taʼlim muassasasiga mashgʻulotlar boshlanishidan 10-15 daqiqa oldin, maktab ustavida belgilangan
oʻquvchilar libosida kelish;
toza va orasta kiyinish, sochlarni ozoda va tartibga keltirgan holda tutish;
taʼlim muassasasining barcha xonalari, zina va yoʻlaklari, shuningdek, sport va faollar zallarini toza
tutish, turli xil chiqindilar tashlamaslik;
chiqindilarni muassasaning binosi va hududidagi maxsus belgilangan idishlarga tashlash;
taʼlim muassasasining mulki (parta, stol, stul, doska, oʻsimliklar, hayvonot dunyosi va hokazolar) va
oʻquv jihozlari (kompyuter texnikasi, laboratoriya jihozlari, sinfxonalardagi stend va bannerlar)ga zarar
yetkazmaslik;
oʻzidan kichiklarga nisbatan izzatda boʻlish, kattalarga esa hurmat koʻrsatish;
oʻqituvchilar va taʼlim muassasasiga kelgan mehmonlar bilan uchrashganda salom berish;
taʼlim muassasasi yoʻlaklarida tinchlikni saqlash.
b) dars mashgʻulotlarida:
tegishli darslik va zarur oʻquv qurollari bilan ishtirok etish;
darslarda oʻquv jarayoni bilan bogʻliq boʻlmagan boshqa ishlarga chalgʻimaslik;
oʻqituvchiga murojaat qilmoqchi yoki savoliga javob bermoqchi boʻlganda qoʻlini koʻtarib
ruxsat
soʻrash;
sanitariya-gigiyena va texnika xavfsizlik qoidalariga toʻliq amal qilish.
d) tanaffusda:
oʻz oʻqish joyini toza
saqlash va tartibga keltirish; navbatdagi dars boʻladigan sinf xonasiga oʻz
vaqtida oʻtish;
fan oʻqituvchisining koʻrsatmasi boʻyicha sinfni kelgusi darsga tayyorlash.
e) taʼlim muassasasining oshxonasida:
ovqatlanishdan oldin va keyin qoʻllarini yuvish;
umumiy ovqatlanish joylarida belgilangan tartib qoidalarga rioya qilish;
taomlarni olishda navbatga turish va imkoni boricha ijtimoiy masofani saqlash;
pedagoglar, oʻzidan kichiklarga va qizlarga hurmat koʻrsatish;
ovqatlanish vaqtida shovqin solmaslik;
ovqat va ichimliklarni oshxonaning oʻzida isteʼmol qilish;
ovqatlangandan soʻng idishlarni yigʻishtirib qoʻyish.
f) taʼlim muassasasining kutubxonasida:
kutubxona xodimlari bilan xushmuomalada boʻlish;
kitoblar va jihozlarga ehtiyotkorona munosabatda boʻlish;
kitoblarni olish va topshirish tartib-qoidalariga rioya qilish.
g) sport zali (majmuasi)da:
sport zaliga xos boʻlgan kiyim va poyabzalda kirish;
sport inventarlaridan oqilona va samarali foydalanish;
mashgʻulotlardan keyin sport inventarlarini belgilangan joylarga qayta topshirish;
sport majmuasining belgilangan tartib-qoidalariga toʻliq rioya qilish.
Dostları ilə paylaş: