Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
56._Paramfistomalarning o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.Paramphistomatakenja turkumiga mansub parazitlarning voyaga yetgan vakillari kavsh qaytaruvchisutemizuvchilarning oshqozon oldi bo’limlarida (katta qorinda, ba’zan to’r qorinda),yosh parazitlar esa shirdon va ingichka ichakning shilliq pardasi ostida parazitlikqiladi. Uy va yovvoyi kavsh qaytaruvchilarda 60 turdan ziyod paramfistomatalarparazitlik qiladi.O'zbekistonda qoramol va qo'y-echkilarda Paramfistomatalardan -Raramphistomum, Calicophoron, Gastrothylax va Liorchis avlodlariga mansub birnecha tur trematodalar parazitlik qiladi.Paramfistomalarning gavdasi ipsimon yoki silindrsimon shaklda, rangi oqqizg'ish, uzunligi 5-20 mm bo’lib, ularda og’iz so’rg’ichi bo’lmaydi. Qorin so’rg’ichiyaxshi rivojlangan bo’lib, tananing orqa qismiga yaqin joylashadi. Paramfistomatalartuxumlari oval shaklda, kulrang, tuxum pusti sariqliq hujayralari bilan zich to’lmagan, o’lchami 0,11-0,16 mm. Fastsiola tuxumlaridan rangi va sariqlik hujayralari joylashishi bilan farq qiladi.Paramphistomatidae oilasiga kiruvchi barcha turlarning rivojlanish bosqichlarideyarli bir xil o’tadi. Ular oraliq va asosiy xo’jayinlar ishtirokida rivojlanadi. Ularda og'iz so'rg'ichi bo'lmaydi, terminal joylashgan og'iz teshigidan rivojlangan farinks vaundan keyin ikkiga shoxlangan ichakketadi, Qorin so'rg'ichi kuchli rivojlangan bo'lib, gavdasining orqa uchida joylashgan, u yopishib turish vazifasini bajaradi. Jinsiy voyaga yetganlari asosiy xo'jayinlarining (kavsh qaytaruvchi juft tuyoqli sutemizuvchilar, asosan, qoramol, qo'y, echki va boshqalar) katta va to'rqorinlarida parazitlik qiladiParamfistomalar biogelmintlar hisoblanadi. Rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Ularning oraliq xo'jayinlari chuchuk suvlarda yashovchi molluskalar (Planorbis, Galba, Physa urug'larining turlari) hisoblanadi. Asosiy xo'jayinlari esa kavsh qay-raruvchi sutemizuvchilar. Parazitning tuxumi asosiy xo'jayinining tezagi bilan tashqariga (suvga) chiqib, 12-13 kundan keyin undan miratsidiy lichinkasi chiqadi. Miratsidiy oraliq xo'jayini - chuchuk suvda yashovchi molluskalarning organizmigakirib, sporotsistaga, keyin rediyaga aylanadi. 1,5-3 oydan keyin esa serkariylarga aylanib, oraliq xo'jayinlardan tashqariga chiqadi. Ma'lum vaqtdan keyin serkariylar domini yo'qotib, sistaga o'ralib adoleskariylarga aylanadi. Asosiy xo'jayinlari suv va o't orqali adoleskariylarni o'zlariga yuqtiradi. Adoleskariylar ichak bo'shlig'i orqali katta qoringa va to'rqoringa o'tib jinsiy voyaga yetadi. Adoleskariydan to jinsiy voyaga yetgan parazitga aylanguncha 3-3,5 oy vaqt kerak bo'ladi.