyingi qadam 2009- yilning may oyida “O’zarxiv” agentligining “A” kategoriyasi bo’yicha Xalqaro arxivlar kengashiga a’zo bo’lib kirishi bo’ldi. Xalqaro arxiv Kengashi 11 ta bo’lim va 9 ta seksiyadan iborat.
O’zbekiston vakillari aksariyat MDX davlatlari arxiv boshqaruv organlari a’zo bo’lgan EURASICA bo’limi ishida ishtirok etmoqda. Agentlik Xalqaro arxivlar kengashi ICA-ning rasmiy a’zo bo’lib, har 4 yilda Kengash kongresslarida va har yili EURASICA yig’ilishlarida ishtirok etib kelmoqda.Agentlikning Kengashga a’zoligi Respublikamizning arxiv mutaxassislarini arxiv ishi va ish yuritish sohasidagi global va lokal muammolarni bartaraf etishga, shuningdek, Respublikamizdan tashqaridagi arxiv hujjatlarining elektron yoki asl nusxalarini aniqlash va qaytarish bo’yicha masalalarni hal etishga qaratilgan xalqaro konferensiyalarda, davra suhbatlarda faol ishtirokini ta’minlab kelmoqda*.
2016-yilda O’zbekiston delegatsiyasi Seul shahrida o’tkazilgan Xalqaro arxiv kengashining XVIII kongressida qatnashdi. Kongraess maydonchasida 2016- yil 17-avgustda Koreya Milliy arxivi va O’zarxiv“ agentligi o’rtasida hamkorlik to’g’risida memorandum imzolandi.Mazkur memorandumda taraflar arxiv ishi sohasidagi normativ-huquqiy hujjatlar, arxivshunoslik, arxeografiya va hujjatshunoslik masalalari bo’yicha adabiyotlar, shuningdek, arxiv hujjatlarinnashrlarining o’zaro almashinuvi haqida kelishib oldilar.Shuningdek, arxiv ishi sohasida ekspertlar va mutaxassislar bilan o’zaro almanishuv, har yili 5 nafar O’zbekistonlik arxivchilarning Koreya Respublikasida “Arxivlar va hujjatlarni yuritish” mavzusida o’tkaziladigan qisqa muddatli trening-kurslar ishtirok etishi, O’zbekiston Respublikasi va Koreya Respublikasi tadqiqotchilari uchun ikki davlat arxivlarida saqlanayotgan hujjatlardan foydalanish uchun sharoitlar yaratish, O’zbekiston va Koreya xalqalari tarixi va madaniyati haqidagi ma’lumotlarni o’z ichiga olgan hujjatlar bilan o’z milliy arxiv fondlarini to’ldirish maqsadida taraflar bir-birlariga ularni aniqlash va nusxalarini taqdim etishga kelishib oldilar.
2010-2013-yillarda O’zbekiston Respublikasi Markaziy davlat arxivi “The Archives Talk: Writing the Sotsial Historie of Pre-Soviet Central Asia ” (“Arxivlar ovozi: O’rta Osiyoning sovet davridan oldingi tarixi lavhalari”) dasturida ishtirok etdi.Ushbu dasturni amalga oshirishda arxiv O’z FA Tarix instituti, Martin Lyuter nomidagi universitetning Sharqshunoslik (Germaniya) bilan hamkorlik qildi. Dastur Folksvagen jamg’armasining moliyaviy ko’magi bilan amalga oshirildi*.


  • Usmonov A. O’zbekistonda arxiv ishining istiqbollari // Infolib: Axborot-kutubxona axborotnomasi. 2017.

  • Манбалар ва адабийотлар

  • Исакова М.С. Интеграция архивов Узбекистана в мировое архивное сообщество в постсоветский период // Отечественные архивы. 2018. № 6. С. 48-54.

  • Махкамов А.В. Сотрудничество архивистов Узбекистана и Турции // Отечественные архивы. 2018. № 6. С. 48-54.


Yüklə 34,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin