20
-
modul: Quymakorlik asoslari.
Reja:
1 Model komplekti
2. Quyish sistemasi. Qo‘lda qolip tayyorlash
3. Qolip aralashmasi
4. Mashinada qolip tayyorlash. Shibbalash usullari.
Quymalar ishlab chiqarishda qoliplarning ish muddatlariga ko’ra bir martalik,
bir necha martalik va ko’plab quymalar olishga yaroqlilarga ajratiladi. Ko’zatishlar
shuni ko’rsatadiki, turli metall qotishmalardan
olinuvchi quymalar massasi
bo’yicha 70−80 foizi bir martalik quymalar olishga yaroqli nam va quruq
qoliplarda, qolgan qismi esa bir necha unlab quymalar
olishga yaroqli muvaqqat
hamda yuzlab, minglab quymalar olishga yaroqdi qoliplarda olinmoqda.
Bir marta quymalar olishga yaroqli qoliplar. Bu qoliplarda bir martagina
quyma olingandan so’ng, ular bo’ziladi. Bu qolip materiali tarkibi olinuvchi quyma
materiali, shakli va o’lchamlariga ko’ra belgilanadi. Bu qolip material asosi kvarts
qumi bo’lib, ularning donlarini o’zaro bog’lovchilar sifatida tegishli bog’lovchilar
(gil,
spirt bardasi, tsement, suyuq shisha,
termoreaktiv smolalar, bitum, kanifol),
quymaga quyib yopishmasligining oldini olish uchun toshko’mir kukuni,
changsimon kvarts, grafit, gaz o’tkazuvchanligini oshirish uchun yog’och qipig’i,
torfdan foydalaniladi. O’lchami 0,25 dan 1 mm gacha bo’lgan qumlar ma’lum
miqdorda tegishli qo’shimchalar qo’shib, maxsus aralashtirgich qurilmada suv
bilan yaxshilab aralashtiriladi. Bu aralashma kutilgan xossaga ega bo’lgach,
qurilmadan
chiqarib, qolip tayyorlash uchastkasiga yuboriladi,
u yerda qolip
tayyorlanadi.
Muvaqqat qoliplar. Bu qoliplarda bir nechagina (unlab) quymalar olinadi.
Bu qolip material asosi yuqori temperaturaga chidamli, shamot,
magnezit, qum,
asbest kabi boshqa materiallar kukunlariga ma’lum miqdorda tegishli bog’lovchilar
(gips, tsement va boshqalar)ni qo’shib aralashtirgich qurilmada suv bilan
qorishtirib,
kutilgan xossaga kelgach, uni qolip tayyorlash uchastkasiga o’zatiladi
va u yerda qolip tayyorlanadi. Bu qoliplarda odatda turli shaklli kichik va o’rtacha
o’lchamli quymalar olinadi.