Kurs ishi mavzu: amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi: Batirova D. Qabul qildi: Abduqayumov A. Toshkent-2013 mundarija



Yüklə 371,11 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/14
tarix02.06.2023
ölçüsü371,11 Kb.
#124125
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Kurs ishi mavzu amir temur va temuriylar shajarasi topshirdi B

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
1
1
И.А.Каримов, Амир Темур ҳақида сўз. Тошкент, “Ўзбекистон”, 1996, 34-б. 


I bob. Sohibqiron Amir Temur Kuragoniyning faoliyati va janglari
1-§. Amir Temurning hokimiyat tepasiga kelishi. 
XIV asr o„rtalarida Chingizxon egallab olgan yerlar uning merosxo„rlari 
taxt, hokimiyat uchun o„zaro nizolar kuchayib ketgan edi. 1348 yilga kelib 
Sharqiy Turkiston yerlarida Mo„g„liston feodal davlati tashkil topdi, uning xoni 
etib Chig„atoy avlodidan Tug„luq Temur ko„tarildi. Tug„luq Temur dastlabki 
davrlardanoq o„z yerlarini kengaytirish maqsadida Movarounnahr yerlariga bir 
necha harbiy harakatlar uyushtirdi. Mana shunday ichki o„zaro urushlar avj olib, 
ijtimoiy, iqtisodiy, siyosiy inqiroz kuchayib borgan davrda tarix maydoniga 
mo„g„ul bosqinchilariga qarshi kurashda nom chiqargan buyuk sohibqiron, 
mohir sarkarda Amir Temur kirib keldi. 
Amir Temur Shahrisabz yaqinidagi Xo„ja Ilg„or qishlog„ida Barlos 
beklaridan Muhammad Tarag„ay oilasida 1336 yil 8 aprelda (hijriy 736 yil 25 
sha'bon seshanba) dunyoga kelgan. Uning otasi Tarag„ay bahodir Qashqadaryo 
vodiysidagi barlos urug„ining boshlig„i bo„lib, Xoja ilg„or qishlog„idan edi. 
Onasi esa Takina Moh begim bo„lgan. 
Amir Muhammad Tarag„ay avvalo komil musulmon va bahodir jangchi 
bo„lgan. U o„z zamonasining obro„li, e'tiborli, ziyoli o„ziga to„q shaxslaridan 
bo„lgani uchun Temur yoshligida oilasida yaxshi ta'lim va tarbiya ko„rgan. 
Ko„pchilik adabiyotlarda ataylab uni “savodsiz”, faqat “qonxo„r”, “zolim” shoh 
sifatida tasvirlanishi haqiqatga to„g„ri kelmaydi
2

Amir Temur 12 yoshidan boshlab bolalarga xos bo„lgan ermak 
o„yinlardan voz kechib, sipohiylikka oid o„yinlar bilan shug„ullandi. 
Temur 16-18 yoshida qilichbozlik, nayzabozlik va shikor qilish san'atini 
mohirona egallaydi va 20 yoshida esa abjir chavandoz bo„lib yetishadi. Endi u 
o„z tengqurlarini guruhlarga bo„lib, jang mashqlarini o„tkaza boshlaydi.

1
1
Якубовский А. Темур. Вопросы истории. 1946. № 8-9. с. 42-74. 
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995. 14-15 б. 


Amir Temurning amakisi hoji Barlos Kesh shahrining hokimi edi. Temur 
yoshligidanoq harbiy mahoratga ega shaxs bo„lib, u o„z atrofiga barlos 
urug„idan chiqqan yosh jangchilarni to„plagan edi. 1360-1361 yillarda Tug„luq 
Temur hyech qanday qarshiliksiz Movarounnahr yerlariga bostirib kirganida 
Hoji Barlos Xurosonga qochadi. Vatanparvarliq milliy g„urur va iftixor
hissiyoti kuchli bo„lgan yosh Temur esa amakisi hokimlik qilib turgan yerlarini 
dushman qo„liga bermaslik uchun Tug„luq Temur xizmatiga kiradi va tez orada 
uning ishonchini oqlab, Kesh viloyati yerlariga hokimlik qilish uchun yorliq 
oladi. 
Amir Temurning bu ishi Movarounnahrda siyosiy tarqoqliq o„zaro 
kurashlar va boshboshdoqlik hukm surgan davrdagi birdan-bir to„g„ri yo„l edi. 
Chunki Movarounnahr amirlarining Tug„luq Temurga qarshi bosh ko„tarib 
chiqishi mug„ul bosqinchilarining Movarounnahr yerlarini yana bir bor vayron 
etishiga olib kelishi muqarrar edi. 
Tug„luq Temur 1361 yilda Movarounnahr yerlarini boshqarishni tajribasiz o„g„li 
Ilyosxo„jaga topshiradi. Lekin Temur Ilyosxo„jaga xizmat qilishdan bosh tortib, o„sha 
vaqtda Balx hokimi bo„lib turgan Amir Qozog„onning nabirasi Amir Husayn bilan ittifoq 
to„zadi. Temur o„z hokimiyatini mustahkamlash maqsadida mo„g„ullarga qarshi kurash 
boshlaydi. Mahalliy hokimiyat uchun bo„lgan janglarning birida, aniqrog„i 
Seyistonda turkmanlarga qarshi bo„lgan janglarda o„ng qo„li va o„ng oyog„idan 
yaralanib bir umrga oqsoq bo„lib qoladi. 
1363 yilda Tug„luq Temurning vafoti Movarounnahr uchun bo„lgan kurashlarni 
kuchaytirib yuboradi. Lekin mo„g„ul bosqinchilari osonlikcha Movarounnahr yerlarini 
bermasliklari ma'lum edi. Shu munosabat bilan Amir Temur va Tug„luq Temur 
vafotidan so„ng Movarounnahrdan haydalgan Amir Husaynning birlashgan qo„shinlari 
1365 yilda Ilyosxo„ja qo„shinlariga qarshi ittifoqlikda kurash boshlaydilar. Toshkent va 
Chinoz oralig„ida bo„lgan mashhur «loy jangi» ittifoqchilar o„rtasidagi kelishmovchilik 
tufayli mag„lubiyat bilan tugaydi. Ushbu voqyealardan so„ng Amir Husayn va Amir 


Temur o„rtasida dastlabki ixtilof boshlanadi. «Loy jangi»da g„alabaga erishgan 
Ilyosxo„ja uchun Movarounnahrga keng yo„l ochilgan edi. 
U katta qo„shinlar bilan Samarqandga yurish boshlaydi. Bu paytda 
Samarqanddagi Mavlonzoda va Abu Bakr boshliq sarbadorlar Ilyosxo„jaga qarshi 
chiqadilar. Mahalliy aholining vatanparvarlik namunalarini ko„rsatib qarshilik 
qilganliklari tufayli Samarqandni bir oz qamal qilib turgan mo„g„ul qo„shinlari 
Movarounnahrni butunlay tark etishga majbur bo„ladilar. 
Movarounnahrda mo„g„ullar ustidan qozonilgan g„alaba haqida xabar eshitgach, 
Amir Temur va Amir Husayn Movarounnahrga yo„l olib Samarqand yaqinidagi Konigil 
degan joyda sarbadorlarning rahbarlari bilan uchrashadilar. Bu uchrashuvda o„zaro 
kelishmovchilik kelib chiqib, sarbadorlarning rahbarlari hiyla yo„li bilan o„ldiriladi. 
Movarounnahrda Samarqand taxtini Amir Husayn egallab, uning hukmronligi 
tiklanadi. Shu vaqtdan boshlab Amir Husayn va Amir Temur o„rtasidagi 
munosabatlar yanada keskinlashib ketadi. 
Bu vaqtga kelib butun Movarounnahr yerlarida o„zaro urushlardan so„ng ijtimoiy-
iqtisodiy ahvol og„irlashib ketgan edi. Mana shunday bir vaqtda, mamlakatda o„zaro 
urushlarga barham beradigan markazlashgan davlat tizimini barpo etish nihoyatda 
zarur edi. Buni birinchi bo„lib anglagan Amir Temur Amir Husaynga qarshi 
zimdan kurash olib borib 1370 yilda Movarounnahr taxtini egallashga muvaffaq 
bo„ladi.

Vatan haqida qayg„urish, Vatan mustaqilligini tiklash haqidagi fikrlar shu 
yillar yuzaga chiqib, Amir Temur Balx shahrida chaqirilgan qurultoyda 
Movarounnahrning amiri deb e'lon qilinadi.
Biroq mamlakatda ahvol og„ir edi. Movarounnahr hududi hali mo„g„ul 
istilochilaridan batamom xalos bo„lmagan, qashshoqlikka mahkum etilgan mehnatkash 
xalq og„ir kunlarni boshidan kechirmoqda edi. Amir Temur taxtga o„tirgach, birinchi 
harakatni mamlakatni mo„g„ul istilochilaridan ozod qilib, mustaqil markazlashgan 
1
1
Файзиев Т. Темурийлар шажараси. Тошкент, 1995. 21-23 б. 


davlatni barpo qilishga qaratdi. Mamlakatni boshqarishda yangi va mukammal tartib 
qoidalar joriy qildi. 
1370 yildayoq Amir Temur Samarqand shahar devorini qurdirishga 
kirishadi. Shuningdek, qo„rg„on va saroylar bino qildiradi. Bu qurilishlar 
mo„g„ullar istilosidan 150 yil keyingi birinchi qurilishlar edi. 

Yüklə 371,11 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin