Metall qirqishni mexanizatsiyalash Metall qirqishni mexanizatsiyalashtirish ish vaqtini tejash,
mehnat
unumdorligini
oshirish
imkonini
beradi.
Qo`l
mehnatini
yengillashtirish maqsadida mexanik, elektrik, pnevmatik mashinalardan
foydalaniladi.
872A arrasielektr va gidroyuritmali bo`lib, turli zagotovkalarni (sortli
metallarni) 2 mm anikliqda qirqish imkonini beradi (127-rasm). Qirqilgan
yuzaning sirt g`adirbudirligi Ra 20 mkm.
Qisuvchi giralar. 128-rasmda aylana kesimli detallarning bir nechasini qisib
qo`yish mumkin bo`lgan V ishklli giralar ko`rsatilgan (a, b, yo). Bu giralar
diame!ri 40 dan 350 mm. gacha bo`lgan detallarni kesa oladi.Giraga
qirqiladigan magsrialni 45
0
burchak ostida o`rnatish mumkin.
Gira va zagotonkalarni o`rnatish.Giralar arra stoliga shunday o`rnatilishi
ksrakki, qirqiladigan zagotovkaning o`qi arra ramkasi yo`lining o`rtasida
bo`lsin. Zagotovkani giraga o`rnatishda, uni kesuvchi polotnoga nisbatan
to`g`ri burchak ostida joylashtirishga e`tibor berish lozim.
Detalni burchak ostida kesish uchun avval girani berilgan burchak bo`yicha
o`rnatiladi, keyin unga zagotovkani mahkamlab qisiladi. Polotnolar R6M5
markali po`latdan yasaladi.
Arra lolotnosini o`rnatish.Polotnoning bir uchi arra ramkasining (2)
qo`zg`almas plankasiga (5) shtift (4) bilan o`rnatiladi (129-rasm). Ikkinchi
uchi qo`zg`aluvchi plankaning shtiftiga (3) ilib qo`yiladi, keyin ikkala uchini
plankalarga (7) boltlar (6) bilan mahkamlanadi. Polotnoni gayka (1) bilan tortib
tarang`lanadi. Uning tishlari ish yo`liga yo`nalgan bo`lishi kerak.
Gidroyuritma dasggohsa kran dastasi bilan boshqariladi (130-rasm).
Kran dastasining «harakatsiz» (130-rasm, a) holatida arraramasi
ilgarilamaqaytma harakat oladi, «Tushirish» (b) da rama pastga bir tekis tusha
boshlaydi, «Ko`tarish» («) holatida esa arra ramasi ko`tariladi, «Sekin
harakat» (g) da polotno kam uzatilib, orqasig`a qaytganda kesiladigan
material ustidan ko`tariladi. «Tez harakat» vaziyatida (d) polotnoning metallga
kesib kirishining tezlashishi rostlanadi, dastgohning keyingi ishlashi
zagotovka batamom kesib tushirilmagunga qadar avtomatik davom etadi.