III.Xulosa.
Alyuminiy nitrat alyuminiyning deyarli barcha tuzlari singari suvda va boshqa organik erituvchilarda yaxshi eriydigan noorganik birikma. Uning suvsiz holati ham, kristallogidratlari ham rangsiz kristall yoki kukun holida bo’ladi. Alyuminiy nitrat gidrolizga uchraydi. Gidroliz alyuminy kationi hisobidan boradi. Alyuminiy nitrat gigroskapik xossaga ega bo’lib, havodagi suv bug’larini yutadi. Shunday bo’lsa ham, uning kristall formasi havoda o’z-o’zidan tutaydi. Markaziy atom gibridlangan, molekulasida ion, kovalent, donor-akseptor bog’lar mavjud. Alyuminiy nitrat alyuminiy ionining kichik radiusli va katta zaryadli bo’lganligi sababli kuchli qutblovchi ta’sir ko’rsatib, eritmada suv molekulalari bilan birga kristallanadi. Alyuminiy nitrat nonogidrat, oktogidarat, geksagidrat va tetragidratlarni hosil qiladi. Qizdirilganda asta-sekinlik bilan suv molekulalarini yo’qotib alyuminy oksidaga aylanib qoladi.
Alyuminy nitrat sanoatning ko’plab sohalari, jumladan, to’qimachilik, neftni qayta ishlash, yadro fizikasi, qog’oz ishlab chiqarish sohasida, metallarniu korroziyadan saqlovchi vosita sifatida qator reaksiyalarda esa katalizator vazifasida ishlatiladi.Alyuminiy nitrat sanoatda, ishlab chiqarish sohasida qanchalik ahamiyatli modda hisoblanmasin, uning tabiatga, tirik organizmga salbiy ta’sir ko’rsatishi ham aniqlangan. U ichkiorganlarni zaharlab, hattoki, o’lomga olib kelishi mumkin. Alyuminiy nitratning fosfor va simob xlorid bilan hosil qilgan aralashmalari portlashni yuzaga keltiradi. Shu sababdan ham alyuminy nitrat tuzi bilan ishlaganda e’tiborsizlikka yo’l qo’ymaslik, texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish talab etiladi. Hozirgi kunda alyuminiy nitrat va uning nonogidratiga istiqbolli sanoat xomashyosi sifatida qaralyapti. Endilikda bu tuzning yangi qo’llanish sohalarini yaratish, sanoatda ishlab chiqarishning kamchiqim usullarini o’ylab topish, uning kimyoviy xossalarini yanada chuqurroq o’rganish kimyogarlarning asosiy maqsadlaridan biri bo’lib qolyapti.
Dostları ilə paylaş: |