1- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining asosiy tur va turkumlarini o’rganish va rayonlashtirilgan meva ekinlari navlarini bilan tanishish



Yüklə 83,23 Kb.
səhifə3/9
tarix17.05.2023
ölçüsü83,23 Kb.
#115478
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy mashg\'ulot

Toshkent borovinkasi - R.R.Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasida yaratilgan. 1969 yildan Qoraqalpog’iston Respublikasida, Namangan, Sirdaryo, Toshkent, Farg’ona va Xorazm viloyatlarida, 1967 yildan Jizzax va Andijon viloyatlarida, 1981 yildan esa Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Samarqand va Surxondaryo viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Nav yozda pishadi, mevasi iyulning ikkinchi o’n kunligida pishadi. Darxtining bo’yi o’rtacha va undan kattaroq 5,5 m. Hosilga beshinchi yilda kiradi. Mevasi yumaloq, chiroyli, to’q pushti rangda, taram-taram tovlanib turadi, o’rtacha vazni 149 g. Eti oq yashil, och sariq tusli, o’rtacha zichlikda, sershira juda shirin. Hosildorligi gektaridan 66,7 sentnerni, eng yuqori hosildorligi esa 152,9 sentnerni tashkil etadi.
Grafenshteynskoye krasnoye - Germaniyadan keltirilgan o’rtapishar nav. O’zbekistonning deyarli barcha viloyatlarida ekiladi. Daraxti katta, mevasi yoz oxirida pishadi, 4-5 yili hosilga kiradi. Hosildorligi yaxshi. Mevasi yumaloq, chiroyli, rangdor, o’rtacha vazni 100 - 130 g, bir oz qovurg’ali, po’sti hidli, yog’li, yashil sariq. Eti sarg’ish oq, suvli, shirin xushxo’r. Bu sovuqqa o’rtacha chidamli nav.
Vaynsep - AQShda yaratilgan. 1959 yildan Buxoro, Qashqadaryo, Navoiy, Surxondaryo viloyatlari, 1974 yildan Toshkent viloyati va 1982 yildan Qoraqalpog’iston Respublikasi bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.
Nav kech kuzda pishadi, mevasi sentyabming uchinchi o’n kunligida pishadi, daraxtining bo’yi 5,8 m, dumaloq keng shox-shabbalidir. Oltinchi yili hosil bera boshlaydi. Mevasi keng konus shaklli, silliq xira och qizil rangli, keng chiziqlar bilan qoplangan. Mevasining o’rtacha vazni 141 g. Eti sariq, ser suvligi o’rtacha, mevasi nordon-shirin, juda xushbuy. O’rtacha hosildorligi gektaridan 181,8 sentemi, eng yuqori hosildorligi 68,3 sentnerni tashkil etadi.
Renet Simirenko - qishki nav bo’lib, O’zbekistonning barcha viloyatlarida > yetishtirish uchun rayonlashtirilgan. 1959 yildan Respublika bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan.. Nav kechki mevasi sentyabming ikkinchi o’n kunligida pishadi. Ko’chati o’tqazilgandan keyin 4-5 yili hosilga kiradi. Daraxtini bo’yi o’rtacha 4,6 m, shox-shabbasi keng bo’lib, shoxlari egilib turadi, Mevasi dumaloq- konussimon, yashil rangli, o’rtacha vazni 120-140 g. O’rtacha hosildorligi


14




gektaridan 154,7 sentnemi, eng yuqori hosildorlik 285,0 sentnemi tashkil etadi. Terib olingandan to may- iyun oyigacha saqlanadi.

Yüklə 83,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin