Fakultet kengashi raisi:__________ Ilxomov X.Sh.
Kelishildi: O’quv uslubiy boshqarma boshlig’i
_____________________________________________
2.Nazariy mashg`ulotlar mazmuni
KIRISH
Ushbu dаsturdа ekologiya fanining maqsad va vazifalari, rivojlanish tarixi, ekologik omillar, ularning organizmlarga ta'sir etishining umumiy qonuniyatlari, adaptatsiya jarayoni, yorug’lik, xarorat va namlikning tirik organizmlarga ta'siri, dorivor o’simliklarning ushbu omillarga nisbatan ekologik guruhlarga bo’linishi, moslanishi va suv hayotiy muhitining ekologiyasi, suvning radioaktivligi, quruqlik muhiti abiotik omillarning xususiyatlari, tuproq tabiiy tuzilishining ekologik mohiyati, tuproqni ifloslantiruvchi moddalar manbalari; biosfera tasnifi; tirik moddalar va ularning funktsiyalari; muhofazaga olingan turlar ekologiyasi, populiyatsiyalar, ekotizmlar, biotsenozlar, biosfera xaqidagi ta’limoti, zamonaviy ekologik muammolar, ijtimoiy ekologiya va inson ekologiyasi, bioxilma-xillik, uning muxofazasi, O’zbekistondagi qo’riqxonalar va O’zbekiston “Qizil kitobi”ni o’rganadi.ekologik xafvsizlik, talabalarda ekologik madaniyatni shakllantirish kabi mavzularni o’z ichiga olgan.
O`quv fаnining mаqsаdi vа vаzifаlаri
Fаnni o`qitishdаn mаqsаd-tаlаbаlаrni fаrmаtsiya, kasb ta’limi, sanoat farmatsiyasi, biotexnologiya yo’nalishlari bo`yichа o`quv rеjа аsоsidа bo`lаjаk mаtаxаssislаrning ekologik, biоlоgik bilimini sifаtini yaxshilаshgа qаrаtilgаn. Dаstur I, III, IV sеmеstrlargа mo`ljаllаngаn.
Fanning vazifasi - talabalarga ekologiya va jonli organizmlarning o‘zaro munosabatlarning va ularning atrof muhit bilan o‘zaro ta’sirlashuvi, hozirgi zamon ekologiyasi tabiatdan samarali foydalanishning ilmiy uslublarini, tabiat bilan jamiyat o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning strategiyasini ishlab chiqib, uni hayotga tadbiq etishini o’rganish buning uchun jamiyatdagi har bir inson ekologik qonuniyatlarni bilishi kerak.
Dostları ilə paylaş: |