1- amaliy mashg’ulot. Meva ekinlarining asosiy tur va turkumlarini o’rganish va rayonlashtirilgan meva ekinlari navlarini bilan tanishish



Yüklə 83,23 Kb.
səhifə7/9
tarix17.05.2023
ölçüsü83,23 Kb.
#115478
1   2   3   4   5   6   7   8   9
1-amaliy mashg\'ulot

Xurmoning - Zendji-Maru navi - Yaponiyada yaratilgan. 1959 yildan Surxondaryo, 1967 yildan Namangan viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Daraxtini bo’yi o’rtacha, shox -shabbasi sharsimon, qalin, uchinchi- to’rtinchi yili hosilga kiradi. Mevasi mayda bo’lib, oktyabming uchinchi o’n kunligida pishadi, mevasini o’rtacha vazni esa 91g. Mevasini shakli dumaloq yoki dumaloq-uzunchoq. Eti to’q jigarrang, mazasi shirin, yaxshi yetilganda sershira bo’ladi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 194,5 sentnemi, eng yuqori hosildorligi esa 338,0 sentnemi tashkil etadi.
Xiakume navi - Yaponiyada yaratilgan. 1959 yildan Surxondaryo, 1967 yildan Namangan viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Daraxtini bo’yi baland, shox-shabbasi qalin gumbazsimon. Mevasi dumaloq, uch tomoni uzunchoq, mevasi noyabmi birinchi o’n kunligida pishadi, o’rtacha vazni 161 g. Eti och qizil-sariq, sertola. Mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 1,5 ball.O’rtacha hosildorligi gektaridan 278,8 sentnemi, eng yuqori hosildorligi esa 480,0 sentnemi tashkil etadi.
Yong’oq mevali o’simliklarning ta’rifi: Yong’oqning Ideal navi- R.R.Shreder nomidagi ilmiy ishlab chiqarish birlashmasining Bo’stonliq filialida yaratilgan. 1967 yildan Sirdaryo vitloyatidan tashqari hamma viloyatlar bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Daraxtini bo’yi baland, shox-shabbasi keng tuxumsimon, Hosilga juda erta kiradi, birinchi yili hosil bera boshlaydi. Mevasini shakli yassi dumaloq, mevasining pishgan vaqtidagi ta’m bahosi 4,6 ball. Hosildorligi o’n yillik daraxtdan o’rtachal 2-13 kg ni tashkil etadi.
Rezavor mevalar: Qulupnayning Toshkent navi- O’rta Osiyoda yaratilgan. 1959 yildan O’zbekiston Respublikasini barcha viloyatlari bo’yicha Davlat reyestriga kiritilgan. Bu navni tupini bo’yi baland, tarqoq, serbarg, ko’p 18





bachki chiqaradi. Mevasi yirik, tarqoq konussimon, sal yaltiroq, rangi och qizil, mevasini o’rtacha vazni 5,7 g. Mevasi may oyining ikkinchi o’n kunligida pishadi. Eti och qizil, mayin, sershira, mazasi nordon shirin. Mevasi uch hafiagacha teriladi, mavsum oxirida mevasi ancha maydalashadi. Nav un shudring bilan kasallanmaydi. O’rtacha hosildorligi gektaridan 9,4 sentnemi, eng yuqori hosildorligi esa 13,7 sentnemi tashkil etadi.

Yüklə 83,23 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin