Uzbekistondagi ekologik muammolar. Bugungi kunda Mustaqil O‘zbekistan yirik sanoat va agrar mintaqa bo‘lib, kelajakda dunyoga yuz tutgan mashinasozlik, energetik, kimyo, oziq-ovkat sanoati, transport majmuini yanada rivojlantirish ko‘zda tutilmovda. Xolbuki, ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi Respublikada ijtimoiy ekotizimlarning xolatiga muayyan darajada salbiy ta’sir ko‘rsatadi. Respublikada keskin bo‘lib turgan ekologik va tabiatni muxrfaza qilishga oid muammolar quyidagilar:
1. Yirik xududiy-sanoat majmuilari joylashgan rayonlarda (Angren - Olmalikq - CHirchik, Fargona - Margilon, Navoiy va xokazo) tabiatni muxofaza qilish muammolari.
2. Orol va Orol bo‘yi muammolari, suv resurslarini muxofaza qilish va ulardan maqbul tarzda foydalanish.
3. Agrosanoat majmuidagi ekologik muammolar.
4. Tabiatdagi suvlvrning sanoat yaiqindilari, pestitstdlar va mineral o‘g‘itlar bilan ifloslanishi.
5. O‘simlik va xayvonot dunyosini mux’ofaza va qayta tiklash muammolari, qo‘riqxonalar va milliy bog‘lar tarmog‘ini kengaytirish.
YUqorida keltirilgan muammolarni e’tiborga olib, Respublikada noqulay ekologik vaziyat yuzaga kelgan tuman va xududlarni aniqlab ishlab chiqaruvchi kuchlarni joylashtirish va rivojlantirish maqsadga muvofiq bo‘ladi.
3. Ekologik muammolarni oldini olish borasida olib borilayotgan ishlar.Ma’lumki, har qanday davlatning rivoji, aholi turmush farovonligining oshirib borishida uch tamoyilga rioya qilish muhim ahamiyat kasb etadi: iqtisodiy o‘sish, ijtimoiy himoya va nihoyat, ekologik xavfsizlikdir.
Bu borada mamlakatimizda mustaqillikning dastlabki yillaridanoq kuchli, uzoqni ko‘zlovchi siyosat amalga oshirilayotganligini bugun nafaqat o‘zbekistonliklar, balki jahondagi rivojlangan davlatlar, xalqaro tashkilotlar ham ochiq e’tirof etmoqda. YUqoridagi uch tamoyil O‘zbekistonning ijtimoiy-iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy rivojiga asos qilib olingan desak, xato qilmaymiz. Kengroq fikr yuritadigan bo‘lsak, Prezidentimizning “O‘zbekiston XXI asr bo‘sag‘asida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari” kitobiga yana bir bor murojaat etamiz. Dunyoning ko‘plab mamlakatlarida chop etilgan ushbu kitobda O‘zbekistonning ekologik xavfsizligi masalasiga alohida o‘rin berilgan. Umuman, O‘zbekistonda ekologik xavfsizlikka, bu xavfsizlikka tahdid solayotgan va endilikda global muammoga aylanib qolgan Orol va Orolbo‘yi ekologik fojiasi oqibatlarini bartaraf etish, transchegaraviy daryolar suvidan oqilona foydalanish masalalariga faqat bugun e’tibor qaratilayotgani yo‘q. Bu masalalar YUrtboshimiz tomonidan o‘tgan asrning 80- yillari oxirida ham ko‘tarilgan va mustaqillikka erishilgandan keyin yanada rivojlantirilgan edi.
O‘zbekiston mustaqillikka erishgach, Orol ekologik fojiasini to‘xtatish va yumshatish yo‘lida keng ko‘lamdagi mislsiz ishlar amalga oshirildi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A.Karimovning tashabbuslari bilan Orolbo‘yi genofondini muhofaza qilish hayriya jamoat fondi tashkil etildi.
Xalqaro donorlarni Orol va Orolbo‘yi muammolarini yumshatish borasidagi harakatlarga jalb qilish maqsadida 2008 yilning 11-12 martida Toshkent shahrida Xalqaro konferensiya o‘tkazildi. Unda “Orolbo‘yi mintaqasida iqlim o‘zgarishi oqibatlarini yumshatish maqsadida amalga oshirish uchun xalqaro donorlarga taklif etilayotgan majmuaviy harakat dasturi” qabul qilindi.
Orol va Orolbo‘yi muammosini hal qilishda O‘rta Osiyo davlatlari hamkorligi 1993 yili Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasining (OQXJ) tashkil etilishida namoyon bo‘ldi. Uning doirasida “Orol dengizi havzasi Dasturi” hayotga tatbiq etildi.
2009 yil aprelida Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo davlatlar rahbarlari uchrashuvida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I.A. Karimov jahon hamjamiyatini Orol dengizi havzasi muammolarini hal etishga yanada kengroq jalb qilishga qaratilgan Orolni qutqarish xalqaro jamg‘armasiga a’zo mamlakatlarning 2011-2015 yillardagi faoliyati Dasturi konsepsiyasini taklif etdi.
Mintaqada ekologik muvozanatning buzilishi oqibatlarini yumshatish maqsadida Amudaryo deltasida kichik suv havzalarini yaratish, to‘qayzorlarni saqlab qolish, Orolbo‘yining olis aholi yashash joylarida quyosh energiyasidan foydalanishga qaratilgan bir qator xalqaro va davlatlararo loyihalar amalga oshirilmoqda.
To‘qayzorlar, qamishzor o‘simliklari, tabiiy yaylovlar maydonining hamda noyob turdagi jonivorlar va qushlar sonining qisqarishi yoki ularning butunlay yo‘qolishi natijasida etkaziladigan umumiy ziyon eng kamida yuzlab million AQSH dollariga baholanmoqda. Ammo flora va faunadagi haqiqiy qayta tiklab bo‘lmaydigan yo‘qotishlarni moliyaviy jihatdan o‘lchab bo‘lmaydi.
Bu sohada mavjud vazifalar ko‘lamining kengligi, murakkabligi hamda miqyosi mintaqadagi ekologik vaziyatni yaxshilash muammolarini kompleks ravishda hal etishda nafaqat davlat organlarining, balki jamoat birlashmalari, fuqarolik jamiyati institutlarining sa’y-harakatlarini birlashtirishni talab etadi. SHu bois O‘zbekistonda bu ishga keng jamoatchilikni jalb qilish, atrof-muhitni muhofaza qilish davlat, jamiyat va har bir fuqaroning ishiga aylanishi yo‘lida jiddiy qadamlar tashlanib, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda.
SHu bilan bir qatorda, mustaqillik yillarida Respublikamizda atrof-muhitni muhofaza qilish, tabiiy resurlardan oqilona foydalanish sohasidagi munosabatlarni tartibga soluvchi mustahkam, yaxlit qonunchilik bazasi yaratildi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasi “Tabiatni muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (1992 y.), “Suv va suvdan foydalanish to‘g‘risida”gi (1993 y.), “Veterinariya to‘g‘risida”gi (1993 y.), “Er osti boyliklari to‘g‘risida”gi (1994 y.), “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi (1995 y.), “Atmosfera havosini muhofaza qilish to‘g‘risida”gi (1996 y.), “O‘simlik dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (1997 y.), “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi (1997 y.), “O‘rmon to‘g‘risida”gi (1999 y.), “Ekologik ekspertiza to‘g‘risida”gi (2000 y.), “CHiqindilar to‘g‘risida”gi (2002 y.), “Muhofaza etiladigan tabiiy hududlar to‘g‘risida”gi (2004 y.) qonunlari atrof-muhitni, tabiiy resurslarni huquqiy jihatdan muhofaza qilishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Jumladan, O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasining 50-moddasida “Fuqarolar atrof tabiiy muhitga ehtiyotkorona munosabatda bo‘lishga majburdirlar”, 54-moddasida, “Mulkdor mulkiga o‘z xohishicha egalik qiladi, undan foydalanadi va uni tasarruf etadi. Mulkdan foydalanish ekologik muhitga zarar etkazmasligi, fuqarolar, yuridik shaxslar va davlatning huquqlarini hamda qonun bilan qo‘riqlanadigan manfaatlarini buzmasligi shart”, 55-moddasida esa “Er, er osti boyliklari, suv, o‘simlik va hayvonot dunyosi hamda boshqa tabiiy zaxiralar umummilliy boylikdir, ulardan oqilona foydalanish zarur va ular davlat muhofazasidadir”, deya alohida ta’kidlangan. Qonunchilikdagi yangiliklar, ayniqsa, atrof tabiiy muhit muhofazasi masalalariga doir qonun hujjatlariga kiritilgan o‘zgartish va qo‘shimchalarning mazmun-mohiyatini o‘sib kelayotgan yosh avlodga etkazish yoshlarning ekologik bilim va ko‘nikmalarining oshishida, ekologik tafakkur va ongining yanada rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.