Ikkinchi tartibli determinant. Ta’rif. Agar, a11,a12,a21,a22 sonlar berilgan bo’lsa, shu sonlar orqali aniqlangan a11a22 - a12a21 ushbu songa ikkinchi tartibli determinant deyiladi va odatda quyidagicha belgilanadi:
= a11a22 - a12a21 (1)
a11, a12, a21, a22 larga determinantning elementlari deyiladi.a11, a12larga determinantning birinchi, a21, a22 larga esa ikkinchi satr elementlari deyiladi. a11,a21 larga determinantning birinchi a12,a22 larga esa ikkinchi ustun elementlari deyiladi. a11, a22larga determinantning bosh, a21, a12 larga determinantning yordamchi diagonal elementlari deyiladi.
(1) dan ko’rinadiki ikkinchi tartibli determinantni hisoblash uchun, bosh diagonal elementlar ko’paytmasidan yordamchi diaganal elemenlari ko’paytmasini ayirish kifoya ekan.
1- misol. =21-81= -60
Uchinchi tartibli determinant. Ta’rif. Berilgan a11, a12, a13, a21, a22, a23, a31, a32, a33 sonlar orqali aniqlangan va quyidagicha belgilangan
= a11a22a33 + a12a23a31 + a13a21a32 - a13a22a31 - a12a21a33 - a11a23a32 songa uchinchi tartibli determinant deyiladi.
Uchinchi tartibli determinant uchta satr va uchta ustun elementlaridan iborat bo’lib, aij (i=1,2,3; j=1,2,3) hammasi 9 ta element bo’ladi.
aij dagi birinchi indeks i satrning nomerini ya’ni nechanchi satr elementi ekanligini bildiradi. Ikkinchi indeks j esa ustunning nomerini ya’ni nechanchi ustun elementi ekanligini bildiradi. Determinantlar har vaqt biror aniq son bo’lgani uchun uchunchi tartibli determinant ham biror aniq sonni ifodalaydi, bu son esa quyidagicha hisoblanadi.
Birinchi diagonal elemenlar ko’paytmasi va asoslari shu diagonalga parallel bo’lgan ikkita teng yonli uchburchaklar uchlaridagi elemenlar ko’paytmalarining algebraik yig’indisidan ikkinchi diagonal elemenlar ko’paytmasi va asoslari shu diagonalga parallel bo’lgan ikkita teng yonli uchburchak uchlaridagi elementlar ko’paytmalarining algebraik yitsindisini ayirganiga teng bo’ladi.
= + + - - - =
=a11a22a33 + a12a23a31 + a13a21a32 - a13a22a31 - a12a21a33 - a11a23a32. n-tartibli determinant
ko’rinishdagi simvolga n-tartibli determinant deyiladi. Bu yerda ham satr, ustun, element va diagonal tushunchalari o’z kuchlarini saqlab qoladi.
n-tartibli determinant ham biror aniq sonni ifodalaydi.