1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə32/145
tarix30.03.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#91507
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145
1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

Yangi mavzu bayoni:

Ma'lumki, kompyuter texnikasidan samarali foydalanish ikki qism — texnik va dasturiy ta'minotning uzviyligini talab etadi. Bu uzviylik kompyuter texnik ta'minotining jadal sur'atlar bilan takomiUashib borishiga mos dasturiy ta'minotni ham keskin sur'atlar bilan rivojlanishiga sabab bo'ladi, va aksincha. Buning sababi ma'lum, mos dasturiy ta'minotsiz har qanday kompyuter «qimmatbaho o'yinchoq» bo'lib qolaveradi.


Avvalgi darslarda masalalarni kompyuterda hal qilishda kerak bo'ladigan obyekt, model va algoritm tushunchalari haqida ma'lumot oldingiz. Ma'lumki, kompyuterda biror masalani hal qilish uchun awal uning modeli va algoritmi tuziladi, so'ng mazkur algoritm ma'lum bir qonun-qoidalar asosida kompyuter tushunadigan tilda ko'rsatma va buyruqlar shaklida yoziladi. Hosil bo'lgan kompyuter tushunadigan tildagi matn dastur matni, algoritm esa dastur deb ataladi.
Kompyuter uchun dastur tuzish jarayoni dasturlash va dastur tuzadigan kishi dasturchi deyiladi. Kompyuter tushunadigan til esa dasturlash tili deb ataladi.
Dasturlash tillarini shartli ravishda quyidagi uch guruhga ajratish mumkin:
1.Quyi darajadagi dasturlash tillari;
2. O’rta darajadagi dasturlash tillari;
3. Yuqori darajadagi dasturlash tillari;
Quyi darajadagi dasturlash tillari kompyuter qurilmalari bilan bevosita bog'liq bo'lib, buyruqlar maxsus raqam (kod)lar yordamida yoziladi. Bu kabi buyruqlardan tashkil topgan dasturlar katta hajmli bo'lib, ularni tahrir qilish ancha mushkul ish hisoblanadi. Dastlabki elektron hisoblash mashinalarida («ENIАС», «МЭСМ» va boshqalar) masalalarni yechish uchun ana shunday buyruqlar yordamida dasturlar tuzilgan.


Quyidagi jadvalda dasturlash tili rivojlanishi tarixidan ma'lumot berilgan

Dasturlash tili

Ishlab
chiqilgan yil

Plankalkyul

1946

Qisqa kod

1949

Assembler «Edsak», AO

1950

Avtokod «Madlen»

1953

Tezkor kodlash

1955

A-2, Flou-metik

1956

IPL-1, Mat-metik

1957

Fortran

1958

Algol 58

1959

APT, LISP, Kobol, Algol-60

1960

PL/1, Basic

1964

Algol W

1965

Bugungacha ishlab chiqarilgan dasturlash tillaridan keng tarqalgani Paskal (Pascal) dasturlash tilidir. Paskal dasturlash tili 1969-yil Nikalas Virt tomonidan ishlab chiqildi. Paskal tili dasturlashni o'rgatish maqsadida ishlab chiqilgan bo'lsa-da yuqori malakali dasturchilar orasida keng tarqaldi. Albatta samarali dasturlash tiUari o'zgarishsiz qolmaydi. Shu sababli ham turli rusumdagi kompyuterlar uchun Paskal tilining ularga moslashtirilgan naqUari ishlab chiqilgan bo'lib, ular Paskal tilining boshlang'ich naqlidan farq qilishi mumkin.





Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin