60._Nitsha (Nitzchia sturiorus) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Girodaktiluslardan yana bir turi - nitsha (Nitzchia sturiorus) Volga daryosidaosyotrsimon baliqlarga katta zarar kelti-radi. Bu parazit sevruga balig'iniiqlimlashtirish jarayonida Orol dengiziga ham kelib qolgan va mahalliy osyotrsimonbaliqlarda (baqra balig'ida) parazitlik qilishga o'tgan. Agar davolash choralari ko'rilmasa, kasallaagan yosh baliqlarning 90-95 % qirilib ketadi. Shuning uchun ham baliqlar bahor va kuz oylarida 5%li osh tuzi eritmasidan tayyorlan-gan suvda cho'miltiriladi. Oqmaydigan hovuzlarning suvini 10-14 kun ichida chiqarib tashlab, hovuz quritiladi va qaytadan suv bilan to'ldirilib, keyin baliqlar boqiladi. Ayrim tur monogeniyalar baliqlardan tashqari baqalarda ham parazitlik qiladi. Shulardan biri baqa ko'p so'rg'ichlisi (Polystoma integerrimum) hisoblanadi. Bu parazit voyaga yetganida, baqaning qovug'ida so'rg'ichlari va ilmoqchalari yor-damida yopishib olib yashaydi. Bahordabaqalar tuxum qo'yayotgan paytda baqa ko'p so'rg'ichlisi hambaqaning kloakasi orqali siydik pufagidan bir oz tashqarigachiqib, suvga o'zining urug'langan tuxumlarini tashlaydi. Parazit tuxumidan suvga kipriklar bilan qoplangan,ko'zi bor, gavdasining orqa qismida 16 ta mayda ilmoqchali diski bo'lgan lichinka chiqadi. Bunday lichinkalar 1-2 kunsuvda suzib yurganidan so'ng, baqa tuxumidan chiqqanitbaliqlarning jabralariga ilmoqchalari bilan yopishib oladi vakipriklarini tashlab, 6 ta yumaloq so'rg'ich va 2 ta yirik ilmoqcha hosil qilib, jinsiy voyaga yetadi va tuxum qo'yaboshlaydi. 61._Serbar tasmasimon chuvalchang (Diphyllobothrium latum) o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar. Serbar tasmasimon chuvalchang tasmasimon chuvalchanglar sinfining eng uzun va yirik vakili hisoblanib, odam hamda turli yirtqich sutemizuvchi hayvonlarning (it, mushuk, tulki, ayiq, bo'ri) ichagida parazitlik qiladi. Tanasining uzunligi 10-15 m, ba'zan esa 20 m gacha boradi, eni esa 3-4,5 sm gacha yetadi.Bo'g'imlar, ya'ni proglottidaiar soni har bir voyaga yetgan keng tasmasimon chuvalchangda 4000 tagacha boradi. Bo'g'imlarning eni bo'yiga nisbatan uzun bo'ladi. Skoleksi, ya'ni boshchasi, boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. Ularning boshchasida so'rg'ich o'rriida 2 ta chuqur egatchalar - botriyalari mavjud, shu organi yordamida ular ichak devoriga yopishadi. Xitinli ilmoqchalari yo'q. Germafrodit proglottidalarida jinsiy organlar sistemasi qoramol tasmasimonnikiga o'xshash, lekin keng tasmasimon chuvalchanglarda 3 ta teshik tashqariga ochiladi, bularning biri bachadon teshigi, qolganlari esa qin va urug’ yo'llari teshigi hisoblanadi. Mazkur teshiklar boshqalarnikiga o'xshab proglottidalarning yon tomonlariga ochilmay, balki oldingi yuzasiga ochiladi. Oxirgi bo'g'imlarining kengligi uzunligiga nisbatan ancha serbar bo'lganligi uchun parazitning nomi serbar yoki keng tasmasimon chuvalchang deyiladi. Yetilgan bo'g'imlar bemor axlati orqali tashqariga chiqadi. Urug'donlar har bir bo'g'imda 700-800 tagacha, tuxumdoni esa bir dona bo'lib, ikki bo'lakdan iboratdir. Yetilgan bo'g'imlardagi bachadonlar ham o'zining shoxlanishi bilan boshqa tasmasimon chuvalchanglardan farq qiladi. , Bachadon shoxlari uzun, har bir bo'g'imning markazida, ya'ni o'rtasida joylashgan, shakli rozetkasimon, gul bezagiga o'xshaydi.