Ў збекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги


Tuproqning asosiy xossalari



Yüklə 2,25 Mb.
səhifə70/109
tarix19.12.2023
ölçüsü2,25 Mb.
#185065
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109
Ўзбекистон республикаси олий ва ўрта махсус таълим вазирлиги

7.2. Tuproqning asosiy xossalari.
Meristimatik xujayralaming o‘sishi rivojlanishi uchun kalsiy zarurdir. Kalsiy yetishmasa ildiz yaxshi rivojlanmaydi. To‘qimalar tarkibida kalsiy ko‘payib ketsa, o‘simliklaming magniy va kaliy elementlarini pasaytiradi.Kalsiyga bo‘lgan talabga ko‘ra o‘simliklar quyidagi guruhlarga bo‘linadi: 1. Kalsiyefillar — kalsiy ko‘p bo‘lgan tuproqlarda o‘sadigan o‘simliklar
(bo‘takuz, astra, daraxtlardan buk, tilog‘och, oddiy archalar).2. Kalsiyefoblar — kislotali tuproqda o‘suvchi o‘simliklar (torf moxlari,choy, kashtan).Kalsiyga nisbatan indefferent o‘simliklar (befarq o‘simliklar). Bular kislotah tuproqda ham, ohakli tuproqlarda ham o‘saveradi (landish).Magniy. Xlorofil va ribosomalaming tarkibiga kiradi. U o‘simliklarda fosfatlaming aktiv harakatida ishtirok etadi.Natriy. Natriyning ko‘p bo‘lishi ko‘pchilik o‘simliklarga zarar keltirishi mumkin. Chunki u to‘qimalarda to‘planib, kalsiy, magniy va shu kabi boshqa kationlarning o‘zlashtirilishini qiyinlashtiradi. Biroq sho‘rxok joylarda o‘suvchi o‘simliklaming o‘sishini natriy tezlashtiradi (qorasho‘ra, sarsazan).
Temir. Bu tuganak bakteriyalaming erkin azotni o‘zlashtirish jarayonini tezlashtiradi. Tok, mevali daraxtlarda dekorativ o‘simliklarda temir yetishmasa ularda xloroz kasalligi paydo bo‘ladi. Ya’ni ularning barglari och-sariq yoki pur-pur rangga kirib qoladi.Mikroelementlar. Azot, fosfor, kaliy, kalsiy, magniy va shu kabi makroelementlardan tashqari o‘simliklarga kam miqdorda kerak bo‘lgan mikroelementlar ham bor. Bularga marganes, bor, kumush, rux, kobalt va boshqalar kiradi. Bu elementlar tuproqda ko‘p miqdorda uchrasa 0‘simliklar uchun zaharli ham bo‘lishi mumkin, shuning uchun ular o‘simliklarga gektariga grammlar ba’zida kilogramm bilan beriladi.Marganes. Bu nafas olish va fotosintez jarayonlari uchun zarur element. Barg va ninasimon o‘simliklar bargidagi xloroplastlarda marganesning miqdori, ayniqsa, ko‘p bo‘ladi. Nafas olish va fotosintez jarayonida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida ham marganes ko‘p bo‘ladi. Marganes aminokislotalar, proteinlar, vitaminlar, polepeptidlar va shu kabi boshqa xil birikmalami sintez qiiishda ishtirok etadi (YA.V.Peev, 1974).Bor. Bu oqsillar, nuklein kislotalar, lipidlar, polisaxaridlarga o‘xshash biopolemerlar hosil qiiishda ishtirok etadi (E.A.SHerstnev, 1974). Bu biopolimerlar hujayraning muhim komponentlari bo‘lmish hujayra membranalari, ribosomalarning tarkibiy qismiga kiradi. Demak, bor yetishmasa bu strukturalaming hosil bo'lishi buziladi va sekin asta o‘simliklar o‘sish va rivojlanishdan to‘xtab halok bo‘lishadi. Mis. Bu ko‘pchilik fermentlar tarkibiga kirib nafas olishni kuchaytiradi, mis yetislimasa fermentlar va nafas olish aktivligi pasayadi, nuklein kislotalar biosintezi susayadi (Paribak, 1974) va hokazo. Ko‘pchilik begona oktlar madaniy o‘simliklarga qaraganda ko‘proq o‘z to‘qimalarida mis to‘playdi. Shuning uchun ham AQSHda makkajo‘xon ekish uchun yemi tayyorlaganda awal begona o‘tlar o‘stirilib, keyin haydab tashlanadi.Ko‘pincha gektariga 7—10 kg mis berish maqsadga muvofiqdir.
Mis oksidlanish va qaytarilish reaksiyalarida ishtirok etuvchi fermentlar tarkibida bo‘ladi. Kobalt — xlorofilga mustahkamlik berib, qorong‘ilikda uni yemirilishidan saqlab turadi. Demak, bu xususiyati bilan fotosintezni va barg aktivligini kuchaytirib turadi. Shuningdek, kobalt karbonsuvlar va azot almashinuvida ham ishtirok etadi.5. Sho'rlangan tuproqda o‘suvchi o‘simlikIarning ekologik xususiyatlari Markaziy Osiyoda sho‘rlangan tuproqlar 23 mln. gektami egallaydi.Shundan 18 mln. gektari Qozog‘iston (Uspanov, 1942), 3 mln. gektari Turkmaniston (Necheva, Nikolyaev, 1962) 2 mln. gektari 0 ‘zbekistonda uchraydi (Salmonov, 1972). Ana shunday sho‘rlangan yerlarda o‘suvchi o‘simliklar galofitlar deyiladi. Galofltlar orasida ko‘pchilik o‘rinni sho‘radoshlar oilasiga kiruvchi o‘simliklar egallaydi. Kuchli sho‘rlangan yerlarda qora sho‘ra (Salikorniya), sarsazan (Naloknemum)1ag o‘sadi. Bulardan tashqari ana shunday sho‘rlangan yerlarda baliqko‘z, seta, xaridondon, donasho‘r, ermon-shuvoq, keyreuk va boshqa shu kabi sho‘raklar kiradi. Ular uchun poya yoki bargining etli bo‘lishi suv jamg‘amvchi to'qimaning yaxshi rivojlanganligi ortiqcha tuzlarni maxsus bezlar yordamida tashqariga chiqarib turish kabi moslanish xususiyatlari xosdir.
Kuchli sho‘rlangan yerlarda oksuvchi galofitlarning hujayra shirasida tez eriydigan tuzlar ko‘p to'planadi va natijada, hujayra shirasining osmotik bosimi yuqori bo‘ladi. Bu esa o‘z navbatida galofitlami qurg‘oqchilikka va issiqqa chidamlilik xususiyatini oshiradi. Galofitlar tanasi etli, ko‘p tuz to‘playdigan va ortiqcha tuzlarni sekin asta ajratib turish xususiyatiga ega. Yirik sho'rxoklar. 0 ‘rta cho‘lda, 0 ‘zbekiston va Qozog'iston chegarasi bo‘ylab ketgan Aydar sho‘rxok (hozir Haydar ko‘li hosil bo‘lgan), Markaziy Qizilqumda, Mingbuloq sho‘rxoklari kabilar pastqam joylarda uchraydi.Tipik sho‘rxok yerlarda o‘simlik deyarli o‘smaydi. Galofltlar quyidagi xususiyatlaiga ega: hamma organlari etli, poyasi bargsiz, ko‘pchiligining bargi yaxshi taraqqiy etmagan, masalan, solaros, qora saksovul va shu kabi boshqa o‘simliklarda barg mutlaqo bo‘lmaydi yoki bo‘lsa ham yaxshi rivojlanmagan. Galofitlarning muhim ekologik xususiyatlaridan yana biri shuki, ular albatta sho‘rxok yerlarda o‘sadilar. Masalan, selitryanka tuproq qatlamida (100 g quruq tuproqda) 7,7 % xlor, 12,73 % sulfat tuzi bor joylarda yaxshi o‘sadi. Galofitlarga qora saksovul, xaridondon, quyonsuyak, pashmaksho‘r, seta, danasho‘r, chogon, keyreuk, erman shuvoq kabi bir yillik chala buta, buta 0‘simliklar kiradi.Tuproqning hozirgi kundagi holati haqida ham biroz to‘xtalib o‘tadigan bo‘lsak, shuni ta’kidlash lozimki, quruqlikning turli nuqtalarida hamda hamdo‘stlikka a’zo barcha respublikalar hududlarida ekologik ahvol uncha yaxshi emas. Ayniqsa, dehqonchilik bilan shug‘ullanadigan yerlarda tuproqning holati nochordir. Masalan, respublikamizning qishloq xo‘jaligi sohasida 70 xilga yaqin turli kimyoviy moddalar ishlatilib kelingan. 1989-yilda har gektar yerga solingan kimyoviy dorilar 19,5 kg (ayrim viloyatlarda hatto 40—45 kg)ni tashkil etgan. Yiliga har gektar yeiga 400-500 kg gacha mineral o‘g‘itlar solingan. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, fosfor o‘g‘iti bilan biigalikda tuproqqa ftor, uran, toriy, og‘ir metall tuzlari ham o‘tgan.Ammo tuproqni bunday kimyoviy moddalardan tozalash texnologiyasi ishlab chiqilmagan. Aksariyat dehqon-fermer xo‘jaliklari va shirkat xo‘jalik rahbarlari va umuman dehqonlarining haligacha yuqori dehqonchilik madaniyatiga ega emasliklari ahvolni yanada murakkablashtirmoqda.
Zararkunanda hasharotlarga va o‘simlik Jcasalliklariga sepiladigan dorilaming atiga 1 %gina foydali ta’sir ko‘rsatadi, qolgan 99 % tuproq,suv, o‘simlik va boshqa oziq-ovqat mahsulotlariga singib ketadi. Natijada,tuproqdagi foydali jonivorlar ko‘plab qiriladi, insonlar salomatligiga katta zarar yetadi. Ana shunday vaziyat yuz berganda yana tabiatni, jumladan, tuproqni muhofaza qilish dolzaib muammolar jumlasiga kiradi. 6. Orografik omillar Bunga relyef va unga bog‘langan dengiz sathi balandliklari kiradi. Bu tuproq va iqlim qayta taqsimlanish natijasida ta’sir etadi. Masalan, Markaziy Osiyoda dengiz sathidan ko‘tarilgan sari iqlimi, tuprog‘i va o‘simliklari ham o‘zgarib boradi va bu mintaqada mutanosib ravishda cho‘l, adir, tog‘, yaylov o‘simliklari uchraydi. Chunki, dengiz sathidan ko‘tarilgan sari harorat pasayib, yog‘iiming miqdori ko‘payib boradi. Shu-ningdek,* tuprog‘i liam o‘zgaradi. Joy balandligining o‘zgarishi bilan o‘zgargan issiqlik, namlik birgina o‘simliklarning o‘sishiga, shakliga ta’sir etibgina qolmasdan, balki ularning meva hosil qilishi tezligini ham o‘zgartiradi. Masalan, G.I.Paplovskayaning (1948) ko‘rsatishicha, pixta daraxti 600 metr balandlikda 4 yildan keyin urug‘ hosil qilsa, 900 metr balandlikda 6 va 1300 metr balandlikda esa 8 yildan keyin urug‘ hosil qiladi. Soylik va tepaliklarning janubiy va shimoliy qismlarida ham keskin farqlar kuzatiladi. Masalan, shimoliy balandliklarda namlik ko‘p harorat nisbatan past bo‘lganligi sababli mezofil o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Aksincha,janubiy balandliklarda issiqlik ko‘proq, namlik kamroq bo‘lganligi sababli kserofll o‘simliklar ko‘p o‘sadi. Cho‘l zonasida relyefning o‘simliklarga ta’siri ancha kuchli. Cho‘l zonasining balandlik joylarida 0‘simliklar juda siyrak o‘sadi, borlarining bo‘yi ham pakana bo‘ladi. Chuqurlik joylarda esa buning aksi, o‘simliklar soni ko‘p va baland bo‘lib o‘sadi.



Yüklə 2,25 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   66   67   68   69   70   71   72   73   ...   109




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin