1-§. Adabiyot – so‘z san’ati (Darslikda 3–8 betlar)



Yüklə 41,84 Kb.
səhifə1/8
tarix23.06.2023
ölçüsü41,84 Kb.
#134726
  1   2   3   4   5   6   7   8
5-SINF ADABIYOT MAVZULASHTIRILGAN TESTLAR 1-QISM


5-SINF
ADABIYOT
FANI DARSLIGI BO‘YICHA
MAVZULASHTIRILGAN
TESTLAR
5-SINF ADABIYOT 1-QISM
1-§. ADABIYOT – SO‘Z SAN’ATI
(Darslikda 3–8 betlar)
1. Poytaxtimiz Toshkentning markazida ulug‘ mutafakkir Alisher
Navoiy haykali o‘rnatilgan. Uni o‘rab turgan moviy gumbaz ostiga
shoirning qaysi misralari bitilgan?
A) Orazin yopg‘och, ko‘zumdin sochilur har lahza yosh,
Bo‘ylakim paydo bo‘lur yulduz, nihon bo‘lg‘och quyosh.
B) Odamiy ersang, demagil odami
Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami.
C) Olam ahli, bilingizkim, ish emas dushmanlig‘,
Yor o‘lung bir-biringizgakim, erur yorlig‘ ish.
D) Oz-oz o‘rganib dono bo‘lur,
Qatra-qatra yig‘ilib daryo bo‘lur.
2. Quyidagi hikmatli so‘zlar muallifini toping?
«Adabiyot, so‘z san’ati azaldan xalq qalbining ifodachisi,
haqiqat va adolat jarchisi bo‘lib keladi».
A) Alisher Navoiy
B) Islom Karimov
C) Abdulla Qahhor
D) Zulfiya
3. Badiiy adabiyotning yozma shakli nechta adabiy turga bo‘linadi?
A) 2 ta: nasr, nazm
B) 3 ta: nasr, nazm (she’riyat), dramaturgiya
C) 4 ta: nasr, nazm, she’riyat, dramaturgiya
D) 4 ta: nasr, nazm, dramaturgiya, maxsus tur
4. Katta-kichik she’rlar, she’riy masallar, ballada va dostonlar
adabiyotning qaysi turini hosil qiladi?
A) she’riyat
B) nasr
C) dramaturgiya
D) maxsus tur
5 . Ertaklar, hikoya va ocherklar, qissa va romanlar birlashib so‘z
san’atining qaysi turini tashkil qiladi?
A) she’riyat
B) dramaturgiya
C) maxsus tur
D) nasr
6. Kichik sahna asari bo‘lmish intermediyalardan tortib yirik drama,
komediya, tragediya singari sahna asarlari mansub bo‘lgan adabiy
tur qaysi?
A) she’riyat
B) nasr
C) maxsus tur
D) dramaturgiya
7. Qaysi adabiy turga mansub asarlar muallif ixtiyoriga ko‘ra she’riy
yo‘l bilan ham, nasriy yo‘l bilan ham yozilishi mumkin?
A) she’riyatga mansub asarlar
B) nasrga mansub asarlar
C) dramaturgiyaga mansub asarlar
D) to‘g‘ri javob yo‘q
8. Barcha avlod va xalqlarga birdek qadrli bo‘lib qolaveradigan,
haqiqiy adabiyot namunasi bo‘lgan «Odisseya» asari muallifi kim?
A) Shekspir
B) Arestotel
C) Pushkin
D) Homer
9. Mashhur «Odisseya» asari qaysi xalqning dostoni hisoblanadi?
A) yunon
B) rus
C) lotin
D) fransuz
10. Nasrda ijod qiluvchilar qanday nomlanadi?
A) nosirlar
B) adabiyotshunoslar
C) shoirlar
D) olimlar
11. B allada va roman qanday shaklda yoziladi?
A) Ballada va roman she’riy va nasriy shaklda yoziladi.
B) Ballada nasriy shaklda, roman esa she’riy shaklda yoziladi.
C) Ballada she’riy shaklda, roman esa nasriy shaklda yoziladi.
D) Ballada she’riy shaklda, roman esa she’riy va nasriy shaklda
yoziladi.
12. Nasriy asarlarni toping.
A) ertak, hikoya, ocherk, ballada, roman
B) drama, hikoya, ocherk, roman
C) ertak, hikoya, ocherk, qissa, roman
D) roman, hikoya, ocherk, qissa, doston
13. Nuqtalar o‘rniga mos ismlarni qo‘ying.
«Nemis shoiri ... asarlarini o‘zbeklar qanchalik qiziqish bilan
mutolaa qilsalar, … ning «Boburnoma» kitobini nemislar
shunchalik diqqat bilan o‘rganadilar».
A) Shekspir, Bobur B) Gyote, Bobur Mirzo
C) Balzak, Bobur D) Gyote, Xayriddin Sultonov
14. Adabiyotning asosiy quroli nima?
A) she’r B) badiiylik
C) gap D) badiiy so‘z
15. Quyidagi misralar Muhammad Yusufning qaysi she’ridan
olingan?
Shodon kunim gul otgan sen,
Chechak otgan izimga.
Nolon kunim yupatgan sen,
Yuzing bosib yuzimga.
A) «Lolaqizg‘aldoq» she’ridan
B) «O‘zbekiston» she’ridan
C) «Iltijo» she’ridan
D) «Vatanim» she’ridan
16. Vatanning singilga qiyoslanishi kimning qaysi she’rida
uchraydi?
A) Muhammad Yusuf «O‘zbekiston»
B) Abdulla Oripov «Iltijo»
C) Azim Suyun «O‘zbekiston»
D) Muhammad Yusuf «Vatanim»

Yüklə 41,84 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin