Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Suv resurslaridan foydalanishda yangicha yondashuvlar



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə67/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

Suv resurslaridan foydalanishda yangicha yondashuvlar. Kategoriya: Maqolalar Muallif: Xidirova Baxor Share lass!Download SocButtons Poytaxtimizda "Mamlakatimizda suv resurslaridan barqaror foydalanish: an’analar, qonunchilik, ta’lim va fan yutuqlariga tayangan yangi texnologiyalar" mavzuida seminar bo‘lib o‘tdi.
Mamlakatimiz mustaqilligining 20 yilligiga bag‘ishlangan ushbu tadbir O‘zbekiston Ekologik harakati va YUNESKO xalqaro tashkilotining yurtimizdagi vakolatxonasi xamkorligida o‘tkazildi. Unda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatlari, tegishli vazirlik va idoralar, xalqaro va nodavlat tashkilotlar vakillari, soxaga ixtisoslashgan oliy o‘quv yurtlari hamda ilmiy-tadqiqot institutlari olimlari, talabalar va ommaviy axborot vositalari vakillari ishtirok etdi.
Xozirgi globallashuv davrida suv ist’emoli bo‘yicha shakllangan azaliy boy tajribalarni o‘rganish va rivojlantirish, suvdan barqaror foydalanish va uni tejash bilan bog‘liq takomillashgan ilmiy echimlarni yaratish ham dolzarb axamiyat kasb etmokda. Mamlakatimizdagi oliy ta’lim maskanlari va ilmiy-tadqiqot institutlarida bu vazifalarni xal etishga katta e’tibor berilmoqda.
So‘nggi yillarda qishloq xo‘jaligida, sanoatda, turmushda suv resurslaridan foydalanish samaradorligini oshirish va obihayotni tejashga xizmat qiladigan ko‘plab yangi texnologiyalar yaratildi. Toshkent irrigatsiya va melioratsiya instituti olimlari ixtiro qilgan past bosimli tomchilatib sug‘orish tizimi, Urganch davlat universiteti tadqiqotchilari tomonidan yaratilgan kanallar suvidan foydalanish samaradorligini oshirish usuli, Geologiya va mineral resurslar Davlat qo‘mitasiga qarashli Gidrogeologiya va injenerlik geologiyasi instituti olimlarining gidrogeologiyada jo‘g‘rofiy axborot tizimlaridan foydalanishga oid yangi ishlanmalari shular jumlasidandir.
Suv inson xayotini ta’minlaydigan muxim ne’matlardan biridir, - deydi YUNESKOning O‘zbekistondagi vakolatxonasi raxbari Xorxe Ivan Espinal. -Dunyoda ko‘plab insonlar toza ichimlik suviga muxtoj bo‘lgan bugungi kunda obihayotning xar qatrasidan oqilona foydalanish nixoyatda dolzarb vazifaga aylanmokda. O‘zbekistonda bu ishlarga davlat darajasida e’tibor berilayotgani e’tirofga loyiq. YUrtingizda suvni qadrlash bilan bog‘liq boy kadriyatlar yuksak e’zozlanadi. Suvdan tejab foydalanish, bu borada ilm-fan yutuqlarini kengaytirish va amalga tatbiq etishga ustuvor axamiyat beriladi. Ushbu tadbirlarga biz ham o‘z xissamizni qo‘shayotganimizdan mamnunmiz. Ishonchim komilki, bu boradagi ishlar izchil davom ettiriladi.
Orol dengizining barcha havzalari tom ma’noda transchegaraviy daryolar hisoblanadi. Amudaryo daryosi havzasi tarkibiga Surxondaryo, SHerobod, Qashqadaryo va Zarafshon daryolari havzalari kiradi. Ular ichida faqat Qashqadaryo va SHerobod daryolari havzalarigina to‘laligicha O‘zbekiston hududida shakllanadi. Asosiy daryo hisoblanmish Amudaryo daryosi havzasi suvi kimyoviy tarkibini taxlillanishida O‘zbekiston va Turkmaniston hududida joylashgan qishloq xo‘jaligi maydonlaridan xosil bo‘lgan oqova suvlar xam o‘z xissasini qo‘shmoqda. Amudaryo suvining Termizdan oqib o‘tadigan qismida suvning ifloslanish indeksi (SII) sifati kattaligi bo‘yicha 1996 yildagi turg‘un holatda saqlangan, ya’ni II sinf – toza suv bo‘lsa, daryoning qolgan qismlarida suv ifloslanishi o‘rtacha darajada bo‘lib, III sinfga taalluqli, 2001 yilda Amudaryoda suv holati esa II sinfga mansub. Tuyamo‘yin gidropostida suvning tarkibida neft, azot, ammoniy, mis mahsulotlari eritmalari hamda suvning minerallashishi kuzatilmoqda.
Sirdaryo daryosi suvlari Qirg‘iziston Respublikasining tog‘li hududlarida Norin va Qoradaryoning qo‘shilishi bilan shakllanadi hamda O‘zbekiston Respublikasi hududiga Andijon viloyatining Uchtepa qo‘rg‘oni joylashgan mintaqaga, Norin daryosi esa Namangan viloyatining Uchqo‘rg‘on shahri hududiga oqib keladi.
O‘zbekiston hududiga kirishda Qoradaryo va Norin daryolari suvlarida vaqt-vaqti bilan azot nitritining (1,2-2,6 PDK), fenolning (2-4 PDK) va neft mahsulotlarining (1,6-5,2 PDK) yuqori tarkiblari qayd etilgan. Suvlarni ifloslanish indeksi (SII) bo‘yicha daryo suvi sifati uning butun uzunligi bo‘yicha III-sinf – o‘rta me’yor ifloslangan suvlar darajasida saqlanib turgan.
Zarafshon daryosi dengiz sathidan 2775 m balandlikda, Tojikiston Respublikasining Turkiston va Xisor tog‘ tizmalarining birlashgan joyida, Zarafshon muzligidan boshlanadi va O‘zbekiston hududiga Ravot-Xo‘ja to‘g‘oni atrofidan kirib keladi. Daryo Zarafshon vodiysining asosiy suv manbai bo‘lib hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001 yil 4 oktyabrdagi “Zarafshon daryosi havzasida ekologik va sanitar-epidemilogik vaziyatni yaxshilash to‘g‘risida”gi 401-sonli qarorini bajarish borasida, Buxoro, Navoiy, Samarqand va Jizzax viloyatlarida Zarafshon daryosi va unga kelib qo‘shiladigan irmoqlardagi suv sifatining monitoringi olib borilmoqda, daryoga noqonuniy tashlamalarni tugatish borasida o‘z vaqtida choralar ko‘rilmoqda, daryoga tashlamasi bo‘lgan ob’ektlardan oqizilayotgan suvlar tizimli nazorat qilinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasi atrof tabiiy muhiti ifloslanishi monitoringi ma’lumotlariga ko‘ra, Zarafshon daryosi suvlari O‘zbekiston Respublikasiga kirishida (Ravot-Xo‘ja) muntazam ravishda fenol bilan 2-4 PDK va mis bilan 1,1-3,5 PDK atrofida ifloslangan bo‘lsada, uning sifati II–toza suvlar sinfiga, keyinchalik daryo oqimi bo‘ylab pastga qarab oxirigacha III-sinf – o‘rta me’yor ifloslangan suvlarga o‘tgan.
Sirdaryo havzasi tarkibiga ko‘pgina daryolar kiradi. Norin, Qoradaryo, CHirchiq, Ohangaron daryolari asosiy daryolardir. Ular orasida faqat CHirchiq va Ohangaron daryolari transchegaraviy daryolar sirasiga kirmaydi. Qolgan daryolar (shu jumladan, Farg‘ona vodiysidagi kichik daryolar, CHirchiq daryosining irmoqlari) qo‘shni davlatlar hududidan oqib o‘tadi. Sirdaryo daryosi O‘zbekiston hududi bo‘ylab ikkita uchastkada oqib o‘tadi: yuqori – Norin daryosining qo‘shilish joyi va Qoradaryo hamda quyi – Ohangaron va CHirchiq daryolari etaklari.
O‘zbekistonda 500 ga yaqin ko‘l bor bo‘lib, ushbu kichik suv havzalarining maydoni 1 km2 atrofida. Faqat 32 ta ko‘lning yuza qismi 10 km2 dan oshadi. Aydar-Arnasoy ko‘llar tizimi O‘zbekistondagi eng katta ko‘l hisoblanadi. Mazkur ko‘l To‘xtagul suv omboridan qish paytida suv tashlash natijasi orqali vujudga kelgan. Aydar-Arnasay ko‘llar tizimining umumiy maydoni 3600 km2 va ko‘lami 42 km2. Ushbu ko‘l boshqa barcha suv omborlari suvi zaxirasini oshiradi. 2008 yilda “Asosan suvda yashovchi qushlar uchun qo‘nim hisoblangan xalqaro ahamiyatga ega suv-botqoq hududlari to‘g‘risida”gi Xalqaro Konvensiyasi (Ramsar Konvensiyasi) ro‘yxatiga kiritildi.
Suv omborlari O‘zbekiston suv resurslari tizimini boshqarishni shakllantirishda muhim ahamiyatga ega ekanligini alohida ta’kidlamoq maqsadga muvofiq. Mamlakatda suvning kamayishi va ko‘payishi (gidrologik ekstremum) hamda suv resurslarining hajmi doimiy nazorat ostiga olingan. Ayni paytda mamlakatda ko‘p suv omborlari mavjud, ulardan irrigatsiya ishlarida samarali foydalanilmoqda.
Maqolaning to‘liq shakli bilan «Ekologiya xabarnomasi-Ekologicheskiy vestnik» jurnalining 7-sonida tanishishingiz mumkin.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   63   64   65   66   67   68   69   70   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin