Умумий якуний назорат саволларga-javob. “Parazitologiya” fani, uning biologiya fanlari tizimida tutgan o’rni va boshqa fanlar bilano’zarobog’liqligi


_Parazitlarni xo’jayinlariga bo’lgan munosabatlari



Yüklə 82,51 Kb.
səhifə7/50
tarix13.04.2023
ölçüsü82,51 Kb.
#97058
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50
Óìóìèé ÿêóíèé íàçîðàò ñàâîëëàðga-javob. “Parazitologiya” fani, u

8._Parazitlarni xo’jayinlariga bo’lgan munosabatlari. Parazit-xo'jayin bir-biri
bilan o'zaro bog’liq bo'lgan biologik sistema bo'lib, bunday munosabatdan faqat bir
tomon, ya’ni parazit foyda ko'radi. Parazit xo'jayinga zararli ta'sir ko'rsatib, kasallik
keltirib chiqaradi. Parazitni bu xususiyatiga parazit patogenligi deyiladi.
Ko'pchilik parazitlar ayniqsa gelmintlar rivojlanish sikli xo'jayin almashtirish
yo'li bilan boradi. Gelmintlarni rivojlansh siklida albatta oraliq xo'jayin ishtirok etsa
bularni biogelmintlar (mushuk ikki so’rg’ichlisi, qora mol tasmasimon chuvalchangi,
keng tasmasimon chuvalchang va boshqalar) keltirib chiqaradigan kasalliklarini
biogelmintozlar deyiladi. Gelmintlarni rivojlanish siklida oraliq xo'jayinlar ishtirok
etmasa geogelmintlar (askarida, qilbosh nematoda va boshqalar), keltirib
chiqaradigan kasalliklarini esa geogelmintozlar deyiladi. Ayrim gelmintlar bilan
to'g’ridan-tog’ri zararlanish mumkin (bolalar gijjasi), bunday gelmintlarni kontakt
gelmintlar, ularni keltirib chiqaradigan kasalliklarini, kontakt gelmintozlar deb
ataladi. Bu atamalar fanga parazitolog olimlar K.I.Skryabin, R.S.Shults, E.S.Shulman
va boshqa yirik gelmintolog olimlar tomonidan kiritilgan.
9._Fakultativ, soxta, vaqtinchalik, statsionar, davriy, doimiy parazitizm. Ba’zi erkin yashovchiorganizmlar turli tasodiflarga ko’ra boshqa organizmlarga tushib qolib, yashab ketish
hodisasiga fakultativ parazitizm deyiladi. Fakultativ parazitizm parazitlarni kelib
chiqishinio’rganishdamuhimdir.Erkin yashovchi organizmlar parazitlikka o’tishida ularning tuzilishi vafiziologiyasida o’ziga xos xususiyatlar hamda ma’lum sharoitlar mavjud bo’lishi
shart. M: xo’jayinlarni hazm shirasi ta’sir qilmaydigan mustahkam teri qoplamiga ega
bo’lishi, anaerob sharoitda yashay olishi kerak.
K.I.Skryabin tajribalarida shaxtyorlarni kaproanaliz qilish natijasida ulardan
erkin yashovchi nematodalar(Rhabditis)ni topgan. Nematodalarning rhabditis
avlodida ana shu xususiyatlar mavjud. Natijada shu xususiyati erkin formalarini
(Rhabditis) odam parazitiga aylanish imkonini beradi. Demak parazitlar fakultativ
yo’l bilan ham paydo bo’ladi.Kamdan-kam hollarda soxta parazitizm ham uchrab turadi. Bunda ayrimorganizmlar evolutsion taraqqiyot davrida moslashmagan ikkinchi organizm tanasiga
tasodifan tushib qoladi. Lekin bu organizm tanasida yashayolmaydi (masalan,
yomg'ir chuvalchangi umurtqali hayvonlarning ichagidan chiqishi mumkin), turli
pashsha, chivinlarning lichinka yoki tuxumlari oziqa orqali odam organizmiga tushib
qolsa, turli kasallik belgilarini keltirib chiqaradi (ich ketishi, ko’ngil aynashi, qayt
qilishvahokozo).Chuchuk suvda yashaydigan zuluklar mayda suv hayvonlari uchun yirtqich,
lekinsutemizuvchilaruchunesaparazithisoblanadi.Parazitlar xo’jayin organizmida yashash muddatlariga qarab vaqtinchalik vastattsionar (doimiy) parazitlarga bo’linadi. Vaqtinchalik parazitizmda – parazitxo’jayin organizmida vaqtinchalik yashaydi, normal oziqlanadi, lekin rivojlanibko’paymaydi. Bunda parazit va xo’jayin o’rtasida garmonik bog’lanishlar bo’lmaydi.
Parazit faqat oziqlanish vaqtida xo’jayinga tashlanadi. Bularga ko’pgina qon
so’ruvchi ektoparazitlarni misol qilib ko’rsatish mumkin(chivinlar, pashshalar,
kanalar, qandalalar, zuluklar va boshqalar). Stattsionar parazitizm ikkiga bo’lib
o’rganiladi. Davriy va doimiy. Davriy parazitizmda – organizmlarning rivojlanish
sikllarida parazitizm gallanadi. Ayrim organizmlar lichinkalik davrida parazit (larval
parazitizm, m: mermitidalar). Ayrimlari esa voyaga yetgan davrida(imaginal)parazitlik qiladi(m:nematodalardan-Strongilidalar).Doimiy parazitizmda parazit tashqi muhitga chiqmaydi. Rivojlanishninghamma bosqichlarini xo’jayin tanasida o’tkazadi (bitlar, junxo’rlar,parxo’rlar,qichima kanalari va boshqalar).
10._Parazitizmni hayvonat olamida tarqalishi.Parazitizm va uni boshqa xodisalardan farqi. Parazitizmhayvonatolamidauchraydigan ba’zi bir holatlardan butunlay ajralib qolgan mustaqil birholatemas.Ubir necha ko’rinishda uchraydi. Parazitizm bilan bog’liq bo’lgan asosiy masalalarsimbioz va sinoykiyadir. Bu hodisalar jarayonida biz ikkita har xil turga mansub
bo’lgan hayvonlarning o’zaro munosabatlarini ko’rib chiqamiz. Yer yuzidagi barcha
tirik organizmlar oziqlanishiga ko’ra ikkita guruhga bo’lib o’rganiladi: 1. Avtotrof
organizmlar.2.Geterotroforganizmlar.Avtotrof organizmlar - anorganik moddalardan organik moddalarnisintezqiladi.Bulargayashilo’simliklarkiradi.Geterotrof organizmlar esa tayyor organikmoddalarhisobigaoziqlanuvchilardir. O’z navbatida bularni o’simlikxo’r, hamaxo’r va hokazolargabo’lish mumkin. Hamaxo’rlar o’z navbatida parazit, yirtqich va saprofitlarga
bo’linadi. Parazitlarni esa odam, hayvon va o’simlik parazitlariga bo’lib o’rganiladi.
Barcha tirik organizmlar bir-biri bilan bevosita va bilvosita munosabatda bo’ladi.
Evolyutsion taraqqiyot jarayonida organizmlarning bunday bog’lanishi u yoki bu
darajada murakkablashib borib, biologik jihatdan turli kategoriyalarga bo’linadi,
ya’ni hayvonlar har xil guruhlarni tashkil etib, birgalikda hayot kechirish jarayonida
betaraf(indifferent),do'stlikvaantogonistikmunosabatlardaashaydi.I. Indefferent – betaraf munosabatlar.Ularbirxilsharoitda,bittamuhitda(hududa) yashaydi, bir-biriga zarar ham foyda hamkeltirmaydi.Bulargakorallpoliplar, ignaterililardan-dengiz yulduzlari va dengiz nilufarlari misol bo'ladi.II. Antogonistik – qarama-qarshi munosabatlar. Bunday munjsabatda birga
yashovchilarni bittasi ikkinchisiga zarar keltiradi. Bularga yirtqichlik hamda
parazitlik misol bo'ladi.

Yüklə 82,51 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   50




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin