Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Amaliy ekologiya. Zamonaviy ekologik muammolar



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə14/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Amaliy ekologiya. Zamonaviy ekologik muammolar.
Hozirgi kunda umumiy ekologik xarakterga ega bo'lgan va yechimini hal qilishini talab etadigan muammolarga barqaror rivojlanish konsepsiyalari, ekologik muammolarga bag'ishlangan xalqaro shartnomalar va shu kabilar kiradi.
Kelgusi avlod qobiliyatini saqlab qolgan holda inson o'z ehtiyojlarini va talablarini qondira oladigan darajada kuzatiladigan rivojlanishni barqaror rivojlanish deyiladi.
«XXI kun tartibi»da barqaror rivojlanishni kelgusida ta’minlaydigan keng ko'lamdagi masalalar ko'zda tutilgan. Ana shunday masalalarga iqlim o'zgarishining oldini olish, cho'llashishga qarshi kurashish, ekologik ta’limni kuchaytirish, turli xil ekologik uyushmalar ishlari va shu kabilar kiradi. Ana shunday ekologik muammolami hal etishda inson faoliyati bilan bogiiq bo'lgan barcha masalalaming muhimliligini nazarda tutmoq zarur. Bu sanoat va qishloq xo'jaligida ishlatiladigan texnologiya, qashslioqlikka qarshi kurashLsh, ehtiyojlar tizimini o'zgartirish doimiy yashaydigan uyjoylami ko'paytirish, har xil toifadagi aholining rolini ko'paytirish va shu kabilar.
Birlashgan millatlar tashkiloti tomonidan yana iqlim o'zgarishining oldini olish, o'rmonlami asrash, biologik turli-tumanlikni muhofaza qilish bo'yicha ham konsepsiyalar qabul qilindi.
Birlashgan millatlar tashkiloti barqaror rivojlanishni e’lon qilib barcha davlatlardan shu konsepsiyalar asosida o'zlarining milliy barqaror rivojlanish konsepsiyalarini qabul qilishini so'ragan va hozirgi kunda ko'pchilik davlatlar, shu jumladan, bizning respublikamizda ham shunday konsepsi yalar qabul qilingan.


Atmosfera xavosi, tarkibi ahamiyati, va muxofaza qilish yo‘llari


Havo — atmosferadagi gazlaming aralashmasi bo'lib, balandlikning o'zgarishiga qaiab uning tarkibi ham o'zgarib turadi. Havo tarkibidagi gazlar orasida kislorod muhim ahamiyatga ega. U organizmlami hosil qiluvchi oqsil, yog', uglevodlar tarkibiga kiradi. Organizmlar hayot kechirishi uchun zarur bo'lgan energiyani oksidlanish hisobiga oladi.
Uglerod (IV) oksidi tabiatda katta ahamiyatga ega bo'lib, u yashil o'simliklarning oziqlanishi uchun zarurdir. Azot elementi havoning tarkibida ko'p bo'lishiga qaramay, uni organizmlar to'g'ridan-to'g'ri o'zlashtira olmaydi. Organizmlar uni faqatgina azot birikmalari holida o'zlashtirishi mumkin. Havoning tarkibidagi sulfit angidrid, azot oksidlari, galogen vodorodlar, ammiak va boshqalar zararli moddalar hisoblanib, uning ifloslanishiga sabab bo'lmoqda. Havodagi ana shunday zaharli moddalarni yutgan o'simlik barglari, hujayralari o'la boshlaydi. Daraxtlaring suv shimish mexanizmi ishdan chiqadi va barglari to'kiladi. Havo tarkibidagi turli xil gazlar miqdorining ortib ketish hollari dunyoning turli nuqtalarida turli darajadadir.
Ifloslangan atmosfera havosining atrof muhitga va inson salomatligi hamda turmush tarziga ta'siri. Sanoat korxonalari va boshqa xo’jalik chiqindilarining tashqi muhitda aylanib yurishi. Sanoat markazlaridagi zaharli tumanlarning inson salomatligiga salbiy ta'siri. Atmosfera havosidagi chang zarrachalarining inson organizmiga zararli ta'siri. Havodagi gaz tarkibining o’zgarishi gigiyenik nuqtai nazardan havfliligii tushunib olishadi.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin