39 – DARS. ARGUMENT OLMAYDIGAN FUNKSIYALAR.
Agar funksiya prototipida () qavslar ichiga void deb yozilsa, yoki hech narsa
yozilmasa, ushbu funksiya kirish argument olmaydi. Bu qonun C++ da o'rinlidir.
Lekin C da bo'sh argument belgisi, yani () qavslar boshqa ma'no beradi.
Bu e'lon funksiya istalgancha argument olishi mumkin deganidir. Shu sababli
C da yozilgan eski dasturlar C++ kompilyatorlarida hato berishlari mumkindir.
Bundan tashqari funksiya prototipi ahamiyati haqida yozib o'taylik. Iloji
boricha har doim funksiya prototiplarini berib o'tish kerak, bu modulli
dasturlashning asosidir. Prototip va e'lonlar alohida e'lon fayllar ichida
berilishi mumkin. Funksiya yoki klas o'zgartirilganda e'lon fayllari
o'zgarishsiz qoladi. Faqat funksiya aniqlangan fayllar ichiga o'zgartirishlar
kiritiladi. Bu esa juda qulaydir.
Dostları ilə paylaş: |