O\'zbekiston Respublikasining arxiv sohasida xalqaro hamkorligi docx
O’zbekistonning xorijiy davlat arxivlari bilan o’zaro aloqasi “O’zarxiv” agentligi 2003-yilning 21- may kuni “Rosarxiv” agentligi bilan ikki tomonlama hamkorlik to’g’risida shartnoma imzoladi.Tuzilgan shartnomada Rossiya va O’zbekiston davlat arxiv fondlarini ikki davlat tarixiga doir muhim hujjatlarning ko’chirma nusxalari bilan to’ldirish nazarda tutilgan edi. Natijada faqat 2010-2011-yillarda O’zbekistonga 2 ming donadan ziyod tasdiqlangan arxiv hujjatlarini va 10 ming donalar ortiq Respublikaning davlat chegaralarining o’rnatilishiga oid kartografik materiallarning nusxalari olib kelindi. Bundan tashqari, Rossiyaning kinofotofono hujjatlar federal arxivi fondlarida O’zbekistonning XIX asrning oxiri-XX asrning boshlaridagi tarixiga oid 204 dona kinohujjat, 1306 dona fotohujjat va 2617 dona fonohujjatlar borligi aniqlandi*. Mazkur bitim har ikki davlat o’rtasida ularni qiziqtirgan hujjatlaralmashinuvini yo’lga qo’yish imkoniyatini berdi. Bitim doirasida Respublikamiz arxivlariga har yili O’zbekiston tarixiga oid Rossiya arxivlarida saqlanuvchi arxiv hujjatlarining nusxalari kelib tushadi.Shu bilan birga har yili ikki davlatda tashkil etilayotgan arxiv hujjatlari ko’rgazmalarida ular o’zlarining hujjatlarini namoyish etadilar.Oradan 5 yil o’tgach, Ikkinchi jahon urushida qozonilgan g’alabaning 75 yilligi munosabati bilan Rossiya Federatsiyasining Yekaterinburg shahridagi tashkil etilgan (“Россия: Моя история”)(“Rossiiya: Mening tarixim”) multimedia parkida Xalqaro ko’rgazmada O’zbekiston kinofotofono hujjatlar milliy arxivida saqlanayotgan arxiv materiallaridan foydalanildi. 2006-yildan boshlab 30 dan ortiq O’zbekistonlik davlat arxivlari xodimlari Rossiya hujjatshunoslik va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot institutida malaka oshirdilar. Ular hujjatlarni saqlash, elektron arxivlar bilan ishlash, o’chib Махкамов А.В. Сотрудничество архивистов Узбекистана и Турции // Отечественные архивы. 2018. № 6. С. 48-54. ketayotgan matn va tasvirlarni tiklash, zamonaviy arxiv ma’lumotnomalarini tuzish bo’yicha o’z bilimlarini oshirdilar. 2020-yilda RossiyaFederatsiyasi Pensiya jamg’armasi bilan hujjatlarni o’zaro elektron almashish bo’yicha shartnoma imzolandi. Bu ikki davlat o’rtasida hamkorlik aloqalari yaxshi samara berayotganligidan dalolat beradi. 2007-yilda “O’zarxiv” agentligi Qozog’iston Respublikasi madaniyat va axborot vazirligi bilan arxiv ishi soxasida hamkorlik qilish to’g’risida shartnoma imzolandi. Har ikki tomondan arxiv ishi soxasiga doir ma’yoriy-huquqiy hujjatlar, arxivshunoslik va hujjatshunoslikka oid yangi adabiyotlar hamda e’lon qilingan arxiv hujjatlarini ayirboshlash haqida kelishib oldilar*. 2009-yilning oktabr oyida Ukraina davlat arxivkomiteti va “O’zarxiv” agentligi o’rtasida hamkorlik to’g’risida shartnoma imzolandi. Shartnomada ikki davlat arxiv muassasalari o’rtasida aloqalarni yo’lga qo’yish, tajriba almashish va hujjatli merosdan foydalanish bobida hamkorlik qilish nazarda tutildi. 2006-yil 31-oktabrida O’zbekiston Respublikasi va Gretsiya Respublikasi hukumatlari o’rtasida arxiv ishi sohasida hamkorlik qilish to’g’risida memorandum imzolandi. Unda O’zbekistonlik hujjatlarni restavratsiya qiluvchi mutaxasislarning Gretsiyada stajirovka o’tishini yo’lga qo’yish, matni o’chib borayotgan hujjatlarni tiklash, arxiv hujjatlarini raqamlashtirish kabi vazifalar belgilangan edi. Memorandumda birgalikda arxiv ishiga bag’ishlangan ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va o’quv kurslar tashkil etish nazarda tutilgan edi. “O’zarxiv” vakili J.Murodov Gretsiyaning din ishlari va milliy ta’lim vazirligi hamda Arxiv va kutubxonalar Bosh kengashi tomonidan ishlab chiqilgan dasturda ishtirok etdi. Dastur qatnashchilariga Gretsiyadagi davlat va nodavlat arxivlarining ahvoli, arxiv va kutubxonalar uchun kadrlar tayyorlash masalasiga bag’ishlangan seminar-treninglar tashkil etildi.
Arxivlar // O’zbekiston Milliy Ensiklopediyasi. 1- jild. –T., 2000.
Shuningdek, qatnashchilar hujjatlarni raqamlashtirish va ularning elektron bazasi va elektron kataloglar tuzish jarayoni bilan tanishdilar.Yana bir xalqaro loyiha arxiv ishini modernizatsiya qilishga qaratildi. Ushbu loyihaning boshlanishiga Respublika Prezidentining 2008-yil 21-avgustda qabul qilingan”O’zbekiston Respublikasi markaziy davlat arxivlarini rekonstruksiya qilish va ularni Koreya Respublikasi hukumati grantini jalb etgan holda texnik jihatdan modernizatsiyalash to’g’risida ”gi Qaroridan boshlandi. Qarorga binoan “O’zbekiston markaziy davlat arxivlarini axborotlashtirish” deb nomlangan loyiha ishlab chiqildi. Loyihada ikki davlat o’rtasida axborot texnologiyalar sohasidagi davlatlararo hamkorlikni rivojlantirish, O’zbekistondagi 3 ta markaziy davlat arxivlarining moddiy-texnikaviy bazasini mustahkamlash, ularni arxiv materiallarini raqamlashtiruvchi jihozlar bilan ta’minlash, elektron arxiv fondlarini yaratish ko’zda tutilgan edi. Ushbu loyihani amalga oshirish uchun Koreya Respublikasining hukumati 2008-2009-yillarda 3 mln AQSh dollari miqdorida grant ajratdi. Loyiha doirasida markaziy davlat arxivlari zamonaviy kompyuterlar, qog’oz va audiovizual hujjatlar uchun mo’ljallangan skanerlar (jami 50 dona), 3 ta “Huyndai starex” rusumli mikroavtobus bilan ta’minlandi, arxiv saqlovxonalarida zamonaviy konditsionerlar o’rnatildi. Arxiv hujjatlarini avtomatlashtirish bo’yicha Koreyada to’plangan tajriba va bu yerda joriy etilgan “ERAMS” dasturi (“Elektron record archive management system”) bilan tanishtirish maqsqdidaSeuldagi Axborot-resurs markazida tizimli administratorlar, operatorlar va raqamlashtirish bo’yicha mutaxassislar uchun seminar-trening o’tkazildi, arxiv rahbarlari uchun alohida stajirovka tashkil etildi.Afsuski, koreys mutaxassislari tomonidan ishlab chiqilgan va o’rnatilgan arxivlarni boshqarish tizimi texnik jihatdan poyoniga yetkizilmadi. Tizimdagi doimiy uzilishlar va ushbu dasturga jalb qilingan kadrlarning qo’nimsizligi bois arxiv hujjatlarining avtomatik qidiruv tizimi kutilgan natijani bermadi*. Usmonov A. O’zbekistonda arxiv ishining istiqbollari // Infolib: Axborot-kutubxona axborotnomasi. 2017 2014-yilda “O’zarxiv” agentligi va Turkiyaning hamkorlik va taraqqiyot agentligi (TISA) o’rtasida tuzilgan bitimga binoan arxiv hujjatlarini restovratsiya qilish texnikasi va jarayonini takomillashtirishga qaratilgan xalqaro loyihani amalga oshirish rejalashtirildi.Shu maqsadda 15-25-iyunda O’zbekiston arxivchilari delegatsiyasi Turkiyaga tashrif buyurdi.Tashrif davomida O’zbekistonlik mutaxasislar uchun Usmoniylar davlat arxivida o’quv va amaliy mashg’ulotlar tashkil etish, shuningdek, O’zR MDA da saqlanayotgan vaqf hujjatlarini restovratsiya qilish va raqamlashtirish uchun zamonaviy texnikaviy jihozlar sotib olishga kelishib olindi. Ammo TISA rahbariyatining almashganligi bois keyingi vazifa amalga oshmay qoldi. Keyinchalik Turkiya bilan arxiv ishi borasida hamkorlik qilish borasida yangi hujjatlar imzolandi. Jumladan, 2015-yil 14-fevralda Turkiya Jumhuriyati Bosh vaziri devoni huzuridagi Turkiya Xamkorlik va muvofiqlashtirish agentligining O’zbekistondagi vakolatxonasi rahbari bilan o’tkazilgan uchrashuv bayonnomasida, 2018-yil 30-aprelda imzolangan Turkiya Respublikasi Bosh Vaziri devoni huzuridagi davlat arxivlari Bosh direksiyasi va “O’zarxiv” agentligi o’rtasida arxivlar sohasida hamkorlik to’g’risidagi bayonnomada, shuningdek , Agentlik bilan Bosh direksiya o’rtasida imzolangan madaniy-gumanitar hamkorlikni yanada rivojlantirish bo’yicha kelishuvda nazarda tutilgan vazifalarni amalga oshirish maqsadida 2019-yil 11-martda amaliy harakatlar rejasi qabul qilindi. Ushbu rejaga muvofiq, ikki davlat o’rtasida 100 dan ortiq arxiv hujjatlari o’zaro almashinildi*. 2006-yildan boshlab 30 dan ortiq O’zbekistonlik davlat arxivlari xodimlari Rossiya hujjatshunoslik va arxiv ishi ilmiy-tadqiqot institutida malaka oshirdilar. Ular hujjatlarni saqlash, elektron arxivlar bilan ishlash, o’chib ketayotgan matn va tasvirlarni tiklash, zamonaviy arxiv ma’lumotnomalarini tuzish bo’yicha o’z bilimlarini oshirdilar.
Муродов Ж. О командировке в Грецию // Бюллетень Архивного управления при Кабинете Министров Республики Узбекистан. 2009. № 40. С. 30-32.
Shuningdek, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 2- aprelidagi “O’zbekiston Respublikasi va Birlashgan Arab Amirliklari o’rtasida ikki tomonlama hamkorlikni yanada mustahkamlash va kengaytirish chora-tadbirlari to’g’risida” gi PQ-4256-son Qarori bilan tasdiqlangan Yo’l xaritasining tegishli bandida davlat arxivlarini zamonaviy uskunalar bilan ta’minlash maqsadida O’zarxiv” agentligi va BAA Milliy arxivi o’rtasida o’zaro Anglashinuv memorandumi” imzolandi.
Xulosa Men xulosa o’rnida shuni aytishim mumkunki, Mustaqillikning dastlabki yillaridayoq Arxiv ishi sohasiga qaratilgan e’tibordan bilinib turibdiki bu sohani qanchalik muhimligi nafaqat ijtimoiy hayotda balki madaniy, siyosiy, xalqaro va harbiy sohalarda juda e’tiborga molikliligi bilan ajralib turadi.Shuning uchun ham Mustaqillikning dastlabki yillaridanoq bu sohaning huquqiy asoslari yaratildi va doimiy takomillashib bormoqdadir.Ammo kadrlar masalasida anchagina kamchiliklar bo’lganligi Xalqaro dasturlarning ham amalga oshmay qolganligidan ko’rinib turibdi. Shuning uchun ham kadrlar masalasiga katta e’tibor qaratilmoqda buning dalili sifatida 2020-yilda Farg’ona Davlat Universitetida ham Arxivshunoslik yo’nalishining yo’lga qo’yilishini bilishimiz mumkindir.