Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
Умумий якуний назорат саволларga-javob. 1._“Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi.Parazitizmorganikolamvakillari(o’simliklar,hayvonlar)orasidauchraydigano’zaromunosabatlarningbirko’rinishi. Parazitso’ziyunonchabo’lib,aniqma’nosipara – yonida, sites – oziqa, to’g’ridan-to’gri tekinxo'r, bitta hayvon boshqa birhayvon hisobiga yashashi tushiniladi.Qadimgi Rimga bu so’z Gretsiyadan o’tgan. Parazit terminining kelib chiqishi Yunonistonda, Perikl davrida, ya’ni miloddan avvalgi V asrda mavjud bo’lgan qonunga asosan, ko’zga ko’ringan davlat arboblari keksalik yoshida davlat qaramog’iga o’tishgan. Ular uchun qurilgan maxsus pansionatlar parasitariya, u yerda yashovchilar esa parasitlar deb atalgan. Rim imperiyasi davrida parazit so’zi o’zgalar hisobiga yashovchi ma’nosini anglatib, hozirgi kungacha saqlanib qolgan. Shu xususiyatdan kelib chiqib, parazit qadimiy tibbiyotda, har qanday boshqa organizm hisobiga yashab, oziqlanuvchi organizmlar tushunilgan.Parazitlarniparazitologiyafanio’rganadi.Parazitologiya fanining maqsad va vazifalari odamlarda, hayvonlarda hamdao’simliklarda parazitlik qilib hayot kechiradigan hayvonlarni tuzilishi, rivojlanishi,tarqalishi, o’ziga xos biologik va ekologik xysusiyatlarini, parazitlar keltirib chiqaradigan kasalliklarni o’rganish hamda ularga qarshi kurash choralarini to’g’ri tashkil qilishdan iboratdir.Tirik organizmni o’ziga xos xususiyati bu uni tashqi muhit bilan bog’liqligidir.Tirik organizmlar o’rtasida biotik bog’lanishlar murakkab va xilma-xilligi bilan xarakterlanadi va uni asosida oziqa va makon bog’lanishlari yotadi. Shu bog’lanishlardan biri parazitizm ko’rinishida namoyon bo’ladi. Demak, organik olamdagi ikkita boshqa-boshqa turga mansub organizmlarni bir-biri bilan bo’lgan munosabatlarini bir ko’rinisi bu parazitizm hodisasi hisoblanadi. Parazitizm tabiatda keng tarqalgan hodisa bo’lib, uni yuzaga chiqish shakllari xilma-xildir. Barcha mikroorganizmlar (virus, bakteriya, zamburug’) parazitlik qilib hayotkechirishgao’tgan.Yuksak o’simliklar orasida ham parazit formalarni kuzatish mumkin (zarpechak, pechak). Hayvonlar orasida ham bir qancha turlari parazitlik qilib hayot kechiradi.Umuman, parazitlarni o'rganish ob’yektlariga ko'ra tibbiyot parazitologiyasi veterinariya parazitologiyasi, agronomiya parazitologiyasi va umumiy parazitologiyaga bo'linadi.Parazitologiya ko'pgina biologik, tibbiyot va veterinariya sohasidagi maxsusfanlar bilan chambarchas bog'langan. Parazitlarning tavsifi, morfologiyasi, biologik va ekologik xususiyatlarini hamda rivojlanish sikllarini o'rganish bilan zoologiya fani shug'ullansa, ular qo'zg'atadigan kasalliklar patogenezi, klinikasi, diagnostikasi va davolashini o'rganish bilan patologik anatomiya, patologik fiziologiya, immunologiya, virusologiya, mikrobiologiya, terapiya, farmakologiya, epizootologiya, xirurgiya, biokimyo, veterinariya-sanitariya ekspertizasi, zoogigiyena va boshqa fanlar shug'ullanadi hamda ulardagi tadqiqot usullariga tayanadi.