84
Umumiy ma`lumotlar.Kontakt bog`lanish – elektr montaj ishlab
chiqarishda muhim element hisoblanib, elektr qurilmalarning ishonchliligi
darajasi elektr kontatkning sifatli bajarilishi bilan aniqlanadi. Ikki o`tkazgichni
bir biriga tegib tegib turgan joyida o`tish qarshiligi yuzaga keladi. Uning qiymati
materiallarning fizik xususiyati, ularni xolati kontakt joyda qizish xarorati va
boshqalarga bog`likdir. Jo`da silliq qilingan yuzalar orasida qilingan kontaktda
ham ideal tekislik bo`lmaydi va mikro burtiqlar bo`ladi A, B.(8.5rasm). Bosimni
oshirish bilan burtiqlari defformatsiyalanib yuzalarni bir biriga tegishli maydoni
oshadi va uning qarshiligi kamayadi.
8.5- rasm. Kontakt yuzalarni bir biriga tegishi (a) va qisilish
yo`kligida bir biriga tegish nuqtalari (b) va qisishda esa (v);
1- yuzalarni bir biriga tegib turishi
Kontaktlarni yuzasida alyuminiyni oksidlanishi yuqa plenka sifatida
bo`lishida utish qarshiligini oshiradi. Alyuminiyni erish temperaturasi 565
0
-
578
0
S bo`lsa, oksidiniki 2000
0
S ga yaqin bo`ladi. Uni uta qisilsa, u qisilish
zonasida bushligi uchun siqilib chiqadi va yaxshi kontakt bulmay qolishi
mumkin. Kontakt bog`lanishda yuzasini moylash tez zanglashni oldini oladi va
utish qarshiligini oshirmasligini ta`minlab turadi.
qisqa tutashishda tarmoqlardagi qizishi tok o`tkazuvchi tomirlarda
normalari rezinali va polivinilxlorid izolyatsiyali kabellarda 150
0
S gacha,
qog`oz izolyatsiyalida esa 200
0
S gacha belgilanadi.
Dostları ilə paylaş: