5. Kesh xotira. Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari
Protsessorlar har doim xotiraga nisbatan tez ishlagan. Protsessorlar ham, xotira
ham parallel ravishda takomillashtirilib kelinmoqda. Konveyerli va superskalyar
arxitekturali, unumdorligi juda katta bo‘lgan protsessorlar ishlab chiqarilmoqda.
Xotira qurilmalarini ishlab chiqaruvchilar esa birinchi galda, uning hajmini
oshirishga harakat qilmoqdalar, tezkorligini emas. Shuning uchun ham protsessorlar
va xotiralarning ishlash tezliklari orasidagi farq yana ham kattalashmoqda.
Tezliklarning bunday farqlari tufayli, protsessor xotiraga unga kerakli so‘zni o‘qib
olish uchun murojaat qilganida, bir nechta mashina sikllarini bekor o‘tkazib
yuborishiga to’g’ri kelayapti. Xotira protsessorga nisbatan qanchalik sekin ishlasa,
shunchalik ko’proq sikllar davomida protsessor uni kutib turishi kerak bo‘layapti.
14
1.6-rasm. Kesh-xotira joylashgan o‘rni.
Bu muammoni hal qilishning bir nechta yo‘llari mavjud ekan. Shulardan biri,
uncha katta bo‘lmagan hajmga ega, ammo nisbatan ancha tez ishlaydigan, protsessor
bilan asosiy xotira orasida joylashgan xotiradan foydalanish ekan (2.5-rasm). Bunday
xotira kesh-xotira deb ataladi («cacher» - fransuz tilida «yashirish» degan so‘zni
anglatadi). Kesh- xotirada dastur tomonidan ko‘p ishlatiladigan so‘zlar yoki asosiy
xotiraning ma’lum bir qismi saqlanadi. Asosiy xotiraning bu qismi, o‘sha paytda
ishlayotgan dastur tomonidan ko‘proq foydalanilishi mumkin bo‘lgan qismi bo‘ladi.
Bu lokallik tamoili deb ataladi (rus tilida - принцип локальности).
Buyruqlar va ma’lumotlarni qanday saqlanishiga qarab kesh- xotiraning ikki
xili mavjud. Buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda saqlanadigan kesh-xotira
birlashtirilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - объединенная кэш-память).
Buyruqlar alohida, ma’lumotlar alohida saqlanadigan kesh-xotira esa alohida
ajratilgan kesh-xotira deb ataladi (rus tilida - разделенная кэш-память). Hozirgi
kompyuterlarda ko‘proq alohida ajratilgan kesh-xotiradan foydalanilmoqda.
1.7-rasm. Uch sathi kesh-xotiraga ega tizim.
15
Kesh-xotirani qo‘llashning - bir, ikki va uch sathli variantlari mavjud. 2.6-
rasmda uch sathli kesh-xotiraga ega bo‘lgan tizim keltirilgan. Birinchi sath kesh-
xotirasi (L1) markaziy protsessor ichida joylashgan bo‘lib, u buyruqlar uchun (L1-I)
va ma’lumotlar uchun (L1-D) mo’jallangan odatda 16 dan 64 Kbayt gacha hajmga
ega bo‘lgan alohida ajratilgan kesh-xotiradan iboratdir. Protsessor yonida u bilan bitta
blokda joylashgan ikkinchi sath kesh-xotirasi (L2) esa, 512 Kbayt dan 1 Mbayt gacha
hajmga ega bo‘lishi mumkin bo‘lgan, buyruqlar ham, ma’lumotlar ham birgalikda
saqlanadigan, birlashtirilgan kesh-xotiradan iborat bo‘ladi. Uchinchi sath kesh-
xotirasi protsessor joylashgan plataga o‘rnatilgan bo‘lib, u bir necha megabayt
hajmga ega bo‘lgan statik tezkor xotira qurilmasidan (TXQ) iborat bo‘ladi (rus tilida -
статическое оперативное запоминающее устройство - ОЗУ).
Statik TXQ dinamik TXQ dan ancha tez ishlaydi. Qoida bo‘yicha birinchi sath
kesh-xotirasidagi barcha ma’lumotlar, ikkinchi sath kesh- xotirasida, ikkinchi sath
kesh-xotirasining barcha ma’lumotlari esa, uchinchi sath kesh-xotirasida ham
yozilgan bo‘ladi. Kesh-xotiraning bir necha xillari mavjud: to‘g‘ridan-to‘g‘ri
akslantiriluvchi kesh-xotira (rus tilida - кэш-память прямого отображения) va
assotsativ kesh-xotira.
Xotira modullarini yig‘ish va ularning xillari. Hozirda xotira mikrosxemalari,
odatda 8 ta yoki 16 tali guruhlarga birlashtirilib bitta kichikroq plataga o‘matilgan
holda ishlab chiqarilmoqda va sotilmoqda (2.8-rasm). Bunday platalar xotira
modullari deb ataladi.
Dostları ilə paylaş: |