Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
64._O’simliklarning parazit nematodalari. Ildiz bo’rtma nematodalari. Tuzilishi va hayot sikli. Tarqalishi. Zarari va profilaktikasiNematodalar sinfming vakillari faqat odam va hayvonlarda parazitlikqilmasdan, balki bir qancha turlari o'simliklarda ham parazitlik qiladi. Hozirgi vaqtdaayniqsa ildiz bo'rtma nematodalari o'simliklarga katta zarar yetkazadi. Ular bug'doy,lavlagi, kartoshka, piyoz, bodring, pomidor, sabzi, qovun, tarvuz, g'o'za, kungaboqar,loviya, mosh, tut, tok va boshqa 200 dan ortiq sabzavot, poliz, texnika o'simliklari va daraxtlarga zarar yetkazadi.Sitms nematodasi sitms o'simliklari (limon, apelsin va bosh.) ildizlarida parazitlikqiladi. Bug'doy nematodasi (Anguina tritici) o'simlik nematodalari ichida eng yirigihisoblanadi.Erkagining uzunligi 2,5 mm, urg'ochisiniki esa 5 mm atrofida bo'ladi. Bunema-toda bug'doy va boshqa boshoqli ekinlarga zarar yetkazadi. Zararlangan bug'doy-ning boshog'ida don o'rnida qora yoki jigarrang bo'rtma (tugunak) hosil bo'ladi. Tugunak ichida 15-17 mingtagacha nematoda lichinkalari bo'lib, ular quruq holda oziqlanmay 20-28 yilgacha yashashi mumkin. Urug'lik bug'doylarga aralashgan tugunaklar ichida yotgan lichinkalari bilan birga yerga tushadi. Namlikda lichinkalar tugunakdan chiqib, yangi unayotgan bug'doy maysasining ildiziga kirib, tanasidan yuqoriga ko'tariladi va barg qo'ltig'iga keladi. Bug'doy gullay boshlaganda lichinkalar gul g'unchalari ichiga kiradi va gulning kurtagi (murtagi) bilan oziqlanib, tugunak hosil qiladi. Tugunak ichida lichinkalar jinsiy voyaga yetadi. Bitta tugunakda 40-50 tagacha nematoda bo'ladi. Bitta urg'ochi nematoda otalangandan so'ng 2500 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxumdan birinchi yoshdagi lichinka chiqadi. U tullab ikkinchi yoshdagi lichinkaga aylanadi. Har bir donda 6-8 ta urg'ochi nematodalarning nasli rivojlanadi. Bu nematodalarning zarari bilan ayrim respublikalarda har gektar yerdan 8-11 s g'alla kam olinadi. Oldini olish choralaridan biri g'allani tugunaklardan tozalashdan iborat.Lavlagi nematodasi (Heterodera schaehtii) lavlagi ildizida parazitlik qilib, o'simlikni o'sishdan qoldiradi va so'ldiradi. Urg'ochisi 1 mm bo'lib, u 600 tagacha tuxum qo'yadi. Tuxum tuproqda bir necha yilgacha saqlanishi mumkin. Tuxumdan chiqqan lichinkalar tuproq ichida ancha vaqtgacha yotishi mumkin, so'ngra ular lavlagi ildiziga kiradi. O'sishi 4-5 hafta davom etadi. U Ukraina sharoitida 5-6 niarta nasi beradi. Bu nematoda kartoshka va poliz ekinlariga ham zarar yetkazadi.