Darsning maqsadi: O`quvchilarga algoritm turlari haqida ma`lumot berish va ularni qo`llash ko`nikmasini hosil qilish.
Darsning ta'limiy vazifasi: O`quvchilarda algoritmning asosiy turlari (chiziqli, tarmoqlanuvchi, takrorlanuvchi algoritmlar) haqida bilim va ko`nikmani shakllantirish.
Darsning tarbiyaviy vazifasi: O`quvchilarga algoritm asosiy turlari mohiyatini ochib berish orqali ularning o`z hayotida amal qilib kelayotgan odatlarini tahlil etish va xulosa chiqarishga o`rgatish.
Darsning rivojlantiruvchi vazifasi: o'quvchilarning berilgan topshiriqlarni kompyuterdan foydalangan holda hal etish haqidagi bilim va tasavvurlarini kengaytirish
O`quvchilarda algoritmning asosiy turlari:chiziqli-ko`rsatmalari ketma –ket joylashish tartibida bajarib boriladigan, tarmoqlanuvchi-shartga muvofiq bajariladigan ko`rsatmalar ishtirok etgan, takrorlanuvchi-ko`rsatmalari takroriy bajariladigan algoritmlar. Sanagich hamda uning qo`llanishi va ahamiyati.