Ko'chma manbalarning atmosfera havosini ifloslantirishi: Respublikaning atmosfera havosini ifloslantirishda ko'chma manbalarning tashlamalari asosiy manba bo'lib qolmoqda. 2010-yilda ko'chma manbalar tashla-malar miqdori umumiy hajmidagi ifloslantiruvchi moddalarda tashlamalarning 67% ini yoki 1310,9 ming tonnani tashkil etdi. Ko'chma manba tashlamalari bilan ko'proq, ya'ni 80%dan ortiqroq iflos-langan shaharlarga Toshkent, Samarqand, Buxoro, Farg'ona kiradi. 1996-yildan 2001-yilgacha bo'lgan davr ichida ifloslan-tiruvchi modda tash-lamalarining 1316 ming tonnadan 1593 ming tonnaga ortishi kuzatildi, bu shaxsiy avtomobil transporti sonining o'sishi bilan bog'iiq bo'lgan. 2001-yildan boshlab, avtotransportdan ifloslantiruvchi modda tashlamalarning har yili o'rtacha 3—5% ga pasayishi kuzatilmoqda.
Avtomobillarning atmosfera havosini ifloslantirishini kuzatish:Hozirgi kunda avtotransportlar havo atmosferasini eng ifloslantiruv-chi manbalardan biri hisoblanadi. Atmosferaga tashlanadigan zaharli moddalar miqdori avtorriobiilar soni, ko'cha harakatining tuzilishiga, avtomobil magistral yo'llarining joylashiga, ular foydalanadigan yoqilg'i turlari va boshqa omillarga bog'liq bo'ladi.
Benzin bilan yuradigan avtomobillar havo issiq paytlarda uglevodorod bug'larini tashlaydi. Mana shu zaharli bug'larning oldini olish uchun uzluksiz mashina dvigatellarining zaharli gaz tashlanmasi tekshi-rilib turadi. Tekshirishlar natijasi havoga tashlanayotgan toksik gazlar miqdori yuqori ekanligini ko'rsatsa o'sha mashinani ishlatishga ruxsat berilmaydi.
Kuzatishlar bir haftada soat 6 dan 13 gacha va 14 dan 21 gacha olib boriladi, asosiy kuzatishlar avtomobillar ko'p yuradigan vaqtlarda olib boriladi, kechalari 1—2 marta o'tkaziladi.
Kuzatish nuqtasi qiiib shahar ko'chalarining har joyidan eng: ser-qatnov uchastkaiari olinadi. Ko'chalar kesishgan joyda va ko'priklar tagida zararli moddalar juda ko'p bo'ladi.
O'lchov asboblari odam yuradigan yo'laklarga joylashtiriladi, yo'lning bir tomonidagi harakat o'lchanadi.
Idoralarga tegishli avtotransportiar, gazoanalitik va diagnostik usku-nalar bilan yetarlicha jihozlanmaganligi, atrof-muhitni muhofaza qilish masalalari bilan shug'ullanuvchi xodimlaniing bilim darajasi pastligi, atrof-muhitni muhofaza qilish muammoiariga yagona yondashuv yo'qligi sababli, ekoiogik jihatdan noqulay vaziyat yuzaga kelmoqda. Bunday ekoiogik vaziyat, kechiktirmay hal etishni talab etuvchi ko'plab muammplar bilan to'g'ridan-to'g'ri bog'liqdir.