III bob. Sinf rahbarlarining huquq va majburiyatlari Sinf rahbarlari ushbu yo„riqnomada belgilangan vazifalami amalga oshirishda quyidagi
huquqlarga ega:
sinf o‟quvchilarining dars mashg„ulotlari va imtihonlarida ishtirok etish;
bo„sh o„zlashtiruvchi o„quvchilar uchun qo„shimcha darslar tashkil etish bo„yicha ta‟lim
muassasasi rahbariyatiga taklif kiritish;
o„quvchilar tarbiyasiga oid ilg„or ish tajribalarini amalga oshirish bo‟yicha ta‟lim muassasasi
rahbariyatiga tashabbus bilan chiqish;
sinf faollari ishini nazorat qilish, ular bilan birgalikda yig„ilish kun tartibini belgilash va sinf
yig„ilishlarini uyushtirish;
o„qishda yutuqlarga erishgan, umumiy foydali mehnatda, maktab hayoti va jamoatchilik ishlarida
faol cfquvchilami taqdirlashga tavsiya etish;
sinf soatlarini rejalashtirishda o„quvchilar yosh xususiyatlaridan kelib chiqib tanlangan
mavzularga cfzgartirishlar kiritish;
sinf soatlari mavzularining ta‟sirchanligini oshirish uchun maktab psixologi bilan yaqindan
hamkorlik qilish, zarur holatlarda dars jarayoniga maktab psixologini taklif qilish;
o„quvchilaming ota-onalari bilan ta‟lim-tarbiya masalalari yuzasidan suhbatlashish, hamkorlik
qilish, pedagogik maslahatlar berish;
o„quvchilar xulqini baholash;
hamkorlikda olib boriladigan tadbirlarda muntazam qatnashmaydigan, farzandi tarbiyasiga
e‟tiborsiz ota-onalar bo„yicha maktab kuzatuv kengashiga, “Oila-mahalla- ta‟lim muassasasi
hamkorligi” Jamoat kengashiga murojaat qilish.
Sinf rahbarlari o„z vazifa va majburiyatlarini bajarishda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa
huquqlarga ham ega bodishi mumkin.
Sinf rahbarlarining majburiyatlari quyidagilardan iborat:
sinf o„quvchilarining davomatini nazorat qilish, sababsiz darsga kelmagan o„quvchilaming ota-
onalari bilan (telefon orqali) bogManib, darsga kelmaganlik sabablarini o„rganish, natijalari
bo„yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur hollarda yozma) kiritish;
“O„zbekiston Respublikasi ta‟lim muassasalarida mobil telefonlardan foydalanish tartibi
to„g„risidagi nizom”, “Umumiy o„rta ta‟lim maktabi o„qituvchi va o„quvchilarining ichki tartib
va odob-axloq qoidalari” hamda “Davlat umumiy o„rta ta‟lim muassasalari o„quvchilari uchun
zamonaviy yagona maktab formasini joriy etish tartibi to„g„risidagi nizom” mazmun-mohiyatini
va talablarini sinf o„quvchilari va ularning ota-onalariga yetkazish;
o„quvchining xulqi, xatti-harakatlarida o„zgarishlar aniqlasa, ularning
ota-onalariga
xabar berish, hamkorlikda ish olib borish, natijalari bo„yicha maktab rahbariyatiga axborot (zarur
hollarda yozma) kiritish;
amaldagi qonunchilik hujjatlariga ko„ra, farzand tarbiyasida ota-onaning mas‟uliyati, majburiyati
va javobgarligi to„g„risida o„quvchilaming ota-onalari o„rtasida tushuntirish ishlarini olib borish;
pedagogik jamoa, o„quvchilar, ularning ota-onalari bilan muloqotda vazmin va xushmuomala
bo‟lish;
o„zining ijtimoiy-siyosiy, huquqiy bilimlarini oshirib borish.