O„ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O„RTA
MAXSUS TA'LIM
VAZIRLIGI
MIRZO ULUG„BEK NOMIDAGI O„ZBEKISTON MILLIY
UNIVERSITETI
KURS ISHI
MAVZU:
AMIR TEMUR VA TEMURIYLAR
SHAJARASI
Topshirdi: Batirova D.
Qabul qildi: Abduqayumov A.
TOSHKENT-2013
Kirish
Markaziy Osiyo xalqlari tarixini o„rganishda Temur va temuriylar davrini
mufassal o„rganmay turib bu mintaqaning tarixiga baho berish mumkin emas.
Zero, Markaziy Osiyo xalqlari tarixida Temur va temuriylar davri mamlakatning
siyosiy-ijtimoiy, iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonida ulkan ijobiy
burilishlar davri bo„lgan.
Tarixga
nazar tashlar ekanmiz, Movarounnahr hududida qanchadan –
qancha asrlarga tatigulik voqyea va hodisalar bo„lib o„tgan. Ammo mustabid
tuzum vaqtida o„z tariximizga bo„lgan e'tibor sust kechgan davrdir. Shuni ham
ta'kidlash kerakki, O„zbekiston mustaqillikka erishgach o„z tariximizni qayta
o„rganish jadallik bilan boshlab yuborildi. Xususan o„sha mutabid yillarida
“qonxo„r”, “jallod”, “yo„lto„sar” deb xalq ongiga uqtirilgan.
Sohibqiron Amir
Temurning qanday shaxs ekanligini nafaqat bizni olimlar, balki butun dunyo
olimlari isbotlab berdilar.
Binobarin, qariyb 500 yil hukumronlik qilgan temuriylar sulolasi xususida
esa, jahon adabiyotida ilmiy asarlar, romanlar hamda
sahna asarlari yaratilib
kelindi va yaratilmoqda. Shuningdek, jahon olimlari tomonidan temuriylar
sulolasining shajarasi ingliz, fransuz va nemis
tillarida yozilgan va nashr
qilingan. Bizda esa Temur shaxsiga va uning avlodiga nisbatan
“bosqinchi”,“qonxo„r” va “jallod” kabi iboralar bilan tamg„a bosib, xalq
nazaridan chetlab kelindi. Holbuki, Sohibqiron Amir Temur haqidagi qo„lyozma
manbalarni chuqurroq tahlil qilinsa, uning “bosqinchilik” harbiy yurishlarining
tub mohiyati nimadan iborat ekanligi bir qadar oydinlashadi. Zotan, Amir
Temur
Movarounnahrda yirik markazlashgan davlatni barpo etgach, endilikda butun
kuch-g„ayratini turkiy xalqlarni birlashtirishga, ya'ni Turk hoqonligi (552 745)
davridagi turk xalqining mavqye'ini
qayta tiklab, Ulug„ Turon davlatini barpo
etishga qaratgan edi.
Amir Temurga xos bo„lgan qator fazilatlar ichida ilm ahliga ehtirom va
g„amxo„rlik alohida ajralib turadi. Mustaqillik yillarida biz ulug„ bobomizning
xotirasiga munosib ehtirom ko„rsatish imkoniga ega bo„ldik.
Turon xalqining
eng yorqin davrlaridan biri, shak-shubhasiz, Amir Temur nomi bilan bog„liqdir.
Yurtboshimiz I.A.Karimovning quyidagi so„zlarida xalqimizning ulug„ davlat
arbobi Amir Temur xotirasiga bo„lgan munosabati mujassamlashgan: “Amir
Temur shaxsini idrok etish tarixni idrok etish demakdir. Amir Temurni anglash
o„zimizni anglash demakdir. Amir Temurni ulug„lash tarix qa'riga chuqur ildiz
otgan tomirlarimizga, madaniyatimizga, buyuk
kelajagimizga ishonchimizni
mustahkamlash demakdir”
1
.
Ko„p ming yillik tariximiz juda ko„p sulolalarni boshdan kechirdi. Lekin
o„zidan katta yodgorlik qoldirgan va ko„p yillar hukm surgan sulola bu-
temuriylar sulolasi bo„ldi. Bu sulola vakillari Movarounnahr, Eron, Ozarbayjon,
Iroq, Afg„oniston va Hindistonni 288 yil (1370-1506; 1526-1858 yillari) idora
qildilar, o„sha mamlakat xalqlari tarixida sezilarli iz qoldirdilar.