Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Tuproqning kislotali muhitiga o(simliklammg munosabatlari



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə71/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

7.3. Tuproqning kislotali muhitiga o(simliklammg munosabatlari
Tuproq (kislotali, neytrai, ishqorU) eritmasi tuproqdagi mikroorganizmlar holatiga va miqdoriga va ular orqali yashil 0‘simliklarning oziqlanish rejimiga katta ta’sir ko‘rsatadi. Tuproqning kislotali muhiti (erkin odorod ionlarining ko'pligi) aktiv bo‘lishi mumkin, uning aktivligi pH niiig kattaligiga bog‘liq.pH — 7 bo‘lsa bu neytrai reaksiyali muhit bo‘lib bunda vodorod, karbonat angidrid ionlari bir xil bo‘ladi.Kislotali muhitli tuproqlarda pH — 7 dan past va ishqorli muhitli tuproqlarda pH — 7 dan ortiq bo‘ladi.Tuproq eritmasining reaksiya chegarasi katta bo‘lib, u pH — 3—3,5 dan (torfli tuproqlarda) pH — 10—11 gacha borishi mumkin (sho‘rxok yerlarda)tuproq eritmasining reaksiyasi iqlim, o'simliklar, jinslar, sizot suvlari,relyef, o‘g‘itlar va shu kabi boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun tundra va o‘rmon zonasining tuproqlari ko‘pincha kislotali eritmaga ega, chunki bu yerlarda issiqlik yetishmasligi va namlikning ortiqchaligi 0‘simlik qoldiqlari parchalanayotganda ko‘pincha kislotalarning ko‘p ajralib chiqishini ta’minlaydi. Shimoldan janubga borgan sari tuproq eritmasining kislotali muhiti kamayib boradi va issiq dasht va ayniqsa, Markaziy Osiyoning cho‘l zonalarida kislota kamroq hosil bo‘ladi, hosil bo‘lgan kislotalar ham ohak yordamida neytrallashadi, chunki bu tuproqlarda ohak hosil qiluvchi jinslar ko‘p. Shuning uchun ham dasht zonasining tuprog‘i neytrai, cho‘l zonasining tuprog'i esa ishqorli muhitga ega bo‘ladi.Shunday qilib yuqori konsentratsiyali vodorod, aluminiy, marganes ionlari va tuproq eritmasidagi kalsiy miqdorining kamligi tuproqning kislotali muhitini ta’minlaydi. Ana shu kislotali muhitga nisbatan 0‘simliklaming munosabatlari turlicha bo4ladi.
Masalan, torf mohi kislota (pH—3,5) muhitda yaxshi o‘sib rivojlansa, arpa pH—6—7 da yaxshi o‘sadi va rivojlanadi. pH ning 4 dan 6 gacha- ko‘tarilishini M.S.Avdonina (1965) ma’lumotiga qaraganda uning hosilini 26,4 %ga oshiradi. Vegetatsion idishlarda oUb borilgan tajribalar
shuni ko‘rsatadiki pH ni 4 dan 6,5 ko‘targanda bahorgi bug‘doyning umumiy massasi 70,6 %ga, doni esa 138,6 %ga oshgan.Lavlagi va kartoshka kalsiyli tuproqni talab qilsa, javdar o4simligi kislotali tuproqlarda yaxshi o‘sadi. Tuproq eritmasi muhitiga bo‘lgan munosabatiga ko'ra o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi:
1. Atsidofil o'simliklar — kislotali tuproqda o‘suvchi indicator 0‘simliklar. Bu guruh o‘simliklarga botqoqlikda o‘suvchi torf moxi, botqoq bagulnigi (Sedum), botqoq klukvasi (Oxekokus auadripetoxis), o‘tloqlarda 0‘suvchi belaus, rusinka, chernikalar ham kiradi.
2. Neytrai muhitli tuproq o ‘simliklari. Bu guruhga eng muhim yemxashak o'simliklaridan o‘tloq ovsyanitsasi, o‘tloq timofieyevkasi, sebarga, tog* sebargasi, sariq beda (M. falcafa), Sibir borsheviki,’ zira va shu kabilar kiradi.
3. Bazifil o ‘simliklar — ishqorli muhitli tuproq o'simliklari — indikatorlari.Bularga dasht va cho‘l zonasida o‘suvchi 0‘simliklar kiradi. Cho‘l mintaqasining qumli tuproqlarida psammofitlar deb atalgan o‘simliklarning ekologik guruhi tarqalgan bo‘lib, ularga singrenlar, oq saksovul, qandim,quyonsuyak, shuvoqlar, qizilchalar, selinlar, ilaklar misol bo‘la oladi.
Psammofit o'simliklarning baiglari ensiz, qattiq yoki odatda, reduksiyalashgan (saksoviilda), meva va urug‘lari qumda o‘rmalab yoki shamol yordamida tarqaladi va sharsimon ko^inishda bo‘ladi.Tuproqning ma’lum kimyoviy elementlarga boyligini ko‘rsatuvchi o‘simliklar — indikator turlar deyiladi. Masalan, plaun aluminiyga boy tuproqlarda,astragal selenli, itqumoq ruxli, shuvoq, oddiy qarag‘ay va makkajo‘xorilar oltinga boy tuproqlarda o‘sadi.4. Indifferen o ‘simliklar. Bularning tipik vakili landish o‘simligi hisoblanadi. Bunday o‘simliklar tuproqning kislotali va ishqorli muhitlarida ham o‘sa oladi.

Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   67   68   69   70   71   72   73   74   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin