1-§. Adabiyot – so‘z san’ati (Darslikda 3–8 betlar)


-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA



Yüklə 41,84 Kb.
səhifə7/8
tarix23.06.2023
ölçüsü41,84 Kb.
#134726
1   2   3   4   5   6   7   8
5-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR 1-QISM

5-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA .
II BOB. ERTAKLAR OLAMIDA
«UCH OG‘A-INI BOTIRLAR»
ERTAGI HAQIDA
«UCH OG‘A-INI BOTIRLAR»
(Darslikda 45–55 betlar)
1. Ertak deb nimaga aytiladi?
A) Xalq og‘zaki ijodining eng qadimiy, ommaviy turlaridan biri
bo‘lib, tabiat hodisalari, jonivorlar majoz qilib olinadigan
og‘zaki hikoyalar.
B) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lmay, xayoliy uydirmalar
asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega og‘zaki
hikoyalar.
C) Hayot haqiqati bilan bog‘liq bo‘lib, xayoliy va hayotiy
uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega
og‘zaki hikoyalar.
D) A va C
2. Mos javoblarni tanlang. Ertaklar qayerda, qanday ataladi?
1) Surxondaryo; 2) Buxoro; 3) Samarqand;
4) Farg‘ona; 5) Xorazm; 6) Toshkent.
a) matal; b) ushuk; s) varsaki; d) cho‘pchak.
A) 1-a, 2-b, 3-s, 4-d, 5-a, 6-a B) 1-a, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-d
C) 1-a, 2-b, 3-a, 4-d, 5-s, 6-d D) 1-d, 2-b, 3-a, 4-a, 5-s, 6-a
3. Ertakning boshlanmasiga e’tibor bering va nuqtalar o‘rniga mos
so‘zlarni qo‘ying. «Sizga bog‘ bo‘lsin, bizga … ».
A) tog‘ B) najot C) hayot D) bog‘
4. Ertakning boshlanmasidagi tushib qolgan so‘zlarni toping.
«Ertagi-yo ertagi, echkilarning … , qirg‘ovul qizil ekan, quyrug‘i
uzun ekan, … mingan ekan, … singan ekan».
A) bo‘rtagi, ko‘k muzga, muruti B) ermagi, ko‘p muzga, soqoli
C) burtagi, ko‘k shoxga, soqoli D) ermagi, shoxga, mo‘ylovi
5. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kim podshohdan kenja botirni afv
etishini so‘raydi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) podshohning qizi D) Kenja botirning o‘zi
25-§. «UCH OG‘A-INI BOTIRLAR» ERTAGI HAQIDA 7
6. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida bog‘bon o‘g‘rining boshiga nima
bilan uradi?
A) pichoq bilan B) qilich bilan
C) shashpar to‘qmoq bilan D) tosh bilan
7. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi og‘a-inilarga otalari safarga
qanday otlarni hozirlab qo‘yadi?
A) qora toy, bo‘z toy, saman toy B) bo‘z toy, qora toy, saman ot
C) qora toy, saman toy, ko‘k toy D) bo‘z toy, qora toy, ko‘k toy
8. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota safarga otlanayotgan
o‘g‘illarining xurjunini qancha muddatga yetadigan ovqat bilan
to‘ldiradi?
A) bir necha kunlik ovqat bilan B) bir haftalik ovqat bilan
C) bir oylik ovqat bilan D) bir necha haftalik ovqat bilan
9. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota botirlarni tarbiyalashda uch
narsaga amal qiladi. Bular qaysilar?
1) Odob-axloqli qilib tarbiyalaydi. 2) Qurol-yarog‘ bilan tanishtiradi.
3) Qo‘rqitmay o‘stiradi. 4) Kurashga tayyorlaydi.
5) Sog‘lom qilib tarbiyalaydi.
A) 1, 3, 4, 5 B) 1, 3, 4 C) 2, 3, 5 D) 1, 3, 5
10. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida ota o‘g‘illariga uch narsani
nasihat qiladi. Bular qaysilar?
A) sog‘lom o‘stirish, yarog‘ bilan tanishtirish, qo‘rqitmay o‘stirish
B) yarog‘ bilan tanishtirish, to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik
C) to‘g‘rilik, maqtanchoq bo‘lmaslik, dangasalik qilmaslik
D) to‘g‘rilik, sog‘lomlik, qo‘rqmaslik
11. «Uch og‘ayni botirlar» ertagida podshoh aslida kimning o‘g‘li
edi?
A) bog‘bonning B) dehqonning
C) novvoyning D) temirchhining
12. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagidagi aka-ukalarning yoshlarini
aniqlang.
A) 20; 18; 16 B) 21; 18; 16 C) 21; 20; 18 D) 20; 18; 17
13. Ertaklarning boshlanmalarida nima «quyrug‘i uzun ekan, ko‘k
muzga mingan ekan, muruti singan ekan» deb ta’riflanadi?
A) qirg‘ovul B) qora qarg‘a C) to‘rg‘ay D) tovus
14. Ertaklarning boshlanmalarida qaysi jonivor «azonchi» deyiladi?
A) bo‘ri B) qirg‘ovul C) to‘rg‘ay D) ola qarg‘a
15. «Uch og‘ayni botirlar» ertag ida to‘ti necha kunga uyiga borib
kelish uchun ruhsat so‘raydi va podshoh unga necha kunga ruxsat
beradi?
A) 20 kunga, 3 haftaga ruxsat beradi
B) 3 haftaga, 15 kunga ruxsat beradi
C) 20 kunga, 15 kunga ruxsat beradi
D) 2 haftaga, 10 kunga ruxsat beradi
16. Navbatma-navbat qorovullikda turgan botirlarning boshidan
nimalar o‘tadi?
A) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir ajdarhoni o‘ldiradi, Kenja
botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
B) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja
botir o‘g‘rilarni qirib tashlaydi.
C) To‘ng‘ich botir ajdarhoni, O‘rtancha botir sherni o‘ldiradi, Kenja
botir xazinaga tushmoqchi bo‘lgan xoinlarni qirib tashlaydi.
D) To‘ng‘ich botir sherni, O‘rtancha botir xoinlarni o‘ldiradi, Kenja
botir ajdarhoni o‘ldiradi.
17. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida aka-ukalar qancha muddatda
otalari huzuriga qaytib kelishadi?
A) 3 yilda B) 2 yilda C) 2 oyda D) 12 oyda
18. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Elimiz bir bo‘lsa ham,
tarbiyamiz boshqa» jumlasi kimning tilidan aytiladi?
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) podshoh
19. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh to‘tini necha yil
qafasda saqlaydi?
A) 4 yil B) 3 yil C) 7 yil D) 5 yil
20. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida Kenja botir nima haqida hikoya
qilib beradi?
A) uzum haqida B) novvoy haqida
C) podshohning to‘tisi haqida D) podshoh haqida
21. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida shinniga odam qoni
qo‘shilganligi haqidagi fikrni kim bildiradi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) podshoh D) vazir
22. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohning eng sevimli kuyovi
kim edi?
A) To‘ng‘ich botir B) O‘rtancha botir
C) Kenja botir D) hammasini teng ko‘rardi
23. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida to‘ti qancha vaqtda Hindistonga
yetib boradi?
A) 7 kunda B) 6 kunda C) 3 kunda D) 15 kunda
24. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga uch dona
yoshartiruvchi mevani qaysi obraz beradi?
A) Kenja botir B) vazir
C) O‘rtancha botir D) to‘ti
25. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshohga zahar sochmoqchi
bo‘lib turgan ilonni kim o‘ldiradi?
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti
26. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida «Saralab yemoq faqirning ishi»
jumlasi kimning tilidan aytiladi?
A) O‘rtancha botirning B) Kenja botirning
C) To‘ng‘ich botirning D) to‘tining
27. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida keltirilgan hikoyada to‘ti va
podshoh o‘rtasidagi kelishuv nima haqida edi?
A) Hindistondan sehrli meva olib kelish haqida
B) Hindistondan ona to‘tini olib kelish haqida
C) ikki haftada Xitoyga borib kelish haqida
D) zindondagi asirlarni ozod qilish haqida
28. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida podshoh nima uchun o‘z
qizlarini musofir yigitlarga turmushga berishga rozi bo‘ladi?
A) boyligi uchun B) tarbiyasi uchun
C) pahlavonligi uchun D) merganligi uchun
29. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida kimning aka-ukalarga hasadi
bor edi?
A) vazirning B) saroybonning
C) podshohning D) to‘tining
30. «Uch og‘a-ini botirlar» ertagida quyidagi jumla kimning tilidan
aytiladi?
«…podshoh degani it go‘shtidan ham qaytmaydi…»
A) O‘rtancha botir B) Kenja botir
C) To‘ng‘ich botir D) to‘ti

Yüklə 41,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin