Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Ekosistemalar ta’limoti. Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə12/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Ekosistemalar ta’limoti. Ekotizimlarning xilma-xilligi va ularning tuzilishi.

Bir-biri bilan va atrof-muhit bilan o‘zaro munosabatda bo'lgan or- ganizmlarning populatsiyalari ekologik sistemalar (ekosistemalar) yoki bio-geotsenozlar deb ataladi. Boshqacha qilib aytganda, biogeotsenoz — bir- biriga bog’liq biotik va abiotik tarkibiy qismlardan iborat kompleks joylash- gan yer yuzasining bir qismidir. Biogeotsenoz tabiatdagi eng murakkab sistemalardan biri. Avtotrof organizmlar (fotosintezlovchi yashil o‘simliklar va kimyosintezlovchi mikroorganizmlar) hamda geterotrof organizmlar (hay- vonlar, zamburug‘lar, ko'pgina bakteriyalar, viruslar) biogeotsenozning tirik komponentlariga, atmosferaning yerga yaqin qatlami, undagi gaz va issiqlik resurslari, quyosh energiyasi, tuproq va uning suv mineral resursiari esa jonsiz komponentlarga kiradi.


Ekosistemalar tabiiy va sun’iy bo'ladi. Tabiiy ekosistemalarga o'rmonlar, o'tloqlar, tundra mintaqasi, dasht, cho‘l, tog* mintaqalari, ko‘l, dengiz va okean suvlari, daryo, adir, to‘qay ekosistemalari misol bo‘la oladi.
Ekosistemaning mahsuldorligi u yoki bu ekosistema orqali o'tadigan energiya oqimiga bog'liqdir. Quyosh energiyasi ekosistemadagi dastlabki mahsulotlarni hosil qiluvchi biotik komponentlar tomonidan o'zlashtiriladi. Dastlabki hosil qiluvchilar tomonidan organik modda sifatida to'playdigan energiya tezligi biriamchi mahsulot deb ataladi. Bu eng muhim parametr bo'lib ekosistemadagi biomassa miqdori shunga bog'liq bo'ladi.
Ma’lumki, o'simliklarga tushadigan quyosh energiyasi har xil miqdorda bo'ladi.
Produtsentlar, konsumentlar, redutsentlar – ekotizimlarning funksional birliklari.

Har yili yerda fotosintezlovchi organizmlar 140 mlrd tonnaga yaqin organik moddalarni sintezlaydi. (T.A.Akimova, V.M.Xaskin, 1998) Geologik davr (1 mlrd yil) davomida organik moddalar parchalanishiga ko‘ra sintezlanishi qo'proq bo'lishi natijasida atmosferada CO2 miqdori kamayib 02 miqdorining tobora ortib borishiga sabab bo'lgan.


Produtsentlar avtotrof organizm bo'lib, qumqlikdagi va suvdagi yashil o'simliklardan tashkil topgan. Tayyorlangan organik moddalarning bir qismi konsumentlar (o'txo'r hayvonlar) tomonidan iste’mol qilinadi, keyingilari esa o'z navbatida go'shtxo'r hayvonlar va odamlar uchun oziq hisoblanadi.
Redutsentlar ham geterotroflar hisoblanib, ular asosan mikroorga- nizmlardan tashkil topgan. Ulac ishtirokida hayvon va o'simliklarning qoldiqlari (o'lik tanasi) parchalanib organik moddalarga aylanadi, organik moddalarni oddiy anorganik moddalargacha parchalaydi. Organik moddalarning ko'p qismi darhol parchalanmaydi, yog'och, tuproqning organik qismi, suvdagi cho'kmalar sifatida saqlanadi. Keyingi yillarda texnika va sanoatning jadal rivojlanishi natijasida bu jarayonning aksi ro‘y berish xavfi paydo boimoqda. Bu hodisa sayyora iqlimining o‘zgarishiga olib kelishi mumkin.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin