1- dars. Mavzu: Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari



Yüklə 1,92 Mb.
səhifə14/145
tarix30.03.2023
ölçüsü1,92 Mb.
#91507
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145
1- dars. Mavzu Masalalarni kompyuterda yechish bosqichlari Dars

4-Natijaviylik (cheklilik). Algoritmning tavsifida «biror maqsadga erishishga qaratilgan» jumlasi qo'llanilgan. Bu maqsadni yuqorida keltirilgan misollarda ko'rishi mumkin: choy damlash, g'ishtlar sonini hisoblash, yig'indini hisoblash. Bular algoritmning natijaviylik (cheklilik) xossasi bilan bog'liq. Bu xossaning mazmuni shundan iboratki, har qanday algoritm ijrosi chekli qadamdan so'ng oxir-oqibat ma'lum bir yechimga olib kelishi kerak. Shuni ta'kidlash joizki, algoritm avvaldan ko'zlangan maqsadga erishishga olib kelmasligi ham mumkin. Bunga ba'zan algoritmning noto'g'ri tuzilgani yoki boshqa xatolik sabab bo'lishi ham mumkin. Ikkinchi tomondan, qo'yilgan masala ijobiy yechimga ega bo'lmasligi ham mumkin. Lekin salbiy natija ham natija deb qabul qilinadi.
5- Ommaviylik. Biror masalani yechish algoritmi umumiy hollar uchun tuziladi, ya'ni faqatgina boshlang'ich ma'lumotlar bilan farqlanuvchi bir turdagi masalalar turkumi uchun tuziladi.

Quyida keltirilgan berilgan ikki natural sonning eng katta umumiy bo'luvchisi (EKUB)ni topishning Evklid algoritmi ham barcha natural sonlar uchun o'rinlidir.


Misol. N va M natural sonlarning eng katta umumiy bo'luvchisi topilsin.
agar N = M bo'lsa, natija N deb olinsin va 4-bandga o'tilsin;
N va M sonlarning kattasi o'zi bilan kichik sonning ayirmasiga teng deb olinsin;
1-bandga o'tilsin;
tugallansin.
Xulosa qilib shuni aytish mumkin: yuqoridagi barcha xossalar bajaril- ganda ko'rsatmalar ketma-ketligi algoritm bo'ladi va biror (ijobiy yoki salbiy) natijaga olib keladi.


Mustahkamlash.
1.Algoritmning qanday asosiy xossalari bor?
2.Tushunariilik xossasi bajariladigan va bajarilmaydigan ko'rsatmaga misollar keltiring.
3.Ко 'rsatmalar ijrochiga tushunarli bo 'lishi uchun qanday sistemadan olinishi kerak?
4.Ijrochi algoritmni mexanik ravishda bajarishi uchun qanday xossa ahamiyatga ega bo'ladi?


Uyga vazifa:
1.Darslikdagi 9-mashq.
2.Test tuzish (10 ta yoki undan ortiq)

Sana :_________________


Sinf : __________________



Yüklə 1,92 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   145




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin