1-§. Adabiyot – so‘z san’ati (Darslikda 3–8 betlar)



Yüklə 41,84 Kb.
səhifə3/8
tarix23.06.2023
ölçüsü41,84 Kb.
#134726
1   2   3   4   5   6   7   8
5-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR 1-QISM

3-§. IMOM BUXORIY
HADISLAR («AL-JOME’ AS-SAHIH»DAN)
HADIS HAQIDA TUSHUNCHA.
(Darslikda 21–32 betlar)
1. Allohning sevgan bandasining diliga solgan ilohiy so‘zlari nima
deyiladi?
A) hadis B) musnad
C) vahiy D) sanad
2. Yosh Buxoriyning onasi tushida qaysi payg‘ambarni ko‘radi va u
qanday bashorat beradi?
A) Muhammad s.a.v.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis
bo‘lishini
B) Ismoil a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati
berilishini
C) Ibrohim a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘liga ko‘rish ne’mati
berilishini
D) Yusuf a.s.ni; duolari sharofatidan o‘g‘lining muhaddis bo‘lishini
3. Hadislar tuzilishiga ko‘ra necha qismga bo‘linadi?
A) 3 ta: matn, sanad, musnad B) 2 ta: sanad, musnad
C) 2 ta: matn, roviy D) 2 ta: sanad, matn
4. Muhaddis kim?
A) «ma’lumot beruvchi», «hadis biluvchi»
B) «rivoyat qiluvchi», «hadis aytuvchi»
C) «hadis to‘plovchi», «hadis biluvchi»
D) «hadis biluvchi», «hadis aytuvchi»
5. Namoz jamoa bo‘lib o‘qilganda, oldinda boshlab boruvchi kim?
A) mulla B) imom
C) muhaddis D) roviy
6. Hadislarning «sahih» (ishonchli)larini «nosahih» (ishonchsiz)
laridan ajratish bilan kimlar shug‘ullanadi?
A) tobeinlar B) roviylar
C) sahobalar D) hadisshunoslar
7. Imom Buxoriy «Al-jome’ as-sahih» kitobi ustida necha yil
ishlagan va qancha hadis ichidan nechta hadisni saralab olgan?
A) 10 yil, 600 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
B) 12 yil, 800 ming hadis ichidan 7437 ta hadis saralagan
C) 14 yil, 800 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
D) 16 yil, 600 ming hadis ichidan 7397 ta hadis saralagan
8. Payg‘ambarimizni ko‘rgan va u kishi bilan suhbatda bo‘lgan
izdoshlari kimlar hisoblanadi?
A) muhaddislar B) tobeinlar
C) sahobalar D) roviylar
9. Roviylar ikki xil bo‘lgan:
A) muhaddislar, sahobalar B) sahobalar, tobeinlar
C) muhaddislar, tobeinlar D) tobeinlar, hadisshunoslar
10. Payg‘ambarimiz so‘zlarining qachon, qanday sharoitda, kimlar
huzurida aytilganligi hujjati nima deyiladi?
A) matn B) hadis
C) sanad D) musnad
11. Hadis yig‘ish an’anasi qachondan boshlangan?
A) islom dini paydo bo‘lgandan
B) payg‘ambarimiz yashagan davrdan
C) sahobalar davridan
D) Imom Buxoriy davridan
12. Payg‘ambarimizni emas, sahobalarni ko‘rib, ulardan eshitganlarini
aytuvchilar kimlar?
A) roviylar B) tobeinlar
C) sahobalar D) muhaddislar
13. Imom Buxoriyning otasi kim?
A) Ahmad al-Buxoriy B) Ibrohim Buxoriy
C) Ismoil Buxoriy D) Imom Buxoriy
14. Nuqtalar o‘rniga mos so‘zlarni qo‘ying.
«Imom Buxoriyning otasi … edi, goho … bilan shug‘ullanardi».
A) muhaddis, tabib B) xudojo‘y, savdogar
C) muhaddis, tijorat D) savdogar, tijorat
15. «Qur’on» xalq orasida qanday nom bilan mashhur?
A) «Kalomulloh» B) «Tafsir»
C) «Tafsiri Hilol» D) «Muqaddas kitob».
16 . Zamondoshlari kimning xonadoniga mehnatsiz topilgan biror
dirham ham pul kirmaganligi haqida yozadilar?
A) Xorazmiy B) Ibrohim Buxoriy
C) Ismoil Buxoriy D) Ahmad al-Buxoriy
17. Imom Buxoriy necha yoshlaridan o‘z zehni va yod olish quvvati
bilan ustozlarini shoshirib qo‘yardi?
A) olti yoshlaridan B) sakkiz yoshlaridan
C) o‘n yoshlaridan D) o‘n olti yoshlaridan
18. Imom Buxoriy qanday unvonlarga ega bo‘lgan?
A) «muhaddislar imomi», «muhaddislar sultoni»
B) «muhaddislar sultoni», «muhaddislar donosi»
C) «muhaddislar donosi», «muhaddislar imomi»
D) «muhaddislar podshosi», «muhaddislar sultoni»
19. Al-Buxoriy kimning chopariga «Men ilmni xor qilmayman, uni
hukmdorlar eshigiga olib bormayman», – degan gaplarni aytgan?
A) Qo‘qon xoni Nasrulloning
B) Qo‘qon xoni Xudoyorxonning
C) Buxoro amiri Ahmad ibn Xoliqning
D) Buxoro amiri Xolid ibn Ahmadning
20. Hadisning mazmuni nima deyiladi?
A) hadis sanadi B) hadis musnadi
C) hadis matni D) hadis mohiyati
21. Imom al-Buxoriyning onasi tushiga kirib: «Ey volida, duolaring
sharofatidan Alloh o‘g‘lingga ko‘rish ne’matini qaytardi!», – deb
xitob qilgan payg‘ambar kim?
A) Muhammad alayhissalom B) Ibrohim alayhissalom
C) Yusuf alayhissalom D) Muso alayhissalom
22. Imom al-Buxoriy qancha ishonchli ulamodan hadis yozib
olgan?
A) olti yuzdan ortiq B) yuzdan ortiq
C) mingdan ortiq D) ikki yuzga yaqin
23. Imom al-Buxoriy qaysi yurt va shaharlarni kezib ilm o‘rgangan?
1) Misr; 2) Marv; 3) Makka; 4) Madina; 5) Balx; 6) Hirot;
7) Bag‘dod; 8) Quddus; 9) Nishopur; 10) Basra; 11) Kesh.
A) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10, 11 B) 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10
C) 1, 2, 3, 4, 5, 6, 7, 9, 10, 11 D) 1, 3, 4, 5, 6, 7, 8, 9, 10
24. Imom Buxoriydan bizgacha qancha ilmiy asar meros qolgan?
A) 10 dan ortiq B) 20 dan ortiq
C) 40 ga yaqin D) 30 ga yaqin
25. Imom Buxoriy keltirgan quyidagi hadisning roviysi kim?

Yüklə 41,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin