Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u
62._Polymorphus magnus va Polymorphus minutus o`rganish tarixi, ularning keltirib chiqaradigan kasalliklar, qarshi kurash va profilaktik chora-tadbirlar. O’rdaklarda polimorfuslardan - Polymorphus magnus va Polymorphus minutus turlari parazitlik qiladi. Birinchi turi, asosan, o’rdaklarning ingichka ichagida, ikkinchi turi esa yo’g’on ichagida parazitlik qiladi. Ularning tanasi urchuqsimon, uzunligi 9,2-14,7 mm atrofida. Oraliq xo’jayinlari yonlab suzar qisqichbatjasimonlar - Gammarus lacustris va Gammarus pulex hisoblanadi. O’rdak polimorfoziga qarshi bitionol, filiksan va uglerod tetraxlorid ishlatiladi.Fiiikollis urug’idan Filicollis anatus o’rdak, g’oz va boshqa suv hamdabotqoqliklarda yashovchi qushlarning ingichka ichagida parazdtlik qiladi. Parazitninguzunligi 6-25 mm atrofida bo’ladi. Oraliq xo’jayini qisqichbaqasimonlardaii - suvxo’tigi (Asellus aquoticus) hlsoblanadi. Akantella tanasi yassi va zich bo’lib, cho’ziq va oq rangdadir. Uzunligi (ichigatortilgan xartumi bilan) 3,6-4,5 mm dan (cho’zilgan xartumi bilan) 4,4-5,6 mm gachabo’lib ko’zga yaxshi ko’rinadi. Qo’ng’iz lichinkalarining rivojlanish davrida akantella o’lmaydi. Shuning uchun cho’chqalar may oyida tilla qo’ng’izlar lichinkalarini emas, balki ularni g’umbaklik va imago davridagilarini ham yeb makrakantorinxus bilan zararlanadi. Akantella qo’ng’izlar tanasida 2-3 yil, ya’ni oraliq xo’jayinning butun umri mobaynida yashaydi. Cho’chqalar bu qo’ng’izlarni hamma rivojlanish davrida ishtaha bilan yeydi.Cho’chqalar zararlangan qo’ng’izlarning lichinkalarini, g’umbak va imago davrlaridagilarini yeb, parazitni o’zlariga yuqtiradi. Cho’chqa oshqozonida qo’ng’izlar hazm bo’lib, ichagidagi makrakantorinxus lichinkalari - akantellalar ingichka ichakda xartumini qinidan chiqarib 36 ta ilmog’i bilan ichak shilliq pardasiga yopishib oladi va yopishgan joyida rivojlanib jinsiy voyaga yetadi. Invazion lichinkalarining asosiy xo’jayni tanasiga tushib, jinsiy voyaga yetgan makrakantorinxusning rivojlanish muddati 70-110 kun bo’lib, hayvon organizmida 10 oydan 23 oygacha yashaydi. So’ngra tabiiy holda o’ladi.