9. Taʼlim muassasasi hududida har bir ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari
hamda tashrif
buyuruvchi boshqa fuqarolar shaxsiy mobil aloqa vositalarini ovozsiz holatga keltirishlari, ta‟lim
muassasalarida ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda (maktab foyesi, ma‟naviyat xonasi, sinf
xonalari va boshqa qulflanadigan joylarda) qulfli qutilar tashkil etilishi, ta‟lim muassasasining binosiga
kirilganda mobil aloqa vositalarini topshirish va dars jarayonlari tugagandan so„ng qabul qilib olish
tartibini yo„lga qo„yish tavsiya etiladi.
Ta‟lim muassasasida pedagog va texnik xodimlar hamda tashrif buyuruvchi boshqa shaxslar
tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya 5 etilishini maktab rahbariyati, o„quvchilar
tomonidan mobil telefondan foydalanish qoidalariga rioya etilishini barcha pedagoglar, jumladan sinf
rahbarlari shaxsan nazorat qiladi.
Oʻqituvchi tomonidan ogohlantirilishiga qaramay dars jarayonida telefondan foydalanish holatlari
davom etganda fan o„qituvchisi, sinf rahbari, direktor o„rinbosari, psixolog (inspektor-psixolog)
ishtirokida oʻquvchining telefoni (smartfon, planshet va boshqa qurilmalar) olib qoʻyiladi
va holat
yuzasidan maktab direktori hamda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari
ogohlantiriladi. Maktabning “Oila-mahalla-ta‟lim muassasasi” hamkorligi Jamoat kengashi va kuzatuv
kengashi a‟zolari ishtirokida holat muhokama etilib, tegishli tushuntirishlar olib borilganidan soʻng
mobil aloqa vositalari oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillariga qaytarib beriladi.
Shunday holat oʻquv yili davomida bir o„quvchi tomonidan ikki va undan ortiq marotaba
takrorlanganda oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari Oʻzbekiston Respublikasining
Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksining tegishli moddasi asosida maʼmuriy javobgarlikka
tortiladi, oʻquvchi ichki ishlar organlarining profilaktik roʻyxatiga olinadi.
10. Ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilari taʼlim muassasasida quyidagilarga amal qilishlari
lozim:
pedagog shaʼni va qadr-qimmatini hurmat qilishlari;
oʻzaro munosabatlarda
yagona jamoa sifatida hurmat, doʻstlik, hamjihatlik, halollik va adolat
tamoyillariga rioya etishlari;
turli xil zoʻravonlik va kamsituvchi (bulling) xatti-harakatlariga yoʻl qoʻymaslik;
pedagog va oʻquvchilar tasdiqlangan mashgʻulotlar jadvali asosida ishga va darsga oʻz vaqtida
kelishlari;
taʼlim muassasasining hududi va yoʻlaklarida tartib bilan yurishlari;
bir-biri bilan salomlashishlari, bunda, oʻquvchilar pedagoglarga, kichik yoshdagilar katta
yoshdagilarga birinchi boʻlib salom berishlari (ushbu holatlarda qoʻl berib soʻrashish istisno boʻlib,
yoshi katta shaxslar yoki xotin-qizlar birinchi boʻlib qoʻl uzatganidan keyingina ularga javoban qoʻl
uzatishlari tavsiya etiladi);
pedagog va texnik xodimlardan ish vaqtida kasb etikasi hamda maktabning ustavi bilan
tasdiqlangan talablarga koʻra kiyinishlari;
kiyimlarning oʻta tor yoki oʻta keng bichimda boʻlmasligi;
kiyimlarning toza va dazmollangan boʻlishi.
Taʼlim muassasa ustavida ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining
mehnat faoliyati davomida
kiyinish madaniyatiga boʻlgan talablar aks ettirilmagan boʻlsa, quyidagilar namunaviy talab sifatida
tavsiya etiladi:
erkaklar mavsumga qarab – klassik uslubdagi shim, kostyum-shim (imkon qadar qora, toʻq koʻk
rangdagi), koʻylak (oq, havorang va shu kabi), boʻyinbogʻ, poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya
etiladi) kiyishi;
ayollar mavsumga qarab – klassik uslubdagi yubka, kostyum-yubka (imkon qadar qora, toʻq koʻk
rangdagi), havo haroratiga qarab klassik uslubdagi shim 6 (imkon qadar qora, toʻq koʻk rangdagi),
tanani ochiq koʻrsatib turmaydigan yupqa (harir) boʻlmagan kofta (oq, havorang va shu kabi), koʻylak,
past poshnali yoki poshnasiz poyabzal (qora rangda boʻlishi tavsiya etiladi) kiyishi;
(Taʼlim muassasa Ustavi bilan taʼlim muassasasi rahbariyati va pedagog xodimlari formasining
rangi va qoʻshimcha belgilariga oʻzgartirishlar kiritilishi mumkin).
umumeʼtirof etilgan milliy-anʼanaviy shakllarga va maʼnaviy-axloqiy tarbiyaga zid keladigan yoki
sport (dars jarayonida maxsus yoki sport kiyimida jismoniy tarbiya va chaqiriqqa qadar boshlangʻich
tayyorgarlik fanlari oʻqituvchilarining yurishiga ruxsat beriladi, shuningdek, taʼlim muassasasi hududida
oʻtkaziladigan turli sport va koʻngilochar tadbirlar bundan mustasno) kiyimlarida boʻlmasligi lozim.
Shuningdek, ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining tashqi koʻrinishi boʻyicha quyidagi
talablar belgilanadi:
tanasining ochiq qismiga tatuirovka tushirilmagan yoki pirsing qilinmagan boʻlishi, sochi tartibga
keltirilgan va yorqin (gʻayrioddiy) ranglarga boʻyalmagan boʻlishi;
erkaklarning soqoli olingan boʻlishi;
ayollar quloq va barmoqlardan tashqari tananing turli qismlariga zirak yoki metall buyumlar taqib
yurmasligi;
oʻz faoliyatida manfaatlar toʻqnashuviga sabab boʻladigan holatlarga yoʻl qoʻymasliklari;
pedagoglar oʻzining pedagogik va psixologik sohadagi bilim va ko„nikmalarini doim
takomillashtirib borishi, shu bilan birga malakasini hamda professionallik darajasini oshirishga koʻmak
beradigan tadbirlarda muntazam ishtirok etishi;
pedagoglar huquqiy ong va huquqiy madaniyatni shakllantirishga qaratilgan Oʻzbekiston
Respublikasi
Qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni va qarorlari, Oʻzbekiston
Respublikasi Hukumatining qarorlari va boshqa normativ-huquqiy hujjatlari bilan tanishib borishi,
ularga ogʻishmasdan amal qilishi, mavjud barcha standartlar, bayonlar, tavsiyalardan xabardor boʻlishi
lozim.
11. Taʼlim muassasasi hududida ta‟lim-tarbiya jarayoni ishtirokchilarining munosabatlari oʻzaro
hurmat va xushmuomalalik tamoyillariga asoslanishi lozim, biror bir taraf tomonidan boshqasining
shaxsiyatiga zoʻravonlikni (bulling) aks ettiruvchi va kamsituvchi (diskriminatsiya) xatti-harakatlarning
sodir etilishiga yoʻl qoʻyilmaydi;
oʻquvchining ota-onasi yoki boshqa qonuniy vakillari taʼlim muassasasidagi dars jarayoniga
aralashishi mumkin emas, tomonlar oʻrtasida yuzaga keladigan bahsli vaziyatlar faqatgina muassasa
rahbariyati (direktor va uning oʻrinbosarlari) hamda muassasa psixologi bilan
dars jarayoniga xalaqit
bermagan holatda hal etiladi;
tomonlar bahsli vaziyatlar yuzasidan kelishuvga erishmagan holatlarda oʻzini oʻzi boshqarish
organlari vakili va taʼlim muassasasiga biriktirilgan ichki ishlar organlarining inspektor-psixologiga
murojaat etiladi;
taʼlim muassasasi oʻquvchi manfaatlari yoʻlida barcha maʼlumotni oʻquvchining ota-onasi yoki
boshqa qonuniy vakillariga yetkazadi;
pedagog taʼlim muassasasi, oila va jamiyat oʻrtasidagi munosabatlarda pozitiv va faolligini
namoyish etishi lozim.
12. Pedagoglar dars mashgʻulotlari boshlanganidan soʻng besh daqiqa ichida oʻquvchilarning
davomatini aniqlash, surunkali va muntazam dars qoldirayotgan oʻquvchilar haqida muassasa
rahbariyatiga yozma ravishda ma‟lumot taqdim etishi talab etiladi.
Dostları ilə paylaş: