Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
53._Qon sporalilar kenja turkumi vakillari o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar.QON SPORALILAR (HAEMOSPORIDIA) kenja turkumi vakillari odamva issiq qonli hayvonlarning qizil qon hujayralari - eritrotsitlarida parazitlik qiladi.Bu turkumga 100 ga yaqin tur kiradi.Qon sporalilar eymеriyasimоnlаr singari hujayra ichida yashaydigan parazitlarbo'lsa-da, lekin ularning hayot sikli bir necha xo'jayinda o'tadi. Masalan, bu kenjaturkumning eng muhim vakili odamda bezgak kasalligini keltirib chiqaradigan bezgak plazmodiysining rivojlanishi ikkita xo'jayinda o'tadi. Jinssiz rivojlanishi hamda makro-va mikrogametotsitlar odam qizil qon tanachalarida yetishadi. Bezgak chivinida (Anopheles) esa jinsiy rivojlanish ketadi. Eymеriyasimоnlаrdan farq qilib, bezgak plazmodiylarning hayot sikli xo'jayinlar (chivin va odam) organizmida o'tadi, tashqi muhitga chiqmaydi. Odamlar orasida bezgak kasalini tarqatuvchi sporalilar plazmodium deyiladi. Bu kasallik eramizdan oldin ham ma'lum bo'lgan. U vaqtlarda bu kasallikning kelib chiqish sababi va odamlarga yuqish yo'llari aniqlanmagan. Lekin, shunga qaramasdan, bu kasallikning botqoqliklarga aloqasi borligini bilishgan, shuning uchun ham "botqoq isitmasi" deb atalgan. Bezgak plazmodiumlarini birinchi marta 1879-yilda rus olimi V.I. Afanasyev va 1880-yilda fransuz olimi Alfons Laveren kashf etganlar. Bezgak kasalini chivinlar yuqtirishini esa 1895-yilda ingliz olimi R. Ross va italiyalik olim J. Grassi aniqlashgan.Odamlarda bezgakning asosan 4 ta turi parazitlik qiladi:1.Plasmodium vivax - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, ya'ni isitma har 48soatdan keyin qaytarilib turadi. 2.Plasmodium malariae - to'rt kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, ya'ni isitma har 72 soatdan keyin qaytarilib turadi.3.Plasmodium falcipharum - 24-48 soat oralab xuruj qilib turadigan va ko'pinchajuda og'ir o'tadigan tropik bezgak qo'zg'atuvchisidir. 4.Plasmodium ovale - uch kunlik bezgak qo'zg'atuvchisi, ya'ni isitma har 48 soatdan keyin qaytarilib turadi. Bu bezgak qo'zg'atuvchisi juda kamdan-kam Afrika va Osiyo mamlakatlarida uchraydi. Mustaqil davlatlar hamdo'stligi mam-lakatlarida bu kasallikning qo'zg'atuvchisi bir marta 1924-yilda Ufa shahrida uchragan.