62
Bir tomoni berk teshikda rezba kesish. Rezbaning sifatini tekshirish.
Rezba kesilganda teshikka nazorat bolti yoki shpilka burab kiritiladi. Agar
bolt (shpilka) teshik tagigacha osongina (va liqillamasdan) buralsa, teshikda
rezba tug`ri kesilgan bo`ladi. Bolt juda tig`iz buralsa yoki mutlaqo buralmasa,
ikkinchi metchik bilan teshikda qaytadan rezba kesiladi. Kesilgan rezba rezbali
kalibr tiqin yoki bolt bilan tekshiriladi.
12.3.Tashqi va ichki rezbalar kesishda xavfsizlik qoidalari
Uzunroq
chiqib
turadigan
o`tkir
qirrali
detallarga
metchik-
vorotok
bilan
qo`lda
rezba
kesishda
qo`lning
jarohatlanishidan
ehtiyot bo`lish kerak.Sinib qolmasligi uchun o`tmas metchik bilan ishlamaslik
lozim, yopiq teshiklarga rezba kesishda esa, teshikdan qirindini tez-tez chiqarib
tashlash kerak.
Elektr yuritmali rezba keskich bilan ishlashda quyidagilar taqiqlanadi:
a) nuqsonli elektr kabellari va shtepsel birikmalari bilan
ishlash;
b) elektr asbobini qisman bo`laklarga ajratish va ta`mirlash;
v) elektr asboblari bilan zax xonalarda va ochiq joyda yomg`ir ostida
ishlash, elektr asbobining ichiga nam tushishiga yo`l qo`yish (chunki korpus
kuchlanishta`siridabo`ladi);
g) tarmoqqa ulangan elektrlashtirilgan asosning elektr yuritmasidan,
kesuvchi asbobidan ushlash, korpusga gavdani bosib turish, uni tizzaga olish.
Pnevmatik yuritmali rezba keskich bilan ishlashda quyidagilar man
qilinadi:
a) qo`lqopsiz ishlash;
b) pnevmatik asbob shlangidan yoki ish asbobidan ushlash va ular
bilan tiralma narvonlarda ishlash;
Dostları ilə paylaş: